O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Sinovni o’tkazishning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat


Download 0.99 Mb.
bet33/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

Sinovni o’tkazishning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:
1) sinovni o’tkazishga talabnoma tahlili. Ushbu bosqichda sinov laboratoriyasi taqdim etilayotgan mahsulotni sinashga akkreditatsiya sohasini tekshiradi. Amal qiluvchi hujjatlarning mavjudligi, sinov qurilmalari attestatining amal qilish muddati, yordamchi qurilmalar va sinov vositasining tayyorligi yoki tamg’a tushirilganligi, o’lchash vositasining qo’llashga yaroqliligini tasdiqlash, shuningdek, ularning amal qilish muddatlari ham tekshiriladi. O’rnatilgan muddatlarda sinovni o’tkazish imkoniyatlari mavjudligi baholanadi va xodimlarning malakasi mavjudligi tekshiriladi.
2) sinov dasturini ishlab chiqish. Bir turdagi sinov dasturini mahsulot ishlab chiqaruvchi ishlab chiqadi. Ishlab chiqarish turib qolgan holatlarda sinov dasturi sertifikatlashtirish idorasi yoki buyurtmachi takliflari asosida qoida sifatida ishlab chiqiladi. Dasturda hajmi, joyi, turi va sinash shartlari, hisobot berish tartibi va boshqa zaruriy ma’lumotlar o’rnatiladi. Sertifikatlashtirish sinovlari holatida dastur sertifikatlashtirish talabnomasi bo’yicha qaror bilan birlashtirilishi mumkin.
Dasturda sinalayotgan mahsulotning aniq va to’liq nomlanishi, me’yoriy hujjatda u qandan yozilsa, xuddi shunday to’liq va aniq keltirilishi hamda sinalishi lozim. Dasturda sinov turi va joyi hamda sinov laboratoriyasining nomi, manzili va huquqi ko’rsatilishi shart.
Sinov usullariga qo’shimchalarda sinov bayonnomasini taqdim qilish va rasmiylashtirish sinov ma’lumotlarini aniqlashda qayta ishlash tartibi va shartlari ko’rsatilishi mumkin.
Sinov hajmi muvofiqlikni tasdiqlashda tekshirilayotgan mahsulot (xavfsizlik) majburiy talablaridan kelib chiqib aniqlanishi lozim.
3) sinov vositalarini ishga sozlash. Sinov vositalarini ishga sozlashdan oldin uning texnik holati tekshirilib, bu sinov vositasini sinov vositasining ishga sozlash me’yoriy qiymatlari ta’sirlarini o’rnatish, uning barqarorligini tekshirish hamda ishlatish hujjatiga muvofiq sezgiriligi, ishchi rejimga chiqish to’g’riligi va o’lchash vositasini qayd qilish muvofiqligi ishlatish hujjatlariga muvofiq ishlash va texnik holatining tekshiruvini o’tkazishdan tarkib topgan bo’ladi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling