O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “tiqxmmi” milliy tadqiqot universiteti


Download 170.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana16.06.2023
Hajmi170.01 Kb.
#1514990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Saodat Автореферат

 
 
 
 
 
 
A. A. Yangiyev 
texnika fanlari doktori, professor
A.Sherov 
texnika fanlari doktori, professor
D.A.Tungushova 
qishloq xo’jaligi fanlari nomzodi



KIRISH (magistrlik dissertatsiyasi annotatsiyasi) 
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi: Bugungi kunda g‘o‘zani sug‘orish 
va oziqlantirishda yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali tuproqda 
o‘simlik ildizi tarqalgan faol qatlamni bir tekis namlash hamda mineral 
o‘g‘itlardan foydalanish koeffitsentini oshirishga erishilmoqda. O‘simlik uchun 
tuproqda maqbul namlik, havo, issiqlik va oziqa tartibi o’rnatilganda uning o‘sish 
va rivojlanishi jadallashadi, yuqori va sifatli hosil olinadi. O‘zbekistonda g‘o‘zani 
parvarishlash sug‘orish va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishda suv va 
resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llanilishi jobiy natija bermoqda. So‘nggi 
yillarda paxta maydonlarida g‘o‘zani tomchilatib va suvni egatlarga sun’iy 
egiluvchan quvurlar orqali taqsimlash, qator orasiga polietilen plyonka to‘shab 
sug‘orish, mineral o‘g‘itlarni suvda erigan holda qo‘llash kabi agrotadbirlar 
nafaqat suvni tejash hamda o‘g‘itlardan samarali foydalanishni ta’minlab 
kelmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2022-yildagi 1-mart PQ144-
son,
«Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 
qarorida
, suvni tejaydigan 
texnologiyalarni joriy qilishdagi mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish, 
mintaqada kuzatilayotgan suv tanqisligining salbiy ta’sirini yumshatish, 
shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv resurslaridan yanada 
samarali foydalanish maqsadida suvni tejaydigan texnologiyalarni qo‘llagan holda,
samaradorlikni oshirishga alohida e’tibor qaratish ko’zda tutilgan bo’lsa, 
Respublika Prezidentining 2022-yil 1-mart, PQ-145-sonli «Quyi bo‘g‘inda suv 
resurslarini boshqarishni takomillashtirish hamda suv iste’molchilari orasidagi 
munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori suv resurslarini 
samarali boshqarish, ularning hisobi va hisobotini to‘laqonli yuritish, suv 
iste’molchilari orasidagi munosabatlarni takomillashtirish hamda ushbu 
jarayonlarga xususiy sektorni keng jalb qilishdek muhim vazifalar belgilangan. 
Ularga asosan Respublikada aynan 
tomchilab sug‘orish texnologiyasi 
o’rnatligan yarlarni 600 ming gektargacha yetkazish
prognoz ko‘rsatkichlari 
tasdiqlangan. 
Shulardan kelib chiqib, respublikada mavjud yer, suv va boshqa moddiy 
resurslardan samarali foydalanish borasida mavjud muammolarni hal etish agrar 
sohaning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Tadqiqotlarda 
Paxta 
seleksiyasi, 
urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnikasi ilmiy-tadqiqot instituti (PSUEAITI) 
olimlari tomonidan Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zani 
sug‘orishning tejamkor yo‘llarini ishlab chiqish asosiy maqsad qilib olingan.
Bunda, g‘o‘zani sug‘orish egatlab va tomchilatib sug‘orish usullari solishtirilgan 
holda o‘rganilgan.

Download 170.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling