16
Bunda g‘o‘zaning sug‘orish muddatlari, tuproqlarning mexanik tarkibi, sho‘rlanish
darajasi va ekinlarning o‘suv davriga qarab aniqlanadi.
2-jadval
G‘o‘zaning rivojlanish bosqichlari bo‘yicha sug‘orish muddatlarini
tenziometr ko‘rsatkichlari asosida belgilash (G.A.Bezborodov)
G‘o‘zaning
rivojlanish
fazalari va tuproq sharoiti
Sug‘orishdan
oldingi
maqbul namlik, foiz
Tuproqning
so‘rish
bosimining zaruriy chegarasi
(santibar);
CHDNS
dan
hajmiy
Sug‘orishni
boshlash
Sug‘orishni
tugatish
Mexanik tarkibi o‘rta va og‘ir, sho‘rlanmagan tuproqlarda
a)
unib
chiqishidan
gullashgacha
b) hosil to‘plash, pishib
yetilishi davrida:
v) ko‘saklarning
ochilish
davrida:
70
65
60
19-21
17-19
15-17
51-52
52-54
54-56
10
10
10
Olib borgan dala tadqiqotlarimizda sug‘orish oldi namligini aniqlashda va
sug‘orish muddatlarini belgilashda hisobiy qatlamdagi tuproqni termstatda (105
0S) 6 soatgacha quritish yo‘li bilan hamda egatlab sug‘orilgan nazorat variantlarida
50 va 70 sm lik, tomchilatib sug‘orilgan variantlarida esa 30 va 50 sm uzunlikdagi
o‘rnatilgan tenziometrlar ko‘rsatkichlari asosida olib borildi. Tajribada g‘o‘zani
tomchilatib sug‘orishda sug‘orish muddati tuproq namligining pastki chegarasi
orqali belgilanib, har bir suvdan oldin 0-50 sm qatlamda aniqlanib borildi. Hisob
qatlami tomchilatib sug‘orish texnologiyasi qo‘llanilgan variantlarda g‘o‘zani
o‘sish va rivojlanish fazalariga mos holda 50-50-50 sm hisob qilingan bo‘lsa,
egatlab sug‘orish qo‘llanilgan variantlarda hisobiy qatlam mos holda 70-100-70 sm
qatlamdan hisob qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: