O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “tiqxmmi” milliy tadqiqot universiteti


-rasm.Toshkent viloyati Qibray tumani PSUAITI tajriba dalasi


Download 170.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana16.06.2023
Hajmi170.01 Kb.
#1514990
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Saodat Автореферат

1-rasm.Toshkent viloyati Qibray tumani PSUAITI tajriba dalasi 
Tuproq-meliorativ sharoiti 
PSUYEАITI dalalarining tuprogʼi eskidan sugʼorilib kelinayotgan, shoʼrlanmagan 
va yer osti suvlari 18-20 m chuqurlikda joylashgan – tipik boʼz tuproqdir (2.2-
rasm). Tipik boʼz tuproqlar prolyuvial togʼoldi tekisliklarida, past togʼoldi 
adirlarda hamda past tizma togʼ etaklarida va ularning shleflarida koʼproq 
tarqalgan. Bu tuproqlar xususiyatlariga, birinchi navbatda eroziyaga qarab gumus 
qatlamining qalinligi, karbonatli va gipsli qatlamlarning chuqurligiga qarab 
farqlanadi. Tipik boʼz tuproqlar toʼq tusli boʼz tuproqlarga nisbatan gumus miqdori 
va ozuqa moddalar miqdori kamligi bilan xarakterlanadi. Tipik boʼz tuproqlar 
choʼkish xususiyatiga ega boʼlganligi uchun ham oʼzlashtirishda, sugʼorish va 
zovur tarmoqlarini qurishda inshootlarni choʼkish taʼsiridan saqlash choralarini 
koʼzda tutish zarur. Tipik boʼz tuproqlarni katta meʼyorlarda sugʼorish, sugʼorish 
tartiblarini va shu bilan bogʼliq tuproqning fizik va kimyoviy xususiyatlarini 
tubdan oʼzgartirib yuboradi. Eskidan sug‘orilib kelinayotgan bo‘z tuproqli yerlarda 
qalinligi 50 smdan 100-150 smgacha bo‘lgan agroirrigatsion qatlam paydo 
bo‘lganligi bilan tavsiflanadi. Bu qatlam och ko‘k rangli bo‘lib, pastga tomon 
malla yoki och qo‘ng‘irgacha o‘zgaradi.
2-rasm.Tajriba maydoni tuprog’i 
Eskidan sug‘orilib kelinayotgan bo‘z tuproqli yerlarda qalinligi 50 smdan 100-150
smgacha bo‘lgan agroirrigatsion qatlam paydo bo‘lganligi bilan tavsiflanadi. Bu 
qatlam och ko‘k rangli bo‘lib, pastga tomon malla yoki och qo‘ng‘irgacha 
o‘zgaradi. 
Gidrogeologik va geomorfologik sharoitlari
 
Markaziy tajriba xo’jaligi maydoni joylashgan xududning gidrogeologik sharoiti, 
yerlarning geologik tuzilishiga va iqlimiga bog‘liq. Tog‘li va tog‘oldi qiya 
tekisliklardagi yerning yoriqlaridan yomg‘ir suvlarining shimilishidan paydo 
bo’lgan chuchuk yer osti suvlari zaxirasi mavjud. Tekislik joylarda yer osti suvlari 
toshloq, qumloq va qum–shag‘alli qatlamlarda joylashgan bo’lib, chuqurligi 15–20 
m ni, minerallanishi 0,15 g/l ga teng va chuchuk suvlar hisoblanadi. Yer osti oqimi 
va nishabligi shimoliy–g‘arb tomonga Chirchiq daryosi tomon yo’nalgan. 
Tajriba xududi Chirchiq daryosining o‘ng qirg‘ogidagi tekisliklardan tashkil 
topgan. Bu yerlarda tuproq hosil bo‘lishi tog‘ qor va muzliklari oqimining tekislik 
bo‘ylab oqishi taʼsiridan bo‘ladi. Chirchiq daryosi qirg‘oqlarida kengligi 0,5 km 
gacha qumli–toshloq yotqiziqlardan tashkil topgan. Bu yerlarda asosan unumdor 
hisoblangan tipik bo‘z tuproqlar tashkil topgan, yer osti suvlari sathi 18,0–20,0 m 
chuqurlikda joylashgan. Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar yuqori mahsuldorlikka 
ega. Namligi yaxshi va sho‘rlanmagan bo‘lgani uchun bu yerlarda sug‘orishga 


10 
kamroq suv sarflab, paxta, bug‘doy, beda, makkajo‘xori, sabzavot va boshqa 
qishloq xo‘jalik ekinlaridan yaxshi hosil yetishtirish mumkin. 
Xo‘jalik tuproq ustki qatlamining asosiy zaxirasi sug‘oriladigan va qadimdan 
sug‘orilayotgan tipik bo‘z tuproqlar tashkil etadi. Ular mexanik tarkibiga ko‘ra 
o‘rta va og‘ir qumoq ko‘rinishidagi allyuvial yotqiziqlarda rivojlangan. 

Download 170.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling