O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish


Download 0.99 Mb.
bet23/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirishtizimi (BMS tizimi) O’zRSMTda o’rnatilgan, hamda sertifikatlashtirish milliy idorasi, yoki arizachi takliflarini hisobga olib sertifikatlashtirish idorasi aniqlagan boshqa omillarning mavjudligi va sertfikatlashtirish umumiy tartiblarini aniqlashtirish uchun yaratiladi.
Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimiga umumiy molik bo’lgan o’xshash konsruktiv-texnologik fikrlar, yagona asosiy nomenklatura ko’rsatkichlari va ularni sinov uslubiyatlarini qo’llanishi bo’yicha mahsulot turlari aloqador bo’ladi.
Muayyan bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimini amalga oshirish zarurati yuzaga kelganda sertifikatlashtirish idorasi, arizachining asoslangan takliflari yoki xususiy qaroriga asosan sertifikatlashtirish milliy idorasi aniqlaydi.
BMS tizimida sertifikatlashtirishni o’tkazish tartib va qoidalari O’zRSMTda belgilangan.
Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimi O’zbekiston Respublikasi ichida va uning hududlarida, barcha qatnashuvchilar (sertifikatlashtirish idorasi, sinov laboratoriyasi, arizachi va iste’molchilar) uchun ochiq-oydin ma’lumotlar hisoblanadi.
Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimi tarmoq, tarmoqlararo, respublika, hududiy va xalqaro darajalarda tashkil qilinishi mumkin.
Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimini hosil qilish sertifikatlashtirish milliy idorasi qarori bilan rasmiylashtiriladi. Yaratilgan bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimi O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimida ro’yxatga olinishi, hujjatlari rasmiylashtirilishi va tasdiqlanishi lozim.
Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish (BTM) tizimi hujjatlari quyidagilarni belgilaydi:

  • tizim yaxlit ishlab turishini ta’minlash bo’yicha bir turdagi mahsulotlarni sertifikatashtirish tizimi qatnashchilariga topshiriq va vazifalarni;

  • ushbu tizimda sertifikatlashtirilayotgan mahsulot turlari ro’yxatini;

  • sertifikatlanayotgan mahsulot va sinov usullariga me’yoriy hujjatlarni;

  • ushbu tizimda qabul qilingan sertifikatlashtirish sxemalarini;

  • sinash uchun namunani tanlash va identifikatsiyalashni;

  • muvofiqlik belgisini qo’llash va sertifikatlangan mahsulotga muvofiqlik belgisini tamg’alash qoidalarini;

  • muvofiqlik sertifikati va sinov natijalarini tan olish qoidalarini;

  • sertifikatlangan mahsulot ustidan inspektsiya nazoratini o’tkazish va muvofiqlik belgisini qo’yish tartibini;

  • apellyatsiyani ko’rib chiqish tartibini;

  • sertifikatlashtirish milliy idorasi va bir turdagi mahsulotni sertifikatlashtirishda qatnashuvchi boshqa davlat boshqaruv idoralari bilan o’zaro faoliyat tartibi.

Inspektsiya nazorati faoliyatini “O’zstandart” agentiligi akkreditlashtirish qoidalariga muvofiq bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimida akkreditlangan tashkilotlar amalga oshiradi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling