O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


O’zbekiston Respublikasida mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi


Download 0.99 Mb.
bet25/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

2.4. O’zbekiston Respublikasida mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi


Sertifikatni berish bo’yicha barcha ishlar, shu bilan birga, arizani ko’rib chiqish, ishlab chiqarishni tekshirish, inspektsiya nazorati, hujjatlarni ro’yxatga olish va zaruriy materiallarni tarjima qilishlarga arizachi o’rnatilgan tartibda to’lovlarni amalga oshiradi.


Sertifikatlashtirishni o’tkazish tartibini sertifikatlashtirish jarayonlarida tarkib topgan ketma-ket faoliyatlar majmui o’rnatadi. Bu tartib va bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish sxemalari akkreditlangan sertifikatlashtirish idoralarining hujjatlarida belgilangan. Idoralarda, shuningdek, sinovni o’tkazish uchun laboratoriyalarda sertifikatlanayotgan mahsulot va sinov usullariga hujjatlar mavjud bo’ladi.
Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartiboti sxemasi 2.3-rasmda keltirilgan.

2.3-rasmga izohlar:
1. Ariza beruvchi zarur hollarda gigienik xulosa olish uchun hududiy sanitariya nazorati organiga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beradi.
Hududiy davlat sanitariya nazorati organi belgilangan tartibda joyiga borgan holda laboratoriya sinovlari o’tkazish uchun mahsulotlardan namuna oladi va ob’ektni tekshiradi.
1a. Chorva mahsulotlari uchun hududiy sanitariya nazorati organi ariza beruvchidan hujjatlar olingan kundan keyingi kechikmasdan tuman (shahar) veterinariya xizmati organiga buyurtmanoma jo’natadi.
1b. Veterinariya xizmati organi uch kun muddatda hududiy sanitariya nazorati organiga veterinariya xulosasini yoki xulosa berishni rad etishga sabab bo’lgan aniq qonun hujjatlari normalarini ko’rsatgan holda yozma javob yuboradi.
Veterinariya xizmati organi 20 kungacha izolyatsiyalash-cheklash (karantin) choralarini belgilash huquqiga ega. Bunda veterinariya xulosasini berish tartiboti karantin muddati tugagunga qadar to’xtatib turiladi.
1v. O’simlik mahsulotlari uchun hududiy sanitariya organi ariza beruvchidan hujjatlar olingan vaktning keyingi kunidan kechikmasdan tuman (shahar) o’simliklar karantini davlat xizmati organiga buyurtmanoma jo’natadi.
1g. O’simliklar karantini davlat xizmati organi ikki kun muddatda fitosanitariya xulosasi yoki salbiy xulosa beradi.
2. Laboratoriya sinovlari, shuningdek, veterinariya hamda fitosanitariya xulosalaridan ijobiy natija olinganda, hududiy sanitariya nazorati organi ariza beruvchiga gigienik xulosa beradi.
3,4. Ariza beruvchi o’z xohishiga ko’ra, tashkilot va ishlab chiqaradigan mahsuloti shtrixli kodda foydalaniladigan tovar kodini olish uchun ”GS1 Uzbekistan” (“EAN Uzbekistan”)ga murojaat qilishi mumkin.
5. Ariza beruvchi muvofiqlik sertifikati olish uchun sertifikatlash bo’yicha akkreditatsiya qilingan idoraga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi. (Ariza gigienik xulosa olish uchun beriladigan ariza bilan bir vaqtda berilishi mumkin).
6. Sertifikatlash bo’yicha akkreditatsiya qilingan idora 15 ish kunidan ortiq bo’lmagan muddatda muvofiqlik sertifikati yoki aniq qonun hujjatlari normalarini ko’rsatgan holda yozma rad javobini beradi.

Gigienik va veterinariya ekspertizasi, karantin nazorati yoki ekologik sertifikatlashtirishning o’tkazilishi va, zarurat bo’lganda, arizada ko’rsatilgan mahsulotning me’yoriy hujjatlari gigienik, veterinariya, fitosanitariya yoki ekologiya talablariga muvofiq mavjudligini sertifikatlashtirishtirish idorasi aniqlaydi. Bu tekshirishni muvofiqlikni sertifikatlashtirish vaqtida va sertifikatlashtirish idorasining sertifikatni berish to’g’risidagi qarorining nusxasi hamda arizachi taqdim qilgan hujjatlarga muvofiq, nazorat idorasi ruxsati bilan parallel olib borilishi mumkin.


Arizachi gigienik sertifikatni olish bo’yicha arizani sanitar nazorat idorasiga berish vaqtida veterinariya xulosasi va agar kerak bo’lsa MH talablari bo’yicha fitosanitariya yoki ekologik sertifikatlarini olishni tashkillashtirish lozim.
Sertifikatlashtirish idorasi gigienik, veterinariya, fitosanitariya yoki ekologik sertifikatlarni olish uchun tashkilotlar bilan muvofiq o’zaro faoliyat bo’yicha agentlik xizmatlarini ko’rsatish huquqiga ham ega. Bunda sertifikatlashtirish idorasi bu xizmatlarga tariflar to’g’risidagi ma’lumotlarni arizachiga taqdim qilishi va davlat idoralariga muvofiq namunani tarqatish va tanlab olish uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga oladi.
Sertifikatlashtirish idorasi arizachiga ularning talablari bo’yicha quyidagi ma’lumotlarni taqdim qiladi:

  • majburiy sertifikatlashtirishdagi mahsulot turlari ro’yxatini;

  • bir turdagi mahsulotni sertifikatlashtirish qoidalarini;

  • sertifikatlashtirish bo’yicha ishlarga preyskurant yoki ta’riflarni;

  • tanishish uchun akkreditatsiya guvohnomasini.


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling