O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Download 0.99 Mb.
bet15/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

Ixtiyoriy sertifikatlashtirish. Xalqaro amaliyotda ixtiyoriy sertifikatlashtirish mahsulotni tanlashda iste’molchiga ko’maklashuvchi samarali vosita hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchilar uchun mahsulotni sertifikatlashtirishni nufuzli tashkilotlar o’tkazishi kerak, chunki bu mahsulotni sotib olish ehtimoli yanada oshadi. Ixtiyoriy sertifikatlashtirish mahsulot raqobatbardoshligini oshirib, mahsulot aylanish jarayonini tezlashtiradi.
Ushbu holatda ixtiyoriy sertifikatlashtirish samarali iqtisodiy bozor vositasi sifatida amalga kiritilib, ya’ni iste’molchi va ishlab chiqaruvchigina emas, balki davlat va jamiyat ahamiyatida qiziqish salobatli bo’ladi.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirish o’zida o’tkazilish jarayonlarida va qoidalarida qat’iy qonuniy chegaralanish mavjud bo’lmagan mumtoz sertifikatlashtirish ko’rinishini mujassam etadi.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirish arizachi (tayyorlovchi, sotuvchi, bajaruvchi)lar qiziqishi bo’yicha arizachi aniqlagan mahsulot muvofiqligini standartlar, texnik shartlar, retseptura va boshqa hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida o’tkaziladi.
Ko’plab mamlakatlarda tayyorlovchi va iste’molchilar uchunfoydali, nufuzli, mukammal bo’lgan ixtiyoriy sertifikatlashtirish tizimini, hukumatning faol ko’maklashuvi bilan ataylab yaratiladi.
Keyingi vaqtlarda xalqaro iqtisodiyotda ISO 9000 turkumli, shuningdek, boshqa tizimli ISO 14000 bo’yicha va xalqaro standartlar talablariga muvofiq sifat tizimini ixtiyoriy sertifikatlashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Hozirgi paytda qaerda milliy mahsulotlarga ixtiyoriy sertifikatlashtirish qo’llanilmoqda? Birinchidan, tashqi bozorga mahsulotlar eksportga chiqarilishida. Ichki bozorda ixtiyoriy sertifikatlashtirishga talab hozircha sust, lekin bugungi kunda uni qo’llashga qiziqish shu erda ko’proq bo’lishi kerak. Masalan, materiallar ta’minotchilari va buyumlarni butlovchi buyurtmachi muvofiqlik sertifikati mavjudligi shartlarini u majburiy sertifikatlashtirishda qaralmagan holatlarda ham talab qiladi.
Davlat va mahalliy boshqaruv idoralar mahsulotg’xizmatlar sifati nazorati va baholash mustaqilligini ta’minlash uchun, ya’ni natijalari mahsulotlarni etkazishda davlat buyurtmalarini olish va muayyan faoliyatga litsenziya berishda ixtiyoriy sertifikatlashtirish yordamiga tayanadi.
Mahsulot, ishlar va xizmatlardan tashqari, sifat tizimi va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirishlar ham ixtiyoriy tizim doirasida o’tkaziladi.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirish qoida va tamoyillari majburiy sertifikatlashtirishdagiga nisbatan kam farqlanadi. Farqli tomoni shundaki, arizachi bilan sertifikatlashtirish idorasi kelishuv bo’yicha quyidagilarni aniqlaydi:

  • tasdiqlanadigan talablar tarkibini;

  • uni tekshirish usullarini;

  • bu talablar va usullarga o’rnatilgan me’yoriy yoki texnik hujjatlarni;

  • ixtiyoriy sertifikatlashtirish sxemasini.

Kelishish sertifikatlashtirish idorasi so’ralgan talablarga loyiqligi va sertifikatlashtirish uchun o’tkazilgan tekshiruv usullari, shuningdek, faoliyat sohasini sertifikatlashtirish bo’yicha idora uchun biriktirilgan doirada bu talablarga muvofiqligini tasdiqlash, qonuniy baholashni tan olish maqsadida o’tkaziladi.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirish tizimining ishchi holatda ekani sertifikatlashtirishni o’tkazish qoidalari va uni qo’llanish sohasi davlat ro’yxatida qayd etilgan doirada amalga oshiriladi.
Mahsulotlarni ixtiyoriy sertifikatlashtirishda, majburiy sertifikatlashtirish shart bo’lgan xuddi shu mahsulotni majburiy sertifikatlashtirishga almashtirishi mumkin emas.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirish majburiy sertifikatlashtirish tizimida o’tkazilishi mumkin, agarda bu majburiy sertifikatlashtirish tizimi qoidalarida va ushbu tizimda ixtiyoriy sertifikatlashtirish muvofiqlik belgisi, ushbu tizimda belgilangan tartibda ro’yxatga olinganligi mavjud bo’lgan holatlarda mumkin.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling