12
yordamida berkitib chiqiladi yoki quvurni orqaga qayirib bog‘lab qo‘yish ham
mumkin. G‘o‘zani tomchilatib sug‘orish tizimining
asosiy elementlariga
quyidagilar kiradi:Sug‘orish manbai, nasos stansiyasi, suvni tozalash qurilmasi
(suzgich), mineral o’g‘itlarni
tayorlab, yetkazib berish qurilmasi, magistral,
tarqatuvchi va tomchilatgichli polietilen quvurlari. Sug‘orish manbaiga
daryo, ko’l,
suv ombori, sug‘orish
kanallari, yer usti va yer osti suvlari kiradi. Tomchilatib
sug‘orish tizimi joriy qilinayotgan maydonlarda sizot suvlari sathi 2 metrdan kam
bo‘lasligi, sho‘rlangan yerlarda esa yer yuzasidan kamida 4 metr bo‘lishi kerak.
Tomchilatib sug‘orish uchun faqat mineral tarkibi talabga javob beruvchi suvdan
foydalanish mumkin. Tomchilatib sug‘orish uchun suvning yaroqliligi uning
tuprog‘ga, o‘simlikka va sug‘orish tarmog‘i elementlariga ta’siri darajasi bo‘yicha
baholanadi.
Ushbu dala tadqiqot tajriba tizimida g‘o‘zaning o‘sishi
va rivojlanishi fazalari
bo‘yicha sug‘orish rejimi CHDNS ga nisbatan 65-70-65 va 70-75-65 olinganligi
sababli tomchilatib sug‘orish tizimi 2 ta sug‘orish sektorlariga ajratilib, sug‘orish
sektorlari maydoni bo‘yicha gidravlik hisobi bajarildi va konstruktiv chizmalari
chizildi.
Do'stlaringiz bilan baham: