O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020
Muvofiqlikni baholash va uning qonuniy hamda me’yoriy asoslari
Download 0.99 Mb.
|
Китоб сертификация лотин 2020
1.5. Muvofiqlikni baholash va uning qonuniy hamda me’yoriy asoslariO’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 25 dekabrdagi 278-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalarini ishlab chiqish Rejasi”ga binoan, “Muvofiqlikni baholash to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqilib, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga taqdim etilgan. “Muvofiqlikni baholash to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2013 yil 6 iyunda qabul qilingan va Senat tomonidan 2013 yil 22 avgustda ma’qullangan. Mazkur Qonunning g’oyasi, texnik jihatdan tartibga solish ob’ektlariga yo’naltirilgan me’yoriy-huquqiy talablarni “Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiqlashtirish hamda muvofiqlikni baholash sohasidagi qonun hujjatlarini xalqaro qonunchilik talablari, shu jumladan savdodagi texnik to’siqlarni bartaraf etish bo’yicha Butunjahon savdo tashkilotining kelishuvlariga uyg’unlashtirishdan iborat. Qonunni ishlab chiqishning asosiy maqsadlari: muvofiqlikni baholashning yagona turi bo’lgan sertifikatlashtirishdan, deklaratsiyalashni o’z ichiga olgan ko’p turli muvofiqlikni baholash tizimini tashkil qilishning qonuniy bazasini yaratish; xalqaro tajriba va mamlakatimizni rivojlantirish strategiyasi omillarini inobatga olgan holda milliy akkreditatsiyalash tizimining qonuniy, texnikaviy va tashkiliy asoslarini yaratish; respublikamizning rivojlangan davlatlar bilan iqtisodiy hamkorligini oshirish maqsadida, Butunjahon savdo tashkilotining kelishuvlari bilan belgilangan talablarni bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etishni ta’minlash; respublikada ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar xavfsizligi, sifati va raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, ichki bozorni xavfli mahsulotlardan himoyalash; xalqaro savdoni rivojlantirish maqsadida, savdodagi texnik to’siqlarning bartaraf etilishini ta’minlash; sinov, kalibrlash va qiyoslash laboratoriyalari, sertifikatlashtirish idoralari, inspektsiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi boshqa tashkilotlarning texnik omilkorligini oshirish hamda ish natijalarining xalqaro darajada tan olinishini ta’minlashdan iboratdir. Aytish joizki, Qonun qabul qilinishi natijasida, hozirda mavjud akkreditatsiya tizimi yanada takomillashadi va Milliy akkreditatsiya tizimida muvofiqlikni baholash bo’yicha amalga oshirilgan ishlar natijalarini xalqaro maydonda e’tirof etilishiga va O’zbekiston Respublikasining “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida”gi va “Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida”gi Qonunlari mazmuni o’zaro uyg’unlashishiga hamda eng muhimi mustaqil mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integrallashuv jarayoniga o’zining hissasini qo’shishiga zamin yaratib beradi. “Muvofiqlikni baholash to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni to’rtta bobdan va o’ttiz uchta moddadan iborat bo’lib, boblar quyidagicha nomlangan:1-bob. Umumiy qoidalar (1 – 14 modda);2-bob. Muvofiqlikni baholash sohasini davlat tomonidan tartibga solish (15–19 modda);3-bob. Akkreditatsiya (20 – 27 modda);4-bob. Yakunlovchi qoidalar (28 – 33 modda). Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar keltirilgan: akkreditatsiya — yuridik shaxslarning muayyan faoliyat sohasida muvofiqlikni baholashga doir ishlarni bajarishga vakolatli ekanligini Milliy akkreditatsiya organi tomonidan rasman tasdiqlash; Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling