O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “tiqxmmi” milliy tadqiqot universiteti


Download 170.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana16.06.2023
Hajmi170.01 Kb.
#1514990
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Saodat Автореферат

 
Dissertatsiyaning III-bobi . TADQIQOT NATIJALARI. TOMCHILATIB 
SUG‘ORISH 
USULI. 
TOMCHILATIB 
SUG’ORISH 
TIZIMINING 
SAMARADORLIGINI ASOSLASH 
Tomchilatib sug‘orish tizimini qurish uchun avvalo uning loyihasini ishlab chiqish 
talab qilinadi. Loyihalashda tomchilatib sug‘orish tizimning elementlarini to‘g‘ri 
tanlash va tizimni samarali ishlashi uchun zamin yaratadi. Tomchilatib sug‘orish 
tizimi albatta ishlab chiqilgan loyiha asosida qurishni talab qiladi. Loyiha ishlarini 
amalga oshirishdan oldin tomchilatib sug‘orish tizimi qurilishi rejalashtirilgan 
maydonning topografik syomka ishlari bajarilib, olingan ma’lumotlar asosida loyiha 
ishlari amalga oshiriladi. So‘ngra tomchilatib sug‘orish tizimini qurishda 
loyihalangan inshootlar joylashadigan maydon (hudud) va quvurlar yotqiziladigan
joylarni belgilab chiqishdan boshlanadi. Belgilab chiqilgan joylarda birinchi 
navbatda tomchilatib sug‘orish tizimi asosiy inshootlaridan bo‘lgan hovuz suv 
tindirish maqsadida manbadagi suvning loyqalik darajasini inobatga olgan holda 
loyihalanib tuproq ishlari bajariladi. Bunda suv tindirgich hovuz va magistral 
quvurlar o‘rni mexanizmlar yordamida kovlanadi. Tomchilatib sug‘orish tizimining 
magistral quvuri o‘lchami loyihalanayotgan ekin turi, maydoni, sug‘oriladigan 
sektorlarning o‘lchamini hisobga olib tanlanadi. 
 
-
3-rasm. Tomchilatib sug‘orish tizimining geomembrana bilan qoplangan 
hovuzning ko‘rnishi 
Nasos qurilmasi Suvni tizimning xar bir nuktasigacha zarur miqdor va bosimda 
yetkazib berish uchun xizmat qiladi  


11 
 
4-rasm. Nasos qurimasi 
Magistral quvurlar yotqizilgandan so‘ng yerga ishlov berish chuqurligini inobatga 
olgan holda 0,8-1,0 m chuqurlikda tuproq ostidan yotqiziladi. Tizimdagi qumli va 
diskli filtrlar, suv o‘lchash qurilmasi, o‘g‘itlash qurilmasi va nasos agregati tajriba 
maydonining yuqori qismidagi tanlangan maydonchaga joylashtiriladi. Magistral 
quvurlarning tarqatuvchi quvurlar ulanadigan nuqtalarida maxsus uchlik hamda 
suvni boshqarish uchun (ochish, yopish) maxsus kran yoki vintellar o‘rnatiladi.

Download 170.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling