O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi quyidagi ketma-ketlikdan iborat


Download 0.99 Mb.
bet26/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi quyidagi ketma-ketlikdan iborat:
1) sertifikatlashtirishga arizani rasmiylashtirish. O’zbekston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi doirasida sertifikatlashtirishni o’tkazish uchun mahalliy yoki xorijiy arizachi bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idorasiga sertifikatlashtirish bo’yicha arizani jo’natadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sertifikatlashtirishda ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot me’yoriy hujjatining nusxasini;

  • mahsulotni tamg’alash namunasini (mahsulot haqida ma’lumot);

  • gigienik sertifikat nusxasi (u bor bo’lsa), davlat sanitariya nazorati idorasi daboratoriyasining sinov natijalari va MHda (veterinariya va fitosanitariya xulosalri, ekologik sertifikatlar) o’rnatilgan boshqa talablar to’g’risida tarkib topgan ma’lumotlar.

Agarda arizachi bir vaqtning o’zida muvofiqlik sertifikati va gigienik sertifikatlarni olish uchun ariza bergan bo’lsa, bu holda gigienik sertifikatning nusxasini rasmiylashtirishdan so’ng uni o’rnatilgan tartibda taqdim etadi.
Olib kelinayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirishda yuqorida ko’rsatilgan hujjatlardan tashqari, arizachi O’zbekiston Respublikasi hududi bojxonasiga kelganligi (tovar-transport nakladnoyi, hisob-faktura, invoys) to’g’risida mahsulot ilovasi hujjatlari nusxalarini taqdim qiladi.
Arizani berish paytida sertifikatlashtirish idorasi bo’lmasa, ariza sertifikatlashtirish milliy idorasiga jo’natiladi. Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idorasi bir nechta bo’lganda, arizachi ulardan hohlaganiga ariza berish huquqiga ega.
Arizachida bunday idoralar va sertifikatlashtirish tartibi haqidagi ma’lumotlar bo’lmasa, uni sertifikatlashtirish milliy idorasi yoki SSMdan olishi mumkin.
Sertifikatlashtirish idorasi 2 kundan ko’p bo’lmagan vaqtda arizani ko’rib chiqadi va taqdim qilingan hujjatlar tahlilini o’tkazadi, sertifikatlashtirishning barcha asosiy shartlari, bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibida o’rnatilgan asoslar, shuningdek, sertifikatlashtirish sxemasi va sertifikatlashtirishni o’tkazishga muvofiqlik uchun zaruriy me’yoriy hujjatlar to’g’risidagi qaror haqida arizachiga xabar qiladi.
Qarorda sinovni o’tkazishda akkreditlangan sinov laboratoriyasi va sifat menejmenti tizimi yoki ishlab chiqarishni (agar bu sertifikatlashtirish sxemasida ko’rilgan bo’lsa) kim tomonidan sertifikatlashtirilishi ko’rsatiladi.
Qarorda gigienik sertifikat, veterinariya xulosasi, fitosanitariya yoki ekologik sertifikatlarni olish zarurligi ham ko’rsatiladi.
Mahsulotni sertifikatlashtirishni o’tkazish muddati mahsulot me’yoriy hujjatlarida o’rnatilgan sinov muddati va sinov usullariga bog’lik bo’ladi, ammo bir oydan ko’p bo’lmaydi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling