O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/43
Sana22.04.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1379788
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43
Bog'liq
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


195 
Xulosa 
 
O„zbekistonning mustaqillikka erishishi natijasida ijtimoiy-
gumanitar fan sohalarida sifat jihatidan teran ilmiy tadqiqotlar 
yuzaga kelishi uchun keng imkoniyatlar ochildi. Bu esa o„z 
navbatida, yoshlarimiz uchun ma‟naviy-ma‟rifiy xazina hisoblangan 
o„zbek mumtoz adabiyotini o„qitishning sharqona yo„llarini 
birlamchi manbalar asosida chuqur o„rganishni talab qiladi. Ulardan 
yangicha mezonlar asosida amaliyotda foydalanish har qachongidan 
ham muhim va dolzarb ta‟limiy masalalardan biridir. O„zbek 
adabiyoti tarixining durdona namunalarini yaratgan ijodkorlarning 
asarlari asrlar osha yashab kelayotgan ekan, bu ulug„ merosdan 
yoshlarimizni qanchalik ko„p bahramand etsak, ularning 
ma‟naviyatini o„stirishda, insoniy fazilatlarni kamol toptirishda 
kuchli ma‟naviy qurolga ega bo„lamiz. Ular merosini teranroq 
o„rganishga erishsak, ular yaratgan asarlar zamirida yoshlarimiz 
uchun zarur bo„lgan ibrat va saboqlar xazinasi namoyon bo„lib 
boradi. 
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev yana bir o„rinda, “Hozirgi 
paytda jamiyat va sivilizatsiyalar, avvalo, ijtimoiy qadriyatlar va 
ta‟lim tizimlari bilan raqobatlashmoqda. Shu nuqtai nazardan, 
buyuk ajdodlarimiz bo„lgan islom olamining mutafakkirlarining 
asarlarini ularni butunjahon sivilizatsiyasi rivojiga qo„shgan bebaho 
hissasini chuqur o„rganish, teran anglash va keng ommalashtirish 
alohida ahamiyatga egadir. Shunga ko„ra mamlakatimizda “... 
ajdodlarimizning boy madaniy merosini chuqur o„rganish asosida 
yoshlarning ongu tafakkurini shakllantirish”
52
muhim strategik 
ahamiyat kasb etadi”, degan edilar. Bu vazifalarning belgilanishi 
o„quvchilarning mustaqil mutolaa madaniyatini shakllantirish bilan 
bevosita bog„liqdir. 
52
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича 
Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги Фармони // Халқ сўзи, 2017 йил, 8 феврал. 


196 
O„zbek adabiyoti tarixini, xususan, mumtoz she‟riyat sir-
asrorlarini o„rganish masalalari har doim metodist olimlarning 
diqqat-markazida turgan muammo sanaladi. Mumtoz adabiyot 
tarixini o„rganish bevosita ko„p qirrali bo„lib, xalqning tarixi, urf-
odati, an‟analari, o„y-kechinmalari, orzu-armonlarini ilmiy talqin 
qilish demakdir. Adabiyot o„qitish usullarini kashf qilish va uni 
amaliyotda qo„llash dastlabki tashkil etilgan ta‟lim maskanlari 
maktab, madrasa mudarrislari faoliyatidan boshlangan desak xato 
bo„lmaydi. Hozirgi paytda yoshlarimiz dunyoviy bilimlarni, 
zamonaviy texnika va texnologiyalarni o„rganishayapti. Shuning 
barobarida, ma‟naviyat sarchashmasini tashkil etgan mumtoz 
she‟riy merosimizni ham chuqur o„rganish bugungi kun 
yoshlarining ma‟naviy barkamolligiga xizmat qilishi shubhasizdir. 
Ma‟lumki, hozirda bu yo„lda turli metodik usullardan foydalaib 
kelinmoqda, mumtoz adabiyot namunalarini turli yoshdagi 
o„quvchilarga ularning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda 
o„rgatishning yangidan-yangi usullari ishlab chiqilmoqda. Ammo bu 
ma‟nilar xazinasining durdonalarini chuqur o„rganish uchun 
qadimiy milliy o„qitish usullarini ham qo„llashga ehtiyoj 
sezitlmoqda. Ayniqsa, matn tahlili ustida ishlash jarayonida, 
mashg„ulotning har bir bosqichida o„ziga xos o„qitish usulini 
qo„llash kerak bo„ldi.
Ma‟lumki, murakkab matnlarni o„rganishga mo„ljallab kashf 
qilingan o„qitish usullari madrasalarda keng qo„llangan. Bu o„qitish 
usullari tajribali mudarrislar tomonidan ixtiro qilingan bo„lib, ular 
talabalarning o„zlashtirishlarini yengillashtirish, mashg„ulotda 
ko„zlangan maqsadga erishishga qaratilgan. 
Ana shu o„lmas, umri boqiy uslubiy tajribalar tiklansa, bugungi 
kun ta‟limi talablariga moslashtirilsa, o„quvchilarga mumtoz 
adabiyot namunalarini o„zlashtirish ko„nikmalarini singdirish 
osonlashgan bo„lar edi. Ularning komil inson bo„lib voyaga 


197 
yetishishlarida avlodlarimizning boy tajribalari muhim manba bo„lib 
xizmat qilishiga amin bo„lamiz.
Bu yo„lda tarixiy hujjatlar va yozma manbalar asosida o„rta asr 
madrasalari ta‟lim tizimida qo„llangan o„qitish usullari borasida olib 
borilgan ilmiy tadqiqot ishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
“O„zbek adabiyotini o„qitish metodikasi” darsligida ko„zda 
tutilgan asosiy maqsad madaniy, ma‟naviy merosimizni chuqur 
anglashlari uchun muhim bo„lgan sharqona o„qitish usullari ulardan 
yangicha o„qitish mezonlari asosida amaliyotda qo„llash va 
foydalanish masalalarini yoritishga qaratildi.
Shuningdek, o„zbek adabiyoti tarixi namunalariga oid olib 
boriladigan mashg„ulotlarda o„quvchilarning yozma nutqiga e‟tibor 
berish maqsadida inshoning o„rni va ahamiyati haqida uslubiy 
tavsiyalar va slarning turlari haqida ma‟lumotlar berildi. 
Mazkur darslik adabiyot o„qituvchilari, oliy o„quv yurtlari 
o„zbek tili va adabiyoti fakultetlari talabalari, magistrlari uchun 
mo„ljallangan. 
Darslikning yutuqlari bilan bir qatorda ayrim masalalarni 
yoritishda kamchiliklarga yo„l qo„yilgan bo„lishi mumkin. Shuning 
uchun mutaxassis, amaliyotchilarning, hamkasblarning xolis 
mulohazalarini kutib qolamiz. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling