O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/78
Sana09.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1466939
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   78
Bog'liq
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi

Janubiy g'arbiy Osiyo. 
Old Osiyo tog'liklariga janubdan Yevrosiyo kontinentining paydo bo'lishiga
va tabiiy sharoitining butun kompleksiga ko'ra Yevrosiyoning boshqa qismlariga
qaraganda qo'shni Afrika yaqin turadigan qismi tutashib turadi. Bu Arabiston yarim 
oroli bilan Mesopatamiya bo'lib uni umumiy nomi bilan janubiy g'arbiy Osiyo deb 
ataladi. Janubiy g'arbiy Osiyoga kelib chiqishi jixatidan Afrika platformasining bir 
qismi hisoblanadi. U Afrikadan neogen to'rtlamchi davrda Qizil dengiz


22 
grabenning hosil bo'lishi bilan uzil kesil ajralgan. Hosil bo'lishning umumiyligi
tropik mintaqa da joylashganligi iqlimiy sharoitida hozirgi iqlimiga o'hshashligi
organik dunyosining bir hilligi Arabiston yarim orolining aslida Sahroi Kabirning
bir qismiga aylantiradi. Janubiy g'arbiy Osiyoning uch tomndan Xind okeanining
shimoliy g'arbiy qismidagi yoz dengizlar o'rab turadi. Bular yer po'sti yoriqlarida
vujudga kelgan Qizil dengiz adan va Oman qo'ltiqlari Fors qo'ltig'i tektonik botiqda
vujudga kelgan Arabiston dengizidir. Bu barcha dengizlarga qizigan kontinentlar 
musson shamollari ta'sir ko'rsatadi va ular suvi haroratining yuqoriligi hamda yuqori 
darajasida sho'rligi bilan ajralib turadi. Yuzadagi suvlarning harorati arabiston 
dengizida Q290 Q 300 S Qizil dengizda Q320 gacha Fors qo'ltig'i da 350 
gacha yetadi. Bu dunyo okeani yuzasida kuzatiladigan suvlar eng yuqori haroratdir 
Arabiston dengizidagi suvning sho'rlik miqdori 36-36,5 % Fors qo'ltig'idagi 37-39 %
qizil dengizda Q41 % ga yetadi. 
Arabiston yarim oroli dunyodagi eng katta Arabiston yarim oroli uchun tabiiy 
geografik bir butunlik va keng hududda landshaft bir hil ekanligi hosdir. Bu yerda 
Afrikadagi tropik cho'llarning davomi hisoblangan cho'llar ko'pchiligi tashkil etadi. 
Maydoni 3 mln km2 dan ortiq bo'lgan bu juda katta grafik o'lkada Saudiya 
Arabistoni va fors Adan qo'ltiqlari Arabiston dengizi bo'ylaridagi bir qancha arab
mamlakatlari hamda shimolda Suriya Iroq va Iordaniya joylashgan. Butun o'lka 
tektonik jihatdan sharqqa tomon biroz qiya bo'lgan qadimgi qattiq palaxsadan iborat 
bo'lib yer po'stida ro'y bergan yorilish natijasida Afrika platformasidan ajralgan. Bu 
yorilish natijasida qizil dengiz bilan Adan qo'ltig'i hosil bo'lgan. Arabiston 
hududining katta qismida butun yil davomida tropik havo hukumronlik qiladi. Bu 
havo yoyining butunlay yog'masligi harorat farqlangan ayniqsa o'lkaning shimoliy
qismida juda katta bo'lishiga yoz oylarida haroratning yuqori bo'lishiga sabab 
bo'ladi. Yoz vaqtida butun o'lkaning past bosimi oblasti egallaydi uning markazi 
Xind daryosi havzasida bo'ladi. Faqat sohillardagina havoning quyi qatlamlari
tarkibida namlik ortadi. Butun yil davomida havo massalari sirkulyasiyasi yog'in 
yog'ishiga noqulaylik sabablarini keltirib chiqaradi. Faqat chekka shimoldagina 
qishda qisqagina yog'ingarchilik davri bo'ladi. Arabiston o'lkasining eng sernam 
qismi Yaman tog'lari bag'ri hisoblanadi Arabiston yalpi quyosh radiasiyasining yer 
yuzasida eng ko'p oladigan hudud hisoblanadi. Bu yerda yil davomida harorat yuqori 
bo'ladi. Yarim orolining faqat chekka shimoliga Suriya cho'liga sovuq havo to'lqini
kiradi bu vaqtda harorat pasayib ketadi. Eng salqin oy harorati Q180 Q160 ni tashkil
etsa yozning o'rtacha harorati Q240 Q320 dir. O'lkaning ichki qismlarida harorat 
Q550 gacha ko'tariladi. Iqlimiy sharoitning noqulayligi daryo tarmoqlarining
rivojlanishi uchun to'sqinlik qiladi o'lkada doimiy oqar suv manbai yo'q. Lekin 
quruq o'zanlar mavjud o'lkaning asosiy suv manbai bu grunt suvlari hisoblanadi. 
Mesopotamiya so'zi ikki daryo oralig'i demakdir. Bu tabiiy geografik o'lka 
dajla va Frot daryolarining o'rta va quyi oqimida bo'lib deyarli butunlay Iroq 
hududini janubi sharqda Eronni shimoli g'arbda Suriyani o'z ichiga oladi. Tekis 
Relyef janubida tropik cho'l iqlimiga o'tadigan qurg'oqchil subtropik iqlim ikkita 
katta tranzit daryoning mavjudligi bu o'lka tabiatining asosiy hususiyatidir. 
Mesopotamiya alp burmalanish mintaqasi bilan Arabiston platformasi orlig'ida 
bukilma o'rnida vujudga kelgan. Relyefda ikkita tekislik .za ajratib turadi. Bu 
yuzalar bir biridan aniq ifodalangan zinapoyalar orqali ajralgandir. O'lkaning 


23 
Arabiston yassi tog'lari ayrim qismlarini bo'lib yuborgan balandligi 200-400 m
bo'lgan tekislikdan iborat. Mesopotamiyaning sohili juda yosh va unda yaqin 
bo'lib o'tgan tektonik harakatlar izlari saqlanib qolgan. 
Yozda mesopotamiyada tropik havo massalari ustunlik qiladi o'lka 
shimoliga qishda Atlantika siklonlari kirib kelsa janubida kontinental tropik havo 
hukumron bo'ladi. Yillik yog'in miqdori 300 mm ga yetadi. Butun harorati 450 550
gacha chiqadi eng salqin oylarning harorati shimoldan janubga Q70 dan Q100
gacha o'zgaradi. Mesopotamiyani shimoliy g'arbdan janubi sharqqa tomon Fron va 
Dajla daryolari kesib tutadi va quyilish joyidan 195 km masofada qo'shilib bir 
daryo bo'lib oqadi. O'lkada bu ikki daryoning doimiy oqib turishiga sabab daryolar 
boshlanadigan arabiston tog'ligida qorlarning erib turishi sabab bo'ladi. 
Savol: 
1. 
O'rta dengiz bo'yicha kiruvchi o'lkalarning o'ziga xos hususiyatlari nimada? 
2. 
Janubiy g'arbiy Osiyo iqlimining boshqa o'lkalar iqlimidan farqini ajrating. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling