O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020
) namunani identifikatsiyalash, tanlab olish, tamg’alash va plombalashni
Download 0.99 Mb.
|
Китоб сертификация лотин 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5) sertifikatlashtirish sinovi
- Ishlab chiqarish holatini baholash
4) namunani identifikatsiyalash, tanlab olish, tamg’alash va plombalashni sertifikatlashtirish idorasi yoki sinov laboratoriyasi arizachi ishtirokida amalga oshirib, bunda namunani sinash joyiga etkazish ta’minlanadi.
Sertifikatlashtirish uchun sinoviste’molchilarga etkaziladigan mahsulotga aynan o’xshash bo’lishi, ya’ni ishlab chiqarish texnologiyasi va tarkibi, konstruktsiyasi, seriyali mahsulotdan yoki partiyadan tanlab olingan namuna bo’yicha o’tkaziladi. Namunalar miqdori, tanlab olish tartibi, saqlash va identifikatsiyalash qoidalari sertifikatlanayotgan mahsulot va sinov usullari me’yoriy hujjatlarida belgilanadi. Respublikaga olib kelinayotgan mahsulot partiyasidan tanlab olishni sertifikatlashtirish milliy idorasi o’rnatgan, akkreditlangan idoralar va laboratoriyalarda, sinash uchun olib kelinayotgan mahsulotdan tanlab olish me’yor chegaralariga rioya qilinishi zarur. Arizachi zarurat bo’lganda namunalar ma’lumotlari bo’yicha texnikaviy hujjatlarni taqdim qiladi.Bunda namuna tanlab olish dalolatnomasi 2 nusxada tuzilib, ulardan biri arizachiga topshiriladi. Import qilinayotgan bojxona ta’minotida bo’lishi kerak bo’lgan mahsulotdan namunalar tanlab olishni, bojxona idorasi ruxsati bilan bojxona inspektori va tovar egasi yoki uning vakili ishtirokida sertifikatlashtirish bo’yicha idora vakillari o’tkazadilar. Namuna tanlab olish dalolatnomasi uch nusxada bo’lib, ulardan ikkinchisi bojxona idorasiga topshiriladi. 5) sertifikatlashtirish sinovi ushbu mahsulotni sertifikatlashtirishda foydalaniladigan me’yoriy hujjatlarda ko’rilgan va bu sinovni o’tkazish huquqi bo’lgan akkreditlangan sinov laboratoriyalarida o’tkaziladi. Sertifikatlashtirish vaqtida akkreditlangan sinov laboratoriyalari bo’lmasa, sertifikatlashtirish bo’yicha milliy idora sinovni o’tkazish joyini, sharti va tartibini va uning natijalarini xolisonaligini ta’minlashni aniqlaydi. Arizachi sertifikatlashtirish idorasiga ishlab chiqarishga mahsulotni etkazish va ishlab chiqishda o’tkazilgan sinov bayonnomasi (uni amal qilish muddatini hisobga olib) yoki O’zbekiston Respublikasi SMTda akkreditlanganG’tan olingan mahalliy yoki xalqaro sinov laboratoriyalari bajargan sinov haqida hujjatlarni ham taqdim qilishi mumkin. Buyutrmachining iltimosi bo’yicha uning vakiliga sinov shartlari va laboratoriya bilan tanishish imkoniyati beriladi. Arizachi o’zining mahsulotini sinashda qatnashish huquqiga ega. Bunda laboratoriyada sinov me’yoriy shartlari saqlanishi va maxfiylikni ta’minlash bo’yicha choralar qabul qilingan bo’lishi lozim. Namunalar sinovi ishonchliligi, sifati va saqlash uchun mustaqil va texnik layoqatliligiga akkreditlangan sinov laboratoriyasi mas’uliyatni o’z zimmasiga oladi. Sinov bayonnomalarini vakolatga ega mutaxassis imzolaydi va laboratoriya rahbari tasdiqlaydi. Mustaqil laboratoriya bo’lmaganda, sertifikatlashtirish idorasi vakili nazorati ostida faqat texnik layoqatligiga akkreditlangan sinov laboratoriyasida sertifikatlashtirish maqsadida sinovni o’tkazishga ruxsat etiladi. Bunday sinovni uni o’tkazishga topshiriq beruvchi sertifikatlashtirish idorasi bilan bir qatorda, bajaruvchi sinov laboratoriyasi xolisonaligi uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oladi. Sinov bayonnomalariga bunday holatlarda, sertifikatlashtirish idorasining ekspert-auditori ham imzo chekadi. Sinov bayonnomasi arizachi va sertifikatlashtirish idoralariga taqdim qilinadi. Bayonnomalar nusxasi sertifikat amal qilish muddatidan kam bo’lmagan muddat davomida saqlanishi kerak. Bayonnomalar nusxasining muayyan saqlanish muddati sinov laboratoriyasining hujjatlarida va bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibida o’rnatiladi. Agar mahsulotni sinash alohida ko’rsatkichlar bo’yicha turli xil akkreditlangan sinov laboratoriyalarida o’tkazilsa, unda mavjud barcha zaruriy sinov natijalari bo’yicha ijobiy bayonnomalar bo’lsa, mahsulot muvofiqligini baholash ijobiy deb hisoblanadi. Sinov natijalari salbiy bo’lgan holatlarda sertifikatlashtirish idorasi arizachiga sertifikat bermasligi sabablari ko’rsatilgan xulosani beradi. Sinovlar tartibi 15.5 – bo’limda batafsil tavsiflangan. 6) sertifikatlanayotgan mahsulotning Ishlab chiqarish holatini baholash bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibida o’rnatilgan. Kuzatuv muddati 10 kundan ko’p bo’lmasligi lozim. Baholash natijalari bo’yicha sertifikat berish to’g’risidagi qaror qabul qilinganda, hisobga olinuvchi kuzatuv dalolatnomasi tuziladi. Ishlab chiqarishni tekshirish 3-bobning 3.4-bandida yanada to’laroq tavsiflangan. Ishlab chiqarishni kuzatuvi o’tkazilganligi haqidagi dalillar, ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish yoki sifat tizimini sertifikatlashtirish mahsulotning sertifikatida keltiriladi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling