O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Download 0.99 Mb.
bet14/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

Nazorat savollari
1. Sertifikatlashtirishning rivojlanish tarixi bo’yicha qanday ma’lumotlarni bilasiz?
2. Birinchi, ikkinchi va uchinchi tomonlar deganda nimani tushunasiz?
3. Sertifikatlashtirish va sertifikat atamalari nimani anglatadi?
4. Sertifikatlashtirish tizimi, majburiy sertifikatlashtirish va ixtiyoriy sertifikatlashtirish deganda nimani tushunasiz?
5. Akkreditatsiya va akkreditlashtirish tizimini tushuntiring.
6. Sertifikatlashtirish tizimining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
7. Sertifikatlashtirish milliy tizimida qanday faoliyat turlari amalga oshiriladi?
8. Sertifikatlashtirishning qonuniy va me’yoriy asoslari nimalardan iborat?
9. O’zbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida”gi qonunining mohiyatini tushuntiring.
10. O’zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va sifati to’g’risida”gi qonunining mohiyatini tushuntiring.
11. Muvofiqlikni baholash va uning qonuniy hamda me’yoriy asoslarini tushuntiring.
12. Milliy akkreditatsiya tizimi, muvofiqlikni baholash organlari va muvofiqlik to’g’risidagi deklaratsiya deganda nimalar tushuniladi?
13. Muvofiqlikni baholashning qanday turlarini bilasiz?
14. Muvofiqlikni baholash tizimining tuzilmasini tushuntiring.


II-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SERTIFIKATLASHTIRISH FAOLIYATI




2.1. O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimining qoidalari


O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimida bir turdagi mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlar bo’yicha sertifikatlashtirish (BMS) tizimi yaratilishi mumkin.


Sertifikatlashtirish bo’yicha ishlarni bir turdagi mahsulotlar, sifat menejmenti tizimi va xodimlarni sertifikatlashtirish bo’yicha akkreditlangan idoralar amalga oshiradi. Sertifikatlashtirish sinovlari akkreditlangan sinov laboratoriyag’markazlarida amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasida muayyan turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo’yicha akkreditlangan idoralar bo’lmagan holatlarda sertifikatlashtirish bo’yicha milliy idora uning sertifikatlashtirish masalalarini hal qiladi.
O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimida davlat reestri ko’rinishida sertifikatlashtirish ob’ektlari va sub’ektlarini ro’yxatga olish amalga oshiriladi. Ro’yxatga olishni akkreditlashtirish va sertifikatlashtirish milliy idoralari olib boradi. Unda davlat reestri ma’lumotlari, shuningdek, sertifikatlashtirish idorasi va tizimning boshqa qatnashchilaridan olingan ma’lumotlar chop etiladi.
O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimida majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish o’tkazilishi nazarda tutiladi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling