O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MATEMATIKA VA UNI O’QITISH METODIKASI
KAFEDRASI KAFEDRASI
ALGEBRA VA SONLAR NAZARIYASI FANIDAN
MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI TO’PLAMI
( 1-kurs matematika-informatika ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mustaqil ta’limdan uslubiy ko’rsatma)
.
Termiz – 2022
Termiz davlat pedagogika institute Matematika-informatika fakulteti matematika-informatika ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabalari uchun Algebra va sonlar nazariyasi fanidan mustaqil ta’lim materiallari Matematika va uni o’qitish metodikasi kafedrasining 2022 yil __-avgustdagi __- son yig’ilishida muhokama qilinib ruxsat berildi
Tuzuvchi: X.Islomov Termiz davlat pedagogika instituti Matematika va uni o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchisi
Taqrizchi: X.To’rayev TerDPI Matematika va uni o’qitish metodikasi kafedrasi dotsenti.
.
Uslubiy ko’rsatma Termiz davlat pedagogika instituti o‘quv uslubiy Kengashining 2022 yil _________ № __ sonli bayoni asosida chop etishga tavsiya etilga
K I R I S H
Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadlaridan biri o`qituvchi rahbarligi va nazorati ostida talabada muayyan o`quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo`lgan bilim va ko`nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Ushbu metodik ko`rsatma bakalavriatning «Matematika-» yo`nalishida « Algebra va sonlar nazariyasi » fanidan tahsil olayotgan 1-kurs talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, bunda har bir mavzu bo`yicha ma’ruzada qaralmaydigan, mustaqil o`rganishga rejalashtirilgan ma’lumotlar (ta’rif, teorema, masalalar)ni mustaqil o`rganish uchun yordamchi savollar, mustaqil isbot qilish uchun tasdiqlar hamda masala-misollar berilgan, adabiyotlar ko`rsatilgan.
Ma’ruza mashg`ulotlarida, darslik yoki o`quv qo`llanmalarda biror teorema isbotlanib, aynan shunga o`xshash teorema isbotsiz keltiriladi, talabaga taklif qilinadi. Oliy matematika fanini o`rganish, xususan, matematik tasdiqni isbotlash ko`nikmasini shakllantirish uchun isbotlanmagan teoremani avvalgi teorema isbotidan o`rganib isbotlash muhimdir. Shu sababli mustaqil ta’limga rejalashtirilgan topshiriqlar uchun isbotsiz keltirilgan teoremalarni isbotlash taklif qilingan. Ma’ruzada ko`pgina talabalar keltirilgan teorema shartlarining teorema xulosasi uchun etarli yoki zaruriy shartlar ekanligiga kam e’tibor beradi. Shularni e’tiborga olgan holda mustaqil ta’lim uchun berilgan topshiriqlarga nazariy masalalar ham kiritildi. Bunday topshiriqlarni bajarish natijasida talabalarda mantiqiy tafakkuri rivojlanib boradi.
Mustaqil ta’lim uchun individual vazifalar berilgan. Bu vazifalar amaliy xarakterga ega bo’lib, talabadan vazifani hal etishda nazariy bilimlarni, qoidalarni anglagan holda ishlatish talab qilinadi.
Mustaqil ishni talaba alohida daftarda bajarib boradi, kerakli konsultatsiyalarni oladi va bajarilgan ishni belgilagan vaqtda himoya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |