O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020
Sertifikatlashtirish milliy tizimida xalqaro hamkorlik
Download 0.99 Mb.
|
Китоб сертификация лотин 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsulotlarni sertifikatlashtirish qoidalari
Sertifikatlashtirish milliy tizimida xalqaro hamkorlik. O’zbekiston Respublikasi sinov va sertifikatlashtirish sohasida O’zbekiston Respublikasi bilan MDH davlatlari hamda boshqa davlatlar bilan o’zaro hamkorlik to’g’risidagi shartnoma, tuzilgan kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.
Xalqaro hamkorlikning asosiy masalalari sinov va sertifikatlashtirish sohasida xalqaro savdoda texnik to’siqlarni bartaraf qilish, mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish, O’zbekiston Respublikasida inson sog’lig’iga, hayot, fuqarolar mol-mulkiga va atrof-muhit uchun xavfli mahsulotlar importiga chek qo’yish hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi MDH doirasida sertifikatlashtirish milliy idorasi orqali, sinov va sertifikatlashtirish sohasida xalqaro tashkilotlar bilan ikkitomonli va ko’ptomonli yo’nalishlar bo’yicha xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro faoliyatni amalga oshiradi. 2.3. Sertifikatlashtirishni amalga oshirishning umumiy bosqichlariSertifikatlash milliy tizimi doirasida sertifikatlashtirish ishlari arizachi tomonidan tanlangan sertifikatlashtirish sxemasi bo’yicha aniqlangan tizim doirasida olib boriladi. Sertifikatlashtirish tartibi va uning o’rnatilgan qoidalari mavjud bo’lib, sertifikatlashtirishning asosiy bosqichlarini sertifikatlashtirish ob’ekti va turlariga bog’liq bo’lmagan o’zgarmas jarayon deb hisoblash mumkin. Odatda, qabul qilingan va sertifikatlashtirish jarayonining umumiy sxemasi 2.2-rasmda keltirilgan. Buni quyidagi beshta asosiy bosqichlarga bo’lish mumkin: 1. Sertifikatlashtirishga ariza. 2. Sertifikatlashtirish bo’yicha qaror qabul kilish. 3. Sertifikatlashtirish ob’ektini o’rnatilgan talablarga muvofiqligini baholash. 4. Muvofiqlikni baholash natijalarining tahlili va uni rasmiylashtirish. 5. Sertifikatlashtirish ob’ekti ustidan inspektsiya nazorati. Sertifikatlashtirishni o’tkazish uchun 2005 yil 18 martda Adliya vazirligida №1458 ro’yxatga olingan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish qoidalari o’rnatilgan. Bu qoida majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirishni tashkillashtiradi va o’tkazishda qo’llaniladi. U O’zbekiston va xorijda yaratilgan sertifikatlashtirishning barcha ob’ektlariga qo’llaniladi. O’zbek setrifikati va muvofiqlik belgisining horijda tan olinishi imkoniyatini ta’minlash uchun ISOG’IEC qo’llanmasida keltirilgan xalqaro me’yorlar va qoidalarga, ISO xalqaro standartlari, Evropa standartlari, boshqa xalqaro va hududiy tashkilotlarning hujjatlariga muvofiq sertifikatlashtirishni amalga oshirish uchun ularga muvofiq tuzilgan. 2.2-rasm. Sertifikatlashtirishning asosiy bosqichlari. Mahalliy va import mahsulotlarni O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimida bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idoralari yoki ular mavjud bo’lmaganda sertifikatlashtirish milliy idorasi amalga oshiradi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling