Majburiy sertifikatlashtirish. Majburiy sertifikatlashtirish mahsulotg’jarayong’xizmatlar muvofiqligini isbotlashni ta’minlash O’zbekiston Respublikasi hukumati qonun va qarorlari, qonunchilik aktlari va me’yoriy hujjatlarning majburiy talablariga, texnik reglamentlar talablariga asosan amalga oshiriladi. Bir qancha majburiy talablar bu hujjatlarda atrof-muhit va insonlar sog’lig’ini saqlash, xavfsizlikka aloqador, lekin majburiy sertifikatlashtirishning asosiy jihati xavfsizlik va ekologikligi bo’lib hisoblanadi.
Majburiy sertifikatlashtirish O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi doirasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan majburiy sertifikatlashtirishda turuvchi mahsulotlar va xizmatlar ro’yxatiga muvofiq amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan, olib kelinayotgan, chetga chiqarilayotgan mahsulotlar uchun majburiy sertifikatlashtirish o’tkazilishi shart.
O’zbekistonda majburiy sertifikatlashtirish xorijiy davlatlarda singari, eng avvalo, xalq iste’moli mahsulotlari va ularni xavfsizlik hamda ekologikligini tasdiqlashda qo’llaniladi. Ushbu ro’yxatga mahsulotlarni qo’shish uchun mezon sifatida quyidagilar tanlangan: foydalanuvchilar uchun xavfning yuzaga kelishi; mahsulot me’yoriy hujjatlarida xavfsizlik talablari mavjud bo’lsa; ommaviy iste’moldagi; inson sog’lig’i va hayotiga xavf-xatarlar darajasi va b.lar.
Jahon amaliyotida ixtiyoriy sertifikatlashtirish iste’molchilar tomonidan sifatli xizmatlarni tanlashda samarali vositalardan biri hisoblanadi. Xizmatlarni bajarish uchun ixtiyoriy sertifikatlashtirish ularning raqobatbardoshligini oshiradi.
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo’lgan mahsulotlarni ixtiyoriy sertifikatlashtirishga almashtirish mumkin emas. Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirishning bir-biridan farqli jihatlari 2.1-jadvalda keltirilgan.
2.1-jadval
Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirishning qiyosiy tahlili
Do'stlaringiz bilan baham: |