1.2. Sertifikatlashtirish sohasidagi atama va ta’riflar
Sertifikatlashtirish mahsulot sifati va xavfsizligini ta’minlash shakllaridan biri sifatida butun dunyoda tan olingan. Sertifikatlashtirish uchun sertifikatlashtirish ob’ektlari va sub’ektlariga yagona talablarning belgilagan me’yoriy hujjatlari bo’lishi shart.
Atamalar va ta’riflarning bir xilligi qo’yilgan vazifalarni to’g’ri tushunish va sertifikatlashtirish protseduralarini muvaffaqiyatli o’tkazish uchun zarur bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasida xalqaro standart ISOG’IEC 2:1996 “Standartlashtirish va yondosh faoliyat turlari. Umumiy lug’at” asosida yaratilgan OzDSt 5.5:1999 “O’zSMT. Asosiy atamalar va ta’riflar” va sifat menejmenti tizimlari bo’yicha O‘zDSt ISO 9000:2009 standartlariga mos bo’lgan quyidagi atama va ta’riflar mutanosiblik bilan qo’llaniladi:
Sertifikatlashtirish_jarayoni'>Sertifikatlashtirish jarayoni,shunday uslubki, unda vositachi hisoblanmish – uchinchi tomon yozma ravishda guvohlik bildirib, mahsulot, jarayon yoki xizmatni qo’yilgan talablar darajasiga mosligini e’tirof qiladi.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan turli xil mahsulotlar muayyan ko’rsatkichlarga javob berishi kerak. Bu ko’rsatkichlar esa ma’lum belgilangan talablarga muvofiq (mos) kelishi lozim. Muvofiqlik o’z navbatida mahsulot yoki xizmatlarning ma’lum standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatlardagi shu mahsulot yoki xizmatlarga belgilangan ko’rsatkichlarga mos kelishini talab etadi. Muvofiqlikni sertifikatlashtirish mumkin. Xo’sh sertifikatlashtirish tushunchasi nima?
Sertifikatlashtirish deganda talab etilgan ishonchlilik bilan mahsulotning muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydigan faoliyat tushuniladi.
“Sertifikatlashtirish” tushunchasi birinchi marta Xalqaro standartlashtirish tashkiloti Kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo’yicha maxsus qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilib, uning “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov laboratoriyalarining akkreditlash sohalaridagi asosiy atamalari va ularning qoidalari” qo’llanmasiga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |