O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Download 0.99 Mb.
bet7/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

Akkreditlash tizimi– akkreditlashni amalga oshirish uchun protsedura va boshqaruvning o’z qoidalariga ega bo’lgan tizim.
Mahsulot – ma’lum faoliyat yoki jarayon natijasidir.
Mahsulotning turlari uning turli umumiy toifalariga kiradigan vazifalar yoki shu vazifani bajarish uchun qo’llanilayotgan elementlarni o’z tarkibida mujassam qilinishi bilan belgilanadi. Mahsulotni xizmatlar, dasturiy vositalar, texnik vositalar yoki qayta ishlanadigan materiallar qatoriga kiritish shu mahsulot uchun belgilangan vazifaning ustunlik qiladigan elementiga bog’liq. Masalan, etkazib beriladigan mahsulot – “avtomobil”, - texnik vositalar (masalan, shinalar), qayta ishlanadigan materiallar (yonilg’i, sovutish suyuqligi), dasturiy vositalar (motorni dasturli boshqarish, haydovchi uchun qo’llanma) va xizmatlar (avtomobildan foydalanish to’g’risidagi sotuvchi tomonidan beriladigan tushuntirishlar) dan iborat.
Xizmat – etkazib beruvchi va iste’molchining o’zaro hamkorligida amalga oshirilgan kamida bitta harakat natijasi. Xizmatlar, odatda, nomoddiy bo’ladi. Xizmat ko’rsatish quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin:

  • iste’molchi etkazib bergan moddiy mahsulot ustida bajarilgan faoliyat (masalan, ta’mir talab avtomobil);

  • iste’molchi etkazib bergan nomoddiy mahsulot ustida bajarilgan faoliyat (masalan, soliq miqdorini aniqlash uchun zarur bo’lgan daromad to’g’risida ariza);

  • nomoddiy mahsulotni berish (masalan, bilimlarni berish ma’nosidagi axborot);

  • iste’molchilar uchun qulay sharoitlarnn yaratib berish (masalan, mehmonxona va oshxonalarda).

Dasturiy vosita axborotga ega bo’ladi va u, odatda, nomoddiy bo’ladi, shuningdek, yondashuvlar, operatsiyalar yoki protseduralar shaklida ham bo’lishi mumkin.
Texnik vosita, odatda, moddiy bo’ladi va uning miqdori hisoblab topiladigan tavsif bilan ifodalanadi. Qayta ishlanadigan materiallar , odatda, moddiy bo’ladi va ularning miqdori uzluksiz tavsif bilan ifodalanadi. Texnik vositalar va qayta ishlanadigan materiallar ko’pincha tovar (mahsulot)lar deb ataladi.
Usul(metodika) – faoliyatni rasmiy amalga oshirish yo’lidir. Uslublar ma’lumki, odatda, hujjatlashtiriladi va hujjatlashtirilgan uslublar o’zida quyidagilarni ifoda etadi:

  • faoliyatning maqsadi va doirasi;

  • kim tomonidan va nima bajarilishi kerak;

  • qachon, qaerda va qay tarzda amalga oshirilishi kerak;

  • qanday manbalar, hujjatlar va qanday jihozlar ishlatilishi kerak;

  • bular qay yo’sinda nazorat qilinishi va qayd etilishi kerak.

Uslublar ma’lumki, odatda, bir necha xodimlarning javobgarlik va vakolatini aniqlaydi hamda sifat sohasi dasturiga yoki xususiyatlarga tayanadi.
Ishchi yo’riqnomalari ko’pincha uslublardan yoki texnologiyadan ko’chirma bo’ladi va bir xodimga yoki ish o’rniga yoziladi, shu sababli tanyanchga ehtiyoj sezilmaydi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling