O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Download 0.99 Mb.
bet8/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

Inspektsiya tekshiruvi – sertifikatlashtirish va akkreditlashda o’rnatilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida sertifikatlashtirilgan mahsulot, sifat yoki ishlab chiqarishni boshqarish tizimlari, sertifikatlashtirish bo’yicha idoralar, sinov laboratoriyalari (markazlari)ningfaoliyatini takroriy baholash protsedurasi.
Sertifikatlashtirish – protsedura bo’lib, buning vositasida uchinchi tomon mahsulot, jarayon yoki xizmatlarning topshiriqdagi talablarga muvofiqligini yozma shaklda tasdiqlaydi.
Sertifikatlashtirish bo’yicha idora – Sertifikatlashtirishni o’tkazuvchi idora. Sertifikatlashtirish bo’yicha idora muvofiqlikka sinash va tekshirishni o’zi o’tkazishi yoki uning topshirig’i bo’yicha boshqa idoralar tomonidan o’tkaziladigan bunday faoliyat ustidan nazoratni amalga oshirishi mumkin.
Sinov laboratoriyasi – sinovlarni o’tkazadigan laboratoriya.“Sinov laboratoriyasi” atamasi yuridik yoki texnik idora yoki ikkalasini ifodalovchi ma’no sifatida foydalanilishi mumkin.
Sinash – o’rnatilgan protseduraga muvofiq bir yoki bir nechta tafsilotlar (tavsiflar) ni aniqlash.
Etkazib beruvchi muvofiqlik to’g’risidagi deklaratsiya esa– bu “etkazib berilayotgan mahsulotni muayyan me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini (yaratilgan javobgarlikni isbotlash) yozma ravishda kafolatlash”.
Muvofiqlikni deklaratsiyalash – me’yoriy hujjatlari (texnik reglamentlar) talablariga mahsulot muvofiqligini tasdiqlash shakli;
Muvofiqlik to’g’risida deklaratsiya – ishlab chiqarilayotgan mahsulotga munosabatda me’yoriy hujjatlar (texnik reglamentlar) talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat.
Sertifikatlashtirish idorasi – sertifikatlashtirish ishlarini bajarish uchun o’rnatilgan tartibda akkreditlangan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi korxona.


1.3. Sertifikatlashtirish tizimining maqsadi, vazifalari va faoliyat turlari


Sertifikatlashtirish tizimining maqsadi muvofiqlikni sertifikatlashtirishni amalga oshirish uchun tadbirlar, tartiblar va boshqaruv qoidalarini ishlab chiqishdan iborat.


Sertifikatlashtirish tizimining asosiy vazifalari quyidagilar:

  • sertifikatlashtirishda qo’llaniladigan hujjatlarning yagona tizimini tashkil qilish;

  • yagona atama va ta’riflarni ishlab chiqish;

  • bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirishning qoida va tartiblarini ishlab chiqish;

  • sertifikatlashtirish uchun o’tkaziladigan sinovlarning qoidalarini ishlab chiqish (bundan keyin sertifikatlashtirish sinovlari);

  • sertifikatlashtirish qatnashchilarining davlat boshqaruv idoralari bilan o’zaro hamkorlik tartiblarini aniqlash.

Sertifikatlashtirish milliy tizimi O’zbekiston Respublikasining qonuniy va me’yoriy hujjatlariga muvofiq faoliyat olib boradi.
O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimida quyidagi faoliyat turlari olib boriladi:

  • mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish;

  • sifat tizimlarini va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish;

  • majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat olib borish;

  • yuqoridagi keltirib o’tilgan faoliyat yo’nalishlari bo’yicha ekspert-auditorlarni tayyorlash va attestatlash kabi faoliyat turlarini yuritadi.

O’zbekiston Sertifikatlashtirish milliy tizimi (SMT) sertifikatlashtirish bilan shug’ullanuvchi chet davlatlar tizimi va tashkilotlar, hamda shaxslari uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalarini tan olish sharti bilan ochiq deb hisoblanadi.
Sertifikatlashtirish mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlarning quyidagi talablarga muvofiqligini yoki nomuvofiqligini tasdiqlash bo’yicha ish olib boradi:

  • davlatlararo standartlarga (MDH);

  • mahsulotga talablarni belgilovchi O’zbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan va rasman nashr qilingan me’yoriy hujjatlarga (keyinchalik MH);

  • O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimiga Sertifikatlashtirish idorasi sifatida a’zo bo’lgan sertifikatlashtirish tizimlari doirasidagi xalqaro va milliy chet el standartlariga.

O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimi quyidagi tizimlar bilan o’zaro bog’lanishda faoliyat olib boradi:

  • O’zbekiston Respublikasining davlat standartlashtirish tizimi (O‘zDST);

  • O’zbekiston Respublikasining o’lchashlar birligini ta’minlash davlat tizimi (O‘zO‘DT);

  • O’zbekiston Respublikasining akkreditlash tizimi (O‘zAT);

  • MDH davlatlarining sertifikatlashtirish milliy tizimlari, shuningdek, bu ishni boshqarish uchun maxsus huquqga ega bo’lgan davlat boshqaruv idoralari boshchiligida faoliyat ko’rsatayotgan muvofiqlikni tekshiruvchi boshqa tizimlar (Sanoatgeokontexnazorati, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi) bilan o’zaro bog’liqlikda faoliyatini olib boradi.




Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling