O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Sertifikatlashtirishning qonuniy va me’yoriy asoslari


Download 0.99 Mb.
bet9/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

1.4. Sertifikatlashtirishning qonuniy va me’yoriy asoslari


Har qanday faoliyat yoki yo’nalish nima maqsadni ko’zlashidan qat’iy nazar albatta qonunlashtirilishi, tartibga tushirilishi, faoliyatni olib borish esa ma’lum me’yoriy hujjatlar asosida olib borilishi talab etiladi. Xuddi shuningdek, sertifikatlashtirish faoliyati ham bundan mustasno emas.


Quyida ushbu sohaning qonuniy asosi va qonunosti hujjatlari to’g’risida tushuncha bermoqchimiz. Sertifikatlashtirishning qonuniy va me’yoriy asoslari 1.1-rasmda keltirilgan.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan sertifikatlashtirish masalalari bo’yicha qabul qilingan qonunlar:

    • O’zbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida”gi qonuni;

    • O’zbekiston Respulikasining “Standartlashtirish to’g’risida”gi qonuni;

    • O’zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi to’g’risida”gi qonuni;

    • O’zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonuni;

    • O’zbekiston Respublikasining “O’simliklarning karantini to’g’risida”gi qonun;

    • O’zbekiston Respublikasining “Reklama to’g’risida”gi qonuni.

    • O’zbekiston Respublikasining “Muvofiqlikni baholash to’g’risida”gi qonuni va h.




1.1-rasm. Sertifikatlashtirishning qonuniy va me’yoriy asosi.

Mahsulotlarning xavfsizligi va yuqori sifatliligini ta’minlash shakllaridan biri sifatida sertifikatlar dunyoda tan olindi.


Sertifikatlashtirish tamoyillarini ishlab chiqish sohasida to’plangan xalqaro tashkilotlar tajribalari MDHningbarcha davlatlarida keng qo’llanilib kelinmoqda. O’zbekistonda 1992 yildan sertifikatlashtirish bo’yicha xalqaro tizim ishlarida qatnashish va kelishuvi sertifikatlashtirishning qonuniy asosini yaratdi.
Mahsulotlarni sertifikatlashtirishni o’tkazish ishlari oldin mahalliy mahsulotning me’yoriy hujjatlarini ISO, IEC va boshqa xalqaro tashkilotlarning xalqaro standartlariga mos (davlat standartlari, texnik shartlar) keltirish bo’yicha, hamda bu mahsulotlarga me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish, mahsulotga sertifikatlashtirish talablarini o’rnatish bo’yicha “O’zstandart” agenligi bilan hamkorlikda manfaatdor vazirliklar va mahkamalar ishlar olib borishdi.
Sertifikatlashtirish bo’yicha to’plangan tajriba ishlari O’zbekiston Respublikasida mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirishni keng qamrovli yuritish va bosqichma-bosqich joriy etish imkoniyatini berdi.
Respublikada sertifikatlashtirish aslida 1993 yil 28 dekabrda Respublika Oliy Majlisining O’zbekiston Respublikasi “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida”gi Qonunining qabul qilinishi bilan kiritilgan.
Qonunda aytilganki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O’zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi (O’zdavstandart) O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish bo’yicha milliy idorasi bo’lib hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 3 oktyabrdagi № 342 sonli “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori bilan O’zdavstandart O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O’zstandart” agentligi)ga o’zgartirildi.
Qonunga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan majburiy sertifikatlashtirishda turuvchi mahsulot va xizmatlar ro’yxati bo’yicha hamda, ularning qonunchilik aktlarida ko’rilgan holatlar bo’yicha sertifikatlashtirish amalga oshiriladi. Dastlabki ro’yxat 1994 yil Vazirlar Mahkamasiining № 409 sonli qaroriga kiritilib va keyinchalik 2004 yil 6 iyulda № 318 sonli majburiy muvofiqlikni tasdiqlashga kiruvchi mahsulot va xizmatlarning yangi qisqartirilgan ro’yxati kiritildi. Bundan tashqari, muvofiqlikni tasdiqlash jarayonini soddalashtirish maqsadida bu ro’yxatda belgilangan bir qancha mahsulot turlari muvofiqligini ta’minotchi deklaratsiyalash yo’li bilan tasdiqlashi mumkin. Bular katta xavf-xatarlariga bog’liq bo’lmagan turdagi mahsulot va xizmatlardir. Qaror, shuningdek, o’rnatilgan talablarga mahsulot muvofiqligini tasdiqlash va deklaratsiyalash tartiblarining zamonaviy tizimlarini kiritish to’g’risidagi talablardan tarkib topgan.
Majburiy sertifikatlashtirishni o’tkazish bo’yicha ishlarni tashkillashtirishda “O’zstandart” agentligi yoki uning topshiriqlari bo’yicha boshqa shunga o’xshash majburiy sertifikatlashtirish idoralari va ularni akkreditlashtiruvchi idoralari katta hissalarini qo’shishgan.
Majburiy sertifikatlashtirish qatnashchilari “O’zstandart” agentligi, akkreditlangan sertifikatlashtirish idoralari, sertifikatlashtirish bo’yicha shunga o’xshash ishlarni olib boruvchi vakolatli akkreditlangan sinov laboratoriyalari (markazlar), talabgor, tayyorlovchi va boshqa mahsulot ta’minotchilari bo’lib hisoblanadi.
Qonunda “O’zstandart” agentligi va majburiy sertifikatlashtirish bo’yicha ishlarni olib borishda o’z hissasini qo’shgan boshqa sertifikatlashtirish idoralari, bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimini yaratish huquqi berilib, muvofiqlikni tasdiqlash yo’llarini tanlashni amalga oshirishi ko’rilgan. Sertifikatlashtirishni bevosita akkreditlangan sertifikatlashtirish idoralari va sertifikatlashtirish sinovlarini – akkreditlangan sinov laboratoriyalari amalga oshirishadi.
Qonun № 342 sonli qarorni hisobga olib, sertifikatlashtirish milliy tizimi sub’ektlarini akkreditlashtirish muvofiqlashtirish bo’yicha ishlarni olib boruvchi “O’zstandart” agentligi tarkibida yaratilgan akkreditlashtirish milliy idorasi (Akkreditlashtirish va inspektsiya nazorati bo’yicha boshqarma) amalga oshirishi belgilangan.
Qonunda import qilinayotgan mahsulotlarni olib kelish shartlarini aniqlangan. O’zbekiston Respublikasida mahsulotlarni etkazib berish bo’yicha tuzilayotgan shartnomalarning shartlarida majburiy sertifikatlashtirishda turgan mahsulotlarning o’rnatilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi muvofiqlik belgisi va sertifikatlarining mavjudligi nazarda tutilgan. Belgilangan sertifikatlashtirish va muvofiqlik belgilari O’zbekiston Respublikasining vakolatli idoralari tomonidan berilgan va tan olingan bo’lishi kerak.
Milliy tizim yoki “O’zstandart” agentligi tan olgan boshqa davlatlar sertifikatlari va muvofiqlik belgilarini talabgor (ta’minotchi) respublika hududidan boshqa davlatga mahsulotni olib chiqishga ruxsat olish uchun bojxona nazorati idorasiga, yuk bojxona deklaratsiyasi bilan birgalikda sertifikatlarni taqdim qilish zururiy hujjat bo’lib hisoblanadi.
Bojxona nazorat idoralari olib kelinayotgan mahsulotning xavfsizligini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo’lmagan holda, “O’zstandart” agentligini xabardor qiladi va sertifikatlashtirish milliy tizimining qoidalari bilan xorijiy sertifikat tan olinadi yoki mahsulotni sertifikatlashtirishni o’tkazish to’g’risidagi qarorgacha uni olib kelish taqiqlanadi.
Qonun ixtiyoriy sertifikatlashtirish sohasida qonuniy manosabatlarni boshqaradi. U yuridik va jismoniy shaxslarning qiziqishlari bo’yicha sertifikatlashtirishni o’tkazishi va me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun ixtiyoriy mahsulotlarni sertifikatlashtirishga undashi mumkin.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirishni “O’zstandart” agentligi o’rnatilgan tartibda akkreditlangan yuridik va jismoniy shaxslar amalga oshirish huquqiga ega.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirish tizimining sertifikatlashtirish tartibi va qoidalari tavsiflarini “O’zstandart” agentligi bilan kelishuv bo’yicha akkreditlangan sertifikatlashtirish idoralari o’rnatadi.
“Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida”gi Qonun majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya qilinishi bo’yicha nazorati va tekshirish masalalarini ham boshqaradi.
Sertifikatlashtirilgan mahsulot, sifatni boshqarish tizimi, ishlab chiqarish, akkreditlangan sinov laboratoriyalari (markazlari), sertifikatlashtirish idoralari va sertifikatlashtirish sohasidagi nazorat idoralarining inspektsiya nazoratlarini “O’zstandart” agentligi o’rnatgan tartibda ekspert-auditorlar amalga oshiradi.
Shuningdek, Qonunda sertifikatlashtirishni o’tkazish bilan bog’liq baxslarni ko’rib chiqish bo’yicha masalalar ifoda etilgan. Qiziquvchi tomonlar sertifikatlashtirish natijalariga norozi holatlarda “O’zstandart” agentligining Apellyatsiya kengashiga murojaat qilish huquqiga ega. Apellyatsiya kengashi sinov laboratoriyalari (markazlari) xulosalari va sertifikatlashtirish idoralarining qarorlari bo’yicha shikoyatlarni ko’rib chiqadi.
Qonunda tayyorlovchi (tadbirkorlar, sotuvchilar, bajaruvchilar) majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzganligi uchun javobgarliklari nazarda tutilgan. Majburiy sertifikatlashtirishda turgan, sertifikatlashtirilmagan mahsulotdan foydalanilganligi uchun qonunchilikda o’rnatilgan tartibda foydalanilgan mahsulot qiymati o’lchamida jarima solinadi. Majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya qilish nazorati qarori bo’yicha davlat boshqaruv idorasi mansabdor shaxsi jarimani undiradi. Jarimaga tortish sertifikatlashtirishni o’tkazish majburiyatidan xalos etmaydi.
Respublika Oliy Majlisi 1996 yil 26 aprelda mamlakatda majburiy sertifikatlashtirishni o’tkazish uchun yana bir turtki bo’luvchi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunni qabul qildi. Majburiy sertifikatlashtirishda turuvchi mahsulotlarni foydalanish vaqtida iste’molchilarga uni sertifikatlashtirilganligi to’g’risida ma’lumotni taqdim etishi lozimligi tafsilotlari aytib o’tilgan. Zaruriy ma’lumotlar mavjud bo’lmagan taqdirda davlat boshqaruv idorasi buyrug’i bo’yicha ushbu mahsulotdan foydalanishni to’xtatib qo’yadi. Uzoq muddatli foydalaniladigan barcha turdagi mahsulot va xizmatlarga tayyorlovchi kafolat muddatini o’rnatishi lozim.
Davolash, oziq-ovqatga mo’ljallangan va maishiy kimyoviy mahsulotlarda chiqarilgan muddati, yaroqlilik muddati va saqlash sharoitlari ko’rsatilishi shart. Sotuvchilarni yaroqlilik muddatisiz yoki yaroqlilik muddati tugagan mahsulotlarni qabul qilishi va sotishi qat’iyan man etilgan.
Iste’molchilar tayyorlovchidan sotib olingan mahsulotlarini (ishi, xizmati) tayyorlanganligi yoki bajarilganligi yo sanitar-gigienik talablarga, hamda radiologik, epidemiyaga qarshi va boshqa me’yor va qoidalarga rioya qilib bajarganligiga hamda atrof-muhit, inson hayoti va sog’lig’iga xavfsiz bo’lganligi shuningdek, uning mol-mulkiga zarar etkazmasligi kafolatini so’rash huquqiga ega.
Atrof-muhit va iste’molchilar sog’lig’i, hayoti, mol-mulki uchun xavf tug’diradigan mahsulotlarni chiqarish uchun qonunchilikka muvofiq tayyorlovchi (bajaruvchi), muvofiqlik sertifikatni beruvchi idora, me’yoriy hujjatlarni tasdiqlovchi tashkilot hamda sog’liqni saqlash, tabiatni muhofazalash idoralari, veterinariya xizmatlari yoki xavfli mahsulotni ishlab chiqarishga va foydalanishga ruxsat beruvchi boshqa idoralar javobgarlikni o’z zimmasiga olishadi.
Sertifikatlashtirishning qonuniy asoslaridan biri “Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va sifati to’g’risida”gi qonundir, u gigienik sertifikatni rasmiylashtirish zarurligini, hamda Sog’liqni saqlash Vazirligi va oziq-ovqat mahsulotlariga muvofiqlik sertifikatini, davlat qoidalarida belgilangan tartibda ro’yxatiga olish zarurligini belgilaydi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va sifati to’g’risida”gi Qonunda (1997 yil 30 avgustda chiqqan) mamlakat aholisini xavfsiz va sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashning qonuniy asosini belgiladi. Qonunning talablari oziq-ovqat, parfyumeriya, kosmetik mahsulotlar va tamaki mahsulotlariga hamda ularni tayyorlash, qadoqlash va tashish uchun mo’ljallangan, ular bilan bevosita aloqadagi qurilmalarga qo’llaniladi. Bu qonun oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat boshqaruvida ko’zda tutilgan quyidagi zaruriyatlarni o’rnatadi:

  • davlat me’yorlariga solish;

  • oziq-ovqat mahsulotlarini davlat ro’yxatiga olish;

  • sertifikatlashtirish;

  • davlat nazorati va tekshiruvi.

Davlat me’yorlariga solish sanitariya, veterinariya, fitosanitariya, gigienik qoidalariga aloqador xavfsizlik talablari, hamda davlat standartlari va texnikaviy shartlarda o’rnatilgan sifat ko’rsatkichlari talablarining kiritilishi yo’li bilan amalga oshiriladi.
Qonun bo’yicha davlat ro’yxatiga olishni avval akkreditlangan davlat sanitariya nazorat idoralari bergan gigienik sertifikatlar asosida “O’zstandart” agentligida amalga oshirilar edi. Keyinchalik bu talablar qayta ko’rib chiqildi va Sog’liqni saqlash Vazirligi oziq-ovqat mahsulotlarini davlat ro’yxatiga olishni boshladi.
Qonunda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizlik va sifat ko’rsatkichlari majburiy bo’lib va muvofiqlikni sertifikatlashtirish zarurligi belgilangan va shu bilan birga qadoqlangan mahsulotlarni chiqarishda, quyidagilardan tarkib topgan yorliq bo’lishi lozim:

  • mahsulot va tayyorlovchi nomi;

  • mahsulot belgisi va belgilanishi;

  • oziq qiymati va murakkab birikmalarning (ingredientlar) nomi;

  • saqlash sharoiti;

  • tayyorlash va yaroqlilik muddatlari;

  • muvofiqlik belgisi va mahsulotlar me’yoriy hujjatining raqami.

1997 yilda chiqqan “O’simliklar karantini to’g’risida”gi qonunga muvofiq O’zbekistonga olib kelinayotgan o’simlik mahsulotlari va uni mamlakat orqali olib o’tish qoidalari belgilangan. Karantindagi har bir mahsulotlar o’simliklar karantini bo’yicha davlat inspektsiya idorasi beradigan fitosanitariya sertifikatli ilova qilinishi lozim. Olib kelishda fitosanitariya nazoratigacha qo’shimcha ravishda import qilishga ruxsat rasmiylashtiriladi.
Davlat tabiatni muhofazalash qo’mitasi atrof-muhit va tabiiy resurslarni himoyalash sohasida ob’ektlarni sertifikatlashtirish tizimining qonunini joriy qilgan.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling