Bugungi kunda o’z istiqloli yo’lida bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat qurilishi sari shahdam qadam tashlab borayotgan, mustaqil O’zbekiston Respublikasida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida muhim va salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlarga binoan muvofiqlikni sertifikatlashtirishning asosiy maqsadi quyidagilar:
- mahsulot, jarayon va xizmatlarda fuqarolarning hayoti va sog’lig’ining xavfsizligini ta’minlash, tashqi muhitni asrash, buyumg’tovarlarni bir xilligi va o’zaro almashinuvchanligi masalalari hamda iste’molchilarni himoya qilish;
- xalqaro savdoda texnikaviy to’siqlarni bartaraf qilish, tovar (buyum, jarayon va xizmat)larni raqobatbardoshlik qobiliyatini oshirish.
Sertifikatlashtirishni o’tkazish va tashkil qilish uchun O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi (SMT)ning tashkiliy tuzilmasi qonuniy o’rnatilgan bo’lib, unga quyidagilar kiradi:
O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish bo’yicha milliy idora (“O’zstandart” agentligi);
bir turdagi mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish bo’yicha akkreditlangan idoralar va sifat tizimini va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish, shuningdek, xududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari qoshida ochilgan idoralar;
akkreditlangan sinov laboratoriyag’markazlari;
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (SMSITI);
bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo’yicha uslubiy markazlar;
nazorat idoralari.
O’zbekiston Respublikasi Sertifikatlashtirish milliy tizimining tashkiliy tuzilmasi 2.1-rasmda keltirilgan.
-
2.1-rasm. O’zbekiston Respublikasi Sertifikatlashtirish milliy tizimining tashkiliy tuzilmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |