O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “tiqxmmi” milliy tadqiqot universiteti
Download 170.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Saodat Автореферат
Kirish Bugungi kunda g‘o‘zani sug‘orish va oziqlantirishda yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali tuproqda o‘simlik ildizi tarqalgan faol qatlamni bir tekis namlash hamda mineral o‘g‘itlardan foydalanish koeffitsentini oshirishga erishilmoqda. O‘simlik uchun tuproqda maqbul namlik, havo, issiqlik va oziqa tartibi o’rnatilganda uning o‘sish va rivojlanishi jadallashadi, yuqori va sifatli hosil olinadi. O‘zbekistonda g‘o‘zani parvarishlash sug‘orish va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishda suv va resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llanilishi jobiy natija bermoqda. So‘nggi yillarda paxta maydonlarida g‘o‘zani tomchilatib va suvni egatlarga sun’iy egiluvchan quvurlar orqali taqsimlash, qator orasiga polietilen plyonka to‘shab sug‘orish, mineral o‘g‘itlarni suvda erigan holda qo‘llash kabi agrotadbirlar nafaqat suvni tejash hamda o‘g‘itlardan samarali foydalanishni ta’minlab kelmoqda. G‘o‘zani sug‘orish va oziqlantirishda yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali tuproqda o‘simlik ildizi tarqalgan faol qatlamni bir tekis namlash hamda mineral o‘g‘itlardan foydalanish koeffitsentini oshirishga erishilmoqda. O‘simlik uchun tuproqda maqbul namlik, havo, issiqlik va ozuqa tartibi yaratilganda uning o‘sishi va rivojlanishi jadallashadi, yuqori va sifatli hosil olinadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi PF 6024- son, O‘zbekiston respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030- yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmonida, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish va suv xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha qator dolzarb vazifalar hamda ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oladi. Xususan, ushbu farmonda 2030 yilga qadar quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish ham nazarda tutilgan: sug‘orish tizimlarining foydali ish koeffitsiyentini 0,63 dan 0,73 gacha oshirish; suv ta’minoti past darajada bo‘lgan sug‘oriladigan yer maydonlarini 560 ming gektardan 190 ming gektargacha kamaytirish; sho‘rlangan sug‘oriladigan yer maydonlarini 226 ming gektarga kamaytirish; suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining yillik elektr energiyasi iste’molini 25 foizga kamaytirish; barcha irrigatsiya tizimi ob’yektlariga “Aqlli suv” suv o‘lchash va nazorat qilish qurilmalari o‘rnatilib, suv hisobini yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy etish; 100 ta yirik suv xo‘jaligi ob’yektida suvni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish; 6 qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suvni tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olingan yerlarning umumiy maydonini 2 million gektargacha, shu jumladan, tomchilab sug‘orish texnologiyasini 600 ming gektargacha yetkazish; suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida 50 ta loyihani amalga oshirish; belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha 37 banddan iborat bo‘lgan “Yo‘l xaritasi” va konsepsiyani amalga oshirish natijasida erishiladigan asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar belgilangan. O‘zbekiston Respublikasining 2022 yildagi 1-mart PQ 144-son, «Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishdagi mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish, mintaqada kuzatilayotgan suv tanqisligining salbiy ta’sirini yumshatish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv resurslaridan yanada samarali foydalanish maqsadida suvni tejaydigan texnologiyalarni qo‘llagan holda, samaradorlikni oshirishga alohida e’tibor qaratish ko’zda tutilgan bo’lsa, Respublika Prezidentining 2022-yil 1-mart, PQ-145-sonli «Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish hamda suv iste’molchilari orasidagi munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori suv resurslarini samarali boshqarish, ularning hisobi va hisobotini to‘laqonli yuritish, suv iste’molchilari orasidagi munosabatlarni takomillashtirish hamda ushbu jarayonlarga xususiy sektorni keng jalb qilishdek muhim vazifalar belgilangan. Ularga asosan Respublikada aynan tomchilab sug‘orish texnologiyasini o’rnatligan yerlarni 600 ming gektargacha yetkazish; prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlangan.[1.2.3] Tadqiqotlarda Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zani sug‘orishning tejamkor yo‘llarini ishlab chiqish asosiy maqsad qilib olingan. Bunda, g‘o‘zani sug‘orish egiluvchan quvurlar orqali qator orasiga qora polietilen plyonka to‘shalgan egatlardan hamda oddiy egatlab va tomchilatib sug‘orish usullari solishtirilgan holda o‘rganilgan. Bu borada, O‘zbekiston Respublikasining 2022 yildagi 1-mart PQ 144-son, «Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishdagi mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish, mintaqada kuzatilayotgan suv tanqisligining salbiy ta’sirini yumshatish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv resurslaridan yanada samarali foydalanish maqsadida suvni tejaydigan texnologiyalarni qo‘llagan holda, samaradorlikni oshirishga alohida e’tibor qaratish ko’zda tutilgan bo’lsa, Respublika Prezidentining 2022-yil 1-mart, PQ-145-sonli «Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish hamda suv iste’molchilari orasidagi munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori suv resurslarini samarali boshqarish, ularning hisobi va hisobotini to‘laqonli yuritish, suv iste’molchilari orasidagi munosabatlarni takomillashtirish hamda ushbu jarayonlarga xususiy sektorni keng jalb qilishdek muhim vazifalar belgilangan. Ularga asosan Respublikada aynan tomchilab 7 sug‘orish texnologiyasi o’rnatligan yarlarni 600 ming gektargacha yetkazish prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlangan. Shulardan kelib chiqib, respublikada mavjud yer, suv va boshqa moddiy resurslardan samarali foydalanish borasida mavjud muammolarni hal etish agrar sohaning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tadbiqi ishlab chiqilgan tadbirlarning qo’llanilishi, Toshkent viloyati Qibray tumani tipik bo’z tuproqlar sharoitida suv resurslaridan samarali foydalanish, yuqori va sifatli paxta hosili yetishtirish, sug‘orish suvlaridan maqsadli va oqilona foydalanish uchun ekinlarni sug‘orishda sug‘orish texnikasi elementlaridan samarali foydalanish imkonini beradi. Download 170.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling