O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Akkreditlangan sinov laboratoriya


Download 0.99 Mb.
bet21/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

Akkreditlangan sinov laboratoriyag’markazlari quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • mahsulotni sertifikatlashtirish bo’yicha sinovlarni o’tkazish va sinov dalolatnomalarini berish;

  • sertifikatlashtirish tartibida nazarda tutilgan bo’lsa sertifikatlashtirilgan mahsulot namunalarini, tekshiruvg’sinovdan o’tkazish;

  • sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirishda sinovlarning to’g’riligiga ishonch hosil qilish uchun ishtirok etish.

  • Sinov laboratoriyalarig’markazlari sifatida “O’zstandart” agentligi va uning hududiy idoralarining laboratoriyalari, ilmiy-tekshirish va konstruktorlik tashkilotlarining sinov markazlari, boshqa laboratoriyalar va ixtiyoriy mulkchilik shaklidagi markazlar akkreditlanishi mumkin.

Sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirish bo’yicha akkreditlangan idoralar quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi:

  • sifat tizimlarining dastlabki baholashini o’tkazadi va sertifikatlashtirishni o’tkazish uchun shartnomalar tuzadi;

  • ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish uslubiyatlarini va sifat tizimlarini tekshirish dasturlarini ishlab chiqadi;

  • sifat tizimi yoki ishlab chiqarishning auditini o’tkazadi;

  • sifat tizimi yoki ishlab chiqarish sertifikatlarini rasmiylashtiradi, sertifikatni beradi yoki tan oladi;

  • sertifikatlashtirilgan sifat tizimlari va ishlab chiqarishlar ustidan inspektsiya nazoratini amalga oshiradi;

  • sertifikatlashtirish natijalari haqida ma’lumot beradi.

Sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirish bo’yicha idoralar sifatida tashkilotlardan, SMT joriy qilayotgan maslahat beruvchi firmalardan va sertifikatlashtirish natijasiga qiziquvchi boshqa tashkilot hamda shaxslardan mustaqil O’zbekiston sertifikatlashtirish milliy tizimi sub’ektlari akkreditlanadi.
Xodimlarni sertifikatlashtirish bo’yicha akkreditlangan idoralar quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi:

  • sertifikatlashtirishni o’tkazishga kontrakt tuzish va arizalar tahlilini o’tkazadi;

  • xodimlarni sertifikatlashtirish usullarini ishlab chiqadi;

  • xodimlar layoqatligini baholash va testlarni o’tkazadi;

  • layoqatlik sertifikatini rasmiylashtirish, topshirish yoki tan olish;

  • sertifikatlashtirilgan xodimlarning inspektsiya nazoratini amalga oshiradi;

  • sertifikatlashtirish natijalari to’g’risida ma’lumot beradi.

Sertifikatlashtirishga ariza beruvchi, ta’lim oluvchi xodim, tashkilotidan hamda xodim xizmati iste’molchilaridan mustaqil bo’lgan idoralar xodimlarini sertifikatlashtirish bo’yicha idora sifatida akkreditlanadi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling