Rasm – 3.13. Turistlik korxona raqiblarning strategik guruhlari.
Har xil raqiblar darajasi har xil (chuqur, o‘rtacha, yuzaki) bo‘lgan tahlildan o‘tishi kerak. Firma faoliyatiga ahamiyatli ta’sir ko‘rsatadigan yoki ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan raqiblar salohiyatli raqiblarga nisbatan ko‘proq (chuqurroq) o‘rganiladi. Lekin bozorga yaqinda kirgan «yangi firmalar» ham to‘g‘ri raqiblarga nisbatan kam bo‘lmagan tahdidni yaratishi mumkin.
Raqobat haritasini qurish uchun qo‘yidagi ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi:
bozorda band qilinadigan bozor ulushi – ma’lum vaqt birligida mavjud bo‘lgan statistik bahosi. F.Kotler va R. Ternerga binoan, bu ko‘rsatkich asosida raqobat muhitida firmalar joylashuvining to‘rtta turini ajratish mumkin;
bozor sardorlari – bozorda katta ulushga egalik qilgan, o‘zining sardorligini doimo himoya qilishga majbur bo‘lgan, doimiy innovatsiyalar orqali birinchi o‘rinni saqlash, raqobat afzalliklarni yaratishga majbur bo‘lgan turoperatorlar;
intiluvchilar – asosiy tamoyillari sardorning alohida, kichik joyini egallash hamda uning sust joylarini aniqlash bo‘lgan kuchli raqobat o‘ringa ega bo‘lgan korxonalar;
shogirdlar – raqobat o‘rni sust bo‘lgan korxonalar.
Bu o‘rinni egallaydigan korxonalar sardorlar yoki intiluvchilar bilan bevosita raqobat kurashida ishtirok etmaydi, ular turistlik bozorida band bo‘lmagan joylarni va egasi yo‘q bo‘lgan segmentlarni qidiradi vash u faoliyat bilan shug‘ullanadi.
partizanlar - bozor joylarda istiqomat qiluvchilar (autsayderlar). Ahamiyatsiz bozor segmentini tovarni taklif etadigan, bozor ulushi kichik bo‘lgan mayda korxonalar;
Do'stlaringiz bilan baham: |