O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020
Sertifikatlashtirish bo’yicha ishlarning mehnat sarfini va narxini aniqlash
Download 0.99 Mb.
|
Китоб сертификация лотин 2020
Sertifikatlashtirish bo’yicha ishlarning mehnat sarfini va narxini aniqlash. Sertifikatlashtirish bo’yicha ishlar mehnat sarfini va narxini O’zbekiston Respublikasi Sertifikatlashtirish milliy tizimida O‘zRH 51-032-94 Rahbariy hujjati asosida aniqlanadi.
Sertifikatlashtirish idorasi sertifikatlashtirish milliy tizimida litsenzion shartnoma asosida faoliyatini amalga oshiradi. Bunda sertifikatlangan sifat tizimi va ishlab chiqarish, xizmat, jarayonlar va mahsulotlarni inspektsion nzoratini o’tkazish, akkreditlangan sinov laboratoriyag’markazlari vakillari sertifikat berish huquqiga ega. Sertifikatlashtirish idorasi bilan litsenzion shartnoma asosida korxona va tashkilotlar muvofiqlik belgisi va sertifikatdan foydalanish huquqini oladi. Sertifikatlashtirish bo’yicha ishlarni o’tkazishga umumiy tarif turlari (shartnoma narxi) quyidagi formula bilan ifodalanadi: Tq(S1QS2QS3QS4)(1QR)QS5QS6QS7QS8QHQQQS, (2.1) bu erda: S1 – sertifikatlashtirish bo’yicha ishlarni bajaruvchilar oylik maoshi, so’m; S2 – ijtimoiy sug’urtalashga to’lov (ajratma), so’m; S3 – nafaqa fondiga to’lovlar (ajratma), so’m; S4 – xarajatlarga qoplamalar (ijara, yonilg’i, energiya va h.), so’m; S5 – butlovchi buyumlar va materiallar narxi, so’m; S6 – xizmat safari xarajatlari, so’m; S7 – avtotransport vositalariga to’lovlar, so’m; S8 – boshqa tashkilotlarning xizmatlariga xarajatlar, so’m; R – normativ rentabellik; H – foydag’daromad solig’i va qonunchilikka muvofiq boshqa soliqlar; NDS– qo’shimcha qiymat solig’i, so’m. Sertifikatlashtirish bo’yicha har bir ish turi uchun oylik maosh qiymati quyidagi tartibda aniqlanadi: - Ushbu ish bo’yicha to’liq jarayonlar ro’yxatini tuzish; - har bir jarayonni bajarish uchun zaruriy ishchilar miqdori va ularning malakasini o’rnatish; - har bir jarayon bo’yicha ishlarning mehnat (o’rtacha mehnat sarfi miqdori) sarfini o’rnatish; - ishchilar lavozimi maoshi va tarif stavkalarini o’rnatish; - sertifikatlashtirishning barcha jarayonlari bo’yicha barcha turdagi ishchilarning oylik maoshi summasini aniqlash. Normativ rentabellik sertifikatlashtirish milliy idorasi yoki sertifikatlashtirish idorasini rag’batlantirish maqsadida differentsiallash muhim ishlardan 0,30 oshmasligi shart. Litsenzion ajratmalar miqdori sertifikatlangan mahsulot hajmidan quyidagicha tashkil etiladi: - massaviy mahsulot ishlab chiqarish uchun – 0,05%dan 0.1%gacha; - seriyali mahsulot ishlab chiqarish uchun – 0,1%dan 0.5%gacha; - yagona (donalab) mahsulot ishlab chiqarish uchun – 0,5%dan 1%gacha. Sertifikatlashtirish bo’yicha ishlar mehnat sarfining o’rtacha qiymati 2.2-jadvalda keltirilgan. 2.2-jadval. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling