O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “tiqxmmi” milliy tadqiqot universiteti


Dissertatsiyaning I- bobi adabiyotlar tahliliga bag‘ishlangan


Download 170.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana16.06.2023
Hajmi170.01 Kb.
#1514990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Saodat Автореферат

Dissertatsiyaning I- bobi adabiyotlar tahliliga bag‘ishlangan. 
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili):
Ma’lumki, keyingi yillarda nafaqat O‘zbekistonda balki, Markaziy Osiyo davlatlarida 
sug‘orish suvlari taqchilligi tobora ortib bormoqda. Buning salbiy oqibatlari Orol 
dengizining qurishi va Orolbo‘yi mintaqasida antropogen sahrolanish hamda 
ekologik noqulay muhitni keltirib chiqarmoqda. Bu esa bevosita transchegaraviy suv 
resurslarini oqilona boshqarish va foydalanishni, qishloq xo‘jaligi ekinlarini 
sug‘orishni to‘g‘ri tashkil etishni hamda suvni tejashni taqozo etmoqda. Sug‘orma 
dehqonchilik sharoitida suvni tejash tabiiy suv zahiralaridan samarali foydalishga 
asoslangandir. Negaki, respublikamizda qishloq xo‘jaligida foylaniladigan ekin 
maydonlarining asosiy qismi qurg‘oqchil-arid mintaqada joylashgan va dehqonchilik 
yuritishda albatta ekinlarni sun’iy sug‘orish talab etiladi. So‘nggi 20 yilda ekinlarning 
hosildorligi 40% ga oshgan bo‘lsada, bir gektar maydonga sarflanadigan suv miqdori 
so‘nggi 100 yilda deyarli katta o‘zgarmay kelmoqda. Xalqaro Irrigatsiya va Drenaj 
komissiyasining ma’lumotlari bo‘yicha jahonda sug‘oriladigan yerlar 299,488 mln. 
ga ni tashkil etadi Hozirgi kunga kelib, suv resurslaridan oqilona foydalanish 
mintaqada, jumladan respublikamizning barqaror iqtisodiy taraqqiyotida hal qiluvchi 
masalalardan biriga aylandi. Mazkur masala suv resurslarining tanqisligi, ularning 
sifatini yomonlashish jarayonlari hamda mintaqada shakllangan yangi iqtisodiy, 
siyosiy, ijtimoiy va ekologik voqelik sharoitlarida muhimroq va dolzarb ahamiyat 
kasb etmoqda. Sug‘orma dehqonchilikda suv resurslarini iqtisod qilish muammosini 
xal qilishning yo‘llaridan biri – tejamkor sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishdir. 
Tomchilatib sug‘orishda ko‘plab avzalliklarining mavjudligi bilan, bugun sug‘orma 
dexqonchilikni intensiv rivojlantirishning asosi bo‘lib hisoblanadi. Bu usulda suv 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘simliklarning ildiz zonasiga beriladi, sug‘orish suvi bilan mineral 
o‘g‘itlar va o‘simliklarni ximoya qilish vositalarini xam berish imkonlari mavjud. 
Qishloq xo‘jaligida sug‘orish suvidan samarali foydalanish muammosi 
bo‘yicha ko‘p olimlar, shu jumladan X.A.Axmedov, A.A.Rachinskiy, S.M. 
Krivovyaz, 
F.M.Raximbayev, 
B.F.Kambarov, 
P.B.Arakelov, 
A.X.Soxrakov, 
F.A.Barayev, M.X.Xamidov va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlarni amalga oshirdilar. 
Tomchilatib sugʼorish buyicha birinchi tajriba ishlari 1918 yilda boshlangan. 
1985 yilga kelib tomchilatib sugʼorish bilan 450 ming ga maydon sugʼorilgan boʼlsa, 
hozirda, yer sharida 1,082 mln. ga maydon shu usulda sugʼorilmoqda.



Tomchilatib sug‘orishda ko‘plab avzalliklarining mavjudligi bilan, bugun sug‘orma 
dexqonchilikni intensiv rivojlantirishning asosi bo‘lib hisoblanadi. Bu usulda suv 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘simliklarning ildiz zonasiga beriladi, sug‘orish suvi bilan mineral 
o‘g‘itlar va o‘simliklarni ximoya qilish vositalarini xam berish imkonlari mavjud. 
Yomg‘irlatib va tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha liderlar: 
Finlyandiya (100 %); Buyuk Britaniya (100 %), Sloveniya (100 %), Litva (100 %), 
Estoniya (100 %), Slovakiya (99,9 %), Israil (99,6 %), Germaniya (98,1 %), Malavi 
(88,4 %), Vengriya (87,3 %), Kanada (79,2 %), Rossiya (78,2 %), Janubiy Afrika 
(77,0 %), Ispaniya (69,3 %), Braziliya (61,6 %), Italiya (58,1%), Koreya (59,4 %), 
AQSH (56,5 %), Saudiya Arabistoni (56,4 %), Fransiya (51,1 %) 
 

Download 170.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling