O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish


Download 0.99 Mb.
bet6/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

Sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish – guvohnoma talabgoriga sertifikatlashtirish tizimining qoidalariga muvofiq berilgan sertifikatlashtirishdan foydalanish imkoniyati tushuniladi.
Sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi – deb ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko’rsatadigan, lekin tizimni boshqarish imkoniyatiga ega bo’lmagan sertifikatlashtirish qatnashuvchisi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish tizimi a’zosi deganda ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko’rsatadigan va tizimni boshqarishda ma’lum darajada ishtirok eta oladigan sertifikatlashtirish qatnashuvchisi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish ikki xil bo’ladi: majburiy va ixtiyoriy. Ishlab chiqarilgan yoki iste’mol etiladigan mahsulot uchun uning tashqi muhitga, inson salomatligiga ta’siri asosiy mezon hisoblanadi. Tashqi muhitga, inson salomatligi va uning xavfsizligiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatuvchi mahsulotlar, majburiy sertifikatlashtirilishi maqsadga muvofiq bo’ladi, unday mahsulotlar ro’yxati Davlat tomonidan tasdiqlanib, bu ro’yxatga kiritilmagan mahsulotlar esa sertifikatlashtirilishi ixtiyoriydir.
Majburiy sertifikatlashtirish deganda sertifikatlashtirish xuquqiga ega bo’lgan idora tomonidan tasdiqlangan ro’yxatga kiritilgan mahsulot, jarayon, xizmatning standartlardagi talablarga muvofiqligini tasdiqlash tushuniladi.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirish deganda ishlab chiqaruvchig’bajaruvchi, sotuvchig’ta’minlovchi yoki iste’molchi tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda o’tkaziladigan mahsulot sertifikatlashtirilishi tushuniladi.
Hozirgi sharoitda tashqi mamlakatlar bilan savdoni, mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarni, fan va texnikani rivojlanishi uchun, hamda chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini yaxshilash, ularning raqobatdoshlik qobiliyatini oshirish uchun muntazam ravishda sinovlardan o’tkazish ehtiyoji ortib bormoqda. Sinovlarni ko’pincha uchinchi tomon deb ataluvchi tashkilot amalga oshiradi.Uchinchi tomon tarafidan olib boriladigan sertifikatlashtirish ishlab chiqaruvchilarning ishonchiga sazovor bo’lmoqda va shu sababli bunday yo’l keng qo’llanilib, samarali olib borilmoqda. Turli mamlakatlarda uchinchi tomon tarafidan bajarilayotgan sertifikatlashtirish tizimini tashkil etish amalda shuni ko’rsatmoqdaki, uni turlicha tashkil qilish mumkin ekan. Sertifikatlashtirish tarixini ko’rib chiqadigan bo’lsak bu faoliyat bilan ishlab chiqaruvchi assotsiatsiyalar, yirik iste’molchilar, standartlashtirish milliy tashkilotlari shug’ullanib turli tizimlarni yaratganlar. Masalan, Frantsiya va Angliyada 60-yillar boshida iste’molchilar tomonidan harbiy maqsadlar uchun ishlatiladigan elektronika mahsulotlarini sertifikatlashtirish tizimi yaratildi.
Sertifikatlashtirish tushunchasi keng ma’noda uchinchi tomon tarafidan o’tkaziladigan texnikaviy me’yorga, ish uslubiga, qoidaga muvofiqligini qamrab olgan har qanday tekshiruvdir. Shuning uchun sertifikatlashtirishni tekshiruv deb hisoblab, bosim ostidagi idishlarni, portlash xavfidan himoyalangan qurilmalar, kemalar, suzish vositalari, samolyotlar, aviatsiya qurilmalari, atom reaktorlarining va tog’ texnikasining ishlatilishidagi xavfsizligini ta’minlash maqsadida texnikaviy nazorat o’rnatuvchi idoralar shartli tekshiruvni amalga oshiradi.
Akkreditatsiyabu nufuzli idora tomonidan, boshqa bir tashkilot yoki shaxsni rasmiy ravishda aniq ishlarni bajarishda to’la huquqli vakolat berilganligini e’tirof etishidir.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling