O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “tiqxmmi” milliy tadqiqot universiteti


Dissertatsiya tadqiqotning kafedra ilmiy – tadqiqot ishlari, rejalari


Download 170.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana16.06.2023
Hajmi170.01 Kb.
#1514990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Saodat Автореферат

Dissertatsiya tadqiqotning kafedra ilmiy – tadqiqot ishlari, rejalari 
bilan bog‘liligi.
Mazkur tadqiqot kafedraning bosh ilmiy mavzusi “Suv tejamkor 
sug‘orish texnologiyalari” doirasida bajarildi 
Taqdiqotning ob’ekti: Toshkent viloyati Qibray tumanidagi PSUEAITI 
markaziy tajriba xo‘jaligida tomchilatib sug’orish tizimi obyekt sifatida tanlab 
olindi



Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari 
sharoitida yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, 
sug‘oriladigan yerlarning maxsuldorligini oshirish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini 
yetishtirishda suvtejamkor usullardan foydalanishda optimal sug‘orish me’yori va 
muddatlarini belgilash, g‘o‘za yetishtirishda tomchilatib sug‘orish usulini qo‘llash 
orqali ilmiy asoslangan maqbul sug‘orish tartibini ishlab chiqish bo’yicha 
tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning vazifalari:
 Mavzuga oid adabiyotlar va internet ma’lumotlarni tahlil qilish; 
 Toshkent viloyatida joylashgan PSUEAITI markaziy tajriba xo‘jaligining tuproq-
iqlim sharoitlarini o’rganish; 
 Tomchilatib sug’orish tizimini tashkil etuvchi elementlarni o’rganish hamda 
tomchilatgichlarni suv sarflarini aniqlash; 
 G‘o‘za o’simligida tomchilatib sug‘orish tizimini qo‘llashda g‘o‘zaning o‘sishi va 
rivojlanishiga taʼsirini o‘rganish; 
 G‘o‘zani sug‘orish tartibi va meʼyorlarining suv iqtisodiga taʼsirini o‘rganish;   

Tadqiqotning predmeti. Toshkent viloyati, Qibray tumanidagi PSUEAITI 
markaziy tajriba xo‘jaligida suv resurslaridan samarali foydalanishda, g‘o‘zani 
tomchilatib sug‘orish usulini takomillashtirish, sug‘orish texnikasi elementlari
tartibi va meʼyorlarini belgilash bo‘yicha dala tajribalari olib borish. 

Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Toshkent viloyati Qibray tumanining tipik 
bo’z tuproqlari sharoitida g‘o’zaning S-6524 navini yetishtirishda, hududning 
tuproq sharoitiga mos keluvchi sug‘orish tartibi , meʼyori va sug‘orish texnikasi 
elementlarining mavsumiy suv sarfi hamda paxta hosildorligiga taʼsirini o’rganish 
borasida ilmiy izlanishlar olib borish hamda g’o‘zani tomchilab sug‘orish 
usullarini tadqiq qilish orqali sug‘orish tartibini aniqlashtirish hamda sug‘orish 
texnikasi elementlarini maqbullashtirishdan iborat 

Download 170.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling