O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020
Sertifikatlashtirish tizimi idoralarining vazifalari
Download 0.99 Mb.
|
Китоб сертификация лотин 2020
Sertifikatlashtirish tizimi idoralarining vazifalari quyidagilardan iborat:
O’zSMTningyagona qoida va tadbirlarini, ularga rioya etilishi ustidan nazoratni, sertifikatlashtirish natijalari bo’yicha hujjatlarni ro’yxatga olishni, respublika va xorijiy iste’molchilarni ma’lumot bilan ta’minlashni belgilaydi; muvofiqlik belgisini va sertifikat shaklini hamda ularni qo’llash qoidalarini belgilaydi; O’zSMTni takomillashtirish bo’yicha dastur loyihalarini tuzadi va ularni Hukumat muhokamasiga taqdim etadi; O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda xalqaro sertifikatlashtirish tizimlariga qo’shilish haqida qaror qabul qiladi, shuningdek, sertifikatlashtirish natijalarini o’zaro tan olish haqida bitimlar tuzadi; O’zbekiston Respublikasini boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan sertifikatlashtirish masalalari bo’yicha o’zaro munosabatlarda vakil bo’ladi; majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo’lgan mahsulotlarg’xizmatlar ro’yxatini tuzadi va olib boradi; respublikada sertifikatlashtirish ishlarini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi; O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi Davlat reestrini yuritadi; mahsulotlarni sertifikatlashtirish va sertifikatlashtirish bo’yicha idoralarni va sinov laboratoriyag’markazlarini akkreditlashtirish bo’yicha ishlarga to’lov tartiblari va shakllarini o’rnatadi; O’zSMT qoidalarini buzganligi uchun muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilarining amalini bekor qiladi yoki vaqtincha to’xtatadi, sertifikatlashtirish bo’yicha idoralar va sinov laboratoriyag’markazlarini akkreditlangani haqida guvohnomani bekor qiladi; sertifikatlashtirish va akkreditlash natijalari bo’yicha appelyatsiyalarni ko’rib chiqadi; O’zSMT Davlat reestri asosida sertifikatlashtirish bo’yicha ma’lumotlarni chop etadi va manfaatdor tomonlarning undan bemalol foydalanishlarini ta’minlaydi. Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun Sertifikatlashtirish milliy idorasi (SMI) ilmiy-tadqiqot, tekshirish, ilmiy-texnik, jamoat tashkilotlarni, iste’molchilar jamiyatlarini jalb etadi. O’zbekiston Respublikasi hududida SMI vazifalarini va vakolatlarini “O’zstandart” agentligi, Sinov va sertifikatlashtirish bo’yicha hududiy markazlarga (SSM) bergan taqdirdagina ular bajarishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi hududida sertifikatlashtirish milliy idorasining ayrim vazifalarini Hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari (SSM) “O’zstandart” agentligi vakilligida uning vakolati bilan bajarishi mumkin. “O’zstandart” agentligi qisman o’zining vazifalarini bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo’yicha markaziy idora yoki bosh uslubiy markazni vakil qilish huquqiga ega. SSMquyidagi vazifalarni amalga oshiradi: sertifikatlashtirish qoidalari to’g’risida mahsulot va xizmat ta’minotchilari va bajaruvchilarni rasman xabardor qiladi; sertifikatlashtirish bo’yicha milliy idora, bosh uslubiy markaz (BUM)lar bilan bir turdagi mahsulotlar doirasida sertifikatlashtirish tartiblari bo’yicha o’zaro faoliyat yuritadi; o’zi tomonidan sertifikatlashtirilgan mahsulotlar inspektsiya nazoratini amalga oshiradi; hududda sertifikatlashtirilgan mahsulotlar reestrini yuritadi. Hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi (SMB)majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etish bo’yicha davlat tekshiruvig’nazoratini amalga oshiradi; O’zstandart agentligi topshirig’i bo’yicha xududiy sertifikatlashtirish idoralar va sinov laboratoriyag’markazlarini akkreditlashtirish bo’yicha komissiya tashkil qiladi, ularning faoliyatining inspektsiya nazoratini amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimining ilmiy-uslubiy markazi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (SMSITI) hisoblanadi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling