O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020
Download 0.99 Mb.
|
Китоб сертификация лотин 2020
X XXXG’YYY
bu erda, X – bir turdagi mahsulot guruhi belgisi; XXX – sertifikatlashtirish idorasining davlat reestri bo’yicha akkreditlangan attestatining tartib raqami bo’lib hisoblanadi; YYY – muvofiqlik belgisini qo’llash huquqini olgan, korxonaning tartib raqami bo’ladi. Kod misoli 15.4-rasmda keltirilgan bo’lib, bu erda Ye sertifikatlashtirilgan mahsulot engil sanoat va madaniy-maishiy ishlarga mo’ljallangan tovarlariga tegishli ekanligini tavsiflaydi, 009 Buxoro SSM akkreditatsiya guvohnomasi ro’yxat raqamining oxirgi raqamlari, 001 esa bu Buxoro tekstil kombinati. Ishlab chiqaruvchilar sertifikatlangan mahsulotlar qismini sotishda, muvofiqlik sertifikati nusxasi, sertifikatning asl nusxasini saqlovchi yoki idoraning muhri va ishontirish imzosi (yo notarial idora bo’lishi mumkin) bilan ilova qilishi mumkin. Sertifikatning asl nusxasini saqlovchi nusxa berayotganda, uni mahsulot uchun tovar jo’natish hujjatlariga muvofiq ro’yxatga oladi. Har bir nusxaga uning ro’yxatga olish raqami, sotiladigan mahsulot miqdori ko’rsatiladi. Mahsulotni muvofiqlik sertifikati amal qilish davrida ishlab chiqilgan bo’lsa, u sertifikat hisoblanadi va qayta sertifikatlashtirish zarurati bo’lmaydi. Mahsulotni sertifikatlanganligini tasdiqlashda muvofiqlik belgisi va ekspluatatsiya qilish va ilova xujjatlarini tayyorlash sanasi xizmat qiladi. Sertifikatlashtirish idoralari bergan, bekor qilingan sertifikatlar hisobini yuritadi va ular to’g’risida hamda sertifikatlashtirish bo’yicha faoliyat haqidagi ma’lumotlarni sertifikatlashtirish milliy tizimiga yuboradi. Ular berilgan sertifikatlar va o’zining faoliyati to’g’risida qiziquvchi tashkilotlarni ham xabardor qilishi mumkin. Sertifikatlashtirish bo’yicha milliy idora mahsulotlarni sertifikatlashtirish natijalari to’g’risidagi ma’lumotlarni chop etadi. Bular: sertifikatlar berilgan mahsulotlar ro’yxati va uning sertifikatlashtirish tavsiflari; ishlab chiqarish, sifat tizimi va bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo’yicha akkreditlangan idoralar ro’yxati; akkreditlangan sinov laboratoriyag’markazlari ro’yxati; sifat bo’yicha attestatlangan ekspert-auditorlar haqida ma’lumotlar; bekor qilingan sertifikatlar va akkreditatsiyalash haqida attestatlar to’g’risidagi ma’lumotlar. Arizachi mahsulotning muvofiqlik sertifikati va muvofiqlik tamg’asi bo’lsa, reklama qilish hamda sifat tizimi (yoki ishlab chiqarish) sertifikatini reklama qilish huquqiga ega. Majburiy sertifikatlashtirishdagi mahsulotni, lekin muvofiqlik sertifikati mavjud bo’lmasa, reklama qilish qat’iy taqiqlanadi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling