Muvofiqlik sertifikati– bu kerakli ishonchlilik bilan mahsulot yoki xizmat, identifikatsiyalangan shaklda muayyan standart yoki boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini bildirishini, ta’minlovchi sertifikatlashtirish milliy tizimi qoidalari bo’yicha berilgan hujjat.
Muvofiqlik atamasi mahsulot, jarayon, xizmatga belgilangan barcha talablarga rioya qilishni o’z tarkibiga oladi. Bunda muvofiqlikning uchta ko’rinishi: muvofiqlik bayonoti, muvofiqlikni attestatlash, muvofiqlikni sertifikatlashtirish degan tushunchalar mavjud.
Muvofiqlik bayonoti deb etkazib beruvchining mahsulot, jarayon va xizmatlarning aniq bir standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatga to’la-to’kis muvofiqligi xaqida butun ma’suliyatni o’z ustiga olganligini bayon etishiga aytiladi. Bu atamani so’nggi vaqtlarda “o’z-o’zini sertifikatlashtirish” tushunchasi bilan almashilayotgani qayd qilinmokda. O’z-o’zini sertifikatlashtirish deganda mahsulot ishlab chiqaruvchi tomon butun mas’uliyatni o’z zimmasiga olgan holda mahsulotning talab etilgan darajada sifatliligi haqidagi kafolatni o’z zimmasiga oladi.
Muvofiqlikni attestatlash deganda uchinchi tomon tarafidan “sinov laboratoriyasining bayonoti” tushunilib, ma’lum namuna mahsulotga bo’lgan talablarni belgilovchi ma’lum standartlar yoki boshqa hujjatlar bilan muvofiq ekanligini bayon etishiga aytiladi.
Sertifikatlashtirish jarayoni deganda mahsulotg’buyumg’mol yoki xizmat muayyan standart yoki texnikaviy shart talablariga mos kelishini tasdiqlash maqsadida o’tkaziladigan faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulotg’buyumg’molning o’rnatilgan talablarga iste’molchini ishontiradigan tegishli hujjat – sertifikat beriladi.
Yana bir zarur atamalardan biri “sertifikatlashtirish tizimi” bo’lib u quyidagicha ta’riflanadi:
Sertifikatlashtirish tizimi - muvofiqlikning sertifikatlashtirish faoliyatini o’tkazish uchun ish tartibi qoidalariga va boshqarishiga ega bo’lgan tizimdir.
“Sertifikatlashtirish tizimi” atamasidan tashqari Sertifikatlashtirish sxemasi kiritilib, ushbu faoliyat muvofiqlikni sertifikatlashtirishda uchinchi tomon faoliyatining olib boradigan ish hajmi, ketma-ketligi, tartibi va sertifikatlashtirish sub’ekti bilan o’zaro munosabatini belgilaydi.
Sertifikatlashtirish faoliyatida qo’llaniladigan uchta tushuncha to’g’risida to’xtalib o’tamiz: sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish, sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi va sertifikatlashtirish tizimi a’zosi.
Do'stlaringiz bilan baham: |