O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020
Download 0.99 Mb.
|
Китоб сертификация лотин 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- sertifikatlashtirish bo’yicha akkreditlangan idoralar
SMSITI vazifalariga quyidagilar kiradi:
mahsulotlarni sertifikatlashtirish va akkreditlash bo’yicha asos bo’luvchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va yuritish; akkreditlash bo’yicha komissiya, mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo’yicha idoralar, sinash va qiyoslash laboratoriyag’markazlar faoliyatlarini inspektsiya nazoratida ishtirok etish; sertifikatlashtirish bo’yicha mutaxassislar va sifat bo’yicha ekspert-auditorlarni attestatlash bo’yicha komissiyalarda ishtirok etish; sertifikatlashtirish bo’yicha mutaxassislarni va ekspert-auditorlarni sertifikatlashtirish idoralarida, sinov va ijtimoiy laboratoriyag’markazlarda ishlash uchun o’qitish va tayyorlash; tashkilotlarga bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimlarini va sifatini ta’minlash tizimlarini ishlab chiqishda usulubiy yordam ko’rsatish; uslubiy tavsifdagi ma’lumotlarni ishlab chiqish va nashr qilish; yuqorida ko’rsatilgan masalalar bo’yicha maslahatlar berish kabi vazifalarni bajaradi. Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimini yuritih uchun sertifikatlashtirish bo’yicha milliy idora akkreditlangan sertifikatlashtirish idoralaridan biriga, ya’ni bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirishda asosiy bo’lgan sertifikatlashtirish bo’yicha milliy idoraga, uslubiy markazlardan biriga o’zining vakolatini soha doirasidagi idoralarga vaqtincha yuklaydi. Uslubiy markazlar sifatida ilmiy-tadqiqot, loyiha-texnologik institutlari va ilmiy-texnik markazlar hamda turli mulkchilik shaklidagi tashkilotlar kirishi mumkin. Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimida bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo’yicha uslubiy markazlar yoki markaziy idoralar quyidagi vazifalarni bajaradi: bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo’yicha tashkiliy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi; standartlashtirish bo’yicha bazaviy tashkilotlar va texnik komissiyalar bilan hamkorlikda mahsulotlarni sertifikatlashtirishga me’yoriy hujjatlar fondini shakllantirada va yurgizadi; shartnoma asosida bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimi qatnashuvchilarni me’yoriy va tashkiliy-uslubiy hujjatlar bilan ta’minlaydi; nazorat va sinovg’tekshiruv usullarini aniqlaydi; sertifikatlangan mahsulot inspektsiya nazorati, ishlab chiqarishni baholash uchun usullar va dasturlarni ishlab chiqadi. Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo’yicha akkreditlangan idoralar quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: muayyan turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibini ishlab chiqadi; bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish (BMS) tizimida sertifikatlashtirilishi kerak bo’lgan muayyan turdagi mahsulotlarni aniqlashda ishtirok etish; muayyan turdagi mahsulotni sertifikatlashtirish o’tkaziladigan me’yoriy hujjatlar fondini aniqlash va yuritish; sertifikatlashtirishni tashkil qilish va o’tkazish; muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish, berish va tan olish; sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning reestrini yuritish; berilgan mahsulotni sertifikatlashtirish natijalari haqida ma’lumot berish; o’rnatilgan tartibdagi me’yoriy hujjatlar asosida sertifikatlashtirish ishlarining mehnat sarfi va qiymatining hisob-kitob me’yorlarini aniqlash; sertifikatlashtirilgan mahsulot ustidan inspektsiya nazoratini o’tkazish. Sertifikatlashtirish milliy tizimi qoidalarini bajaruvchi va uning talablariga javob beruvchi mulkchilik shaklidan qat’i nazar akkreditlangan idoralar sertifikatlashtirish idorasi bo’lishi mumkin. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling