Dissertatsiyaning II bobi PSUEAITI markaziy tajriba uchastkasining
tabiiy-xo’jalik sharoitlarini o’rganishga bag’ishlangan.
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy
tadqiqot institutining Toshkent viloyatidagi Markaziy tajriba uchastkasi dengiz
satxidan 574,2 m. balandlikda, sharqiy chegarasi Chirchiq daryosining o‘ng
qirg‘og‘idan 7-8 km oraliqda joylashgan, uzunligi shimoliy-sharqdan janubiy-g‘arb
tomonga qarab 4-5 km, kengligi 2-2,5 km bo‘lgan maydonni egallaydi.
Meteorologik sharoiti keskin kontinental xisoblanadi. Ko‘p yillik ma’lumotlarga
ko‘ra, atmosfera yog‘ingarchiliklari o‘rtacha 360 mm ni tashkil etadi hamda asosan
bahor hamda kuz fasllariga to‘g‘ri keladi. Tajriba dalasi tuproqlari ona jinsi bir
xilda tashkil topmagan bo‘lib, yer osti (sizot) suvlari 10 metrdan past chuqurlikda
joylashgan, eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar bilan qoplangan.
Tuproqlarda chirindi (gumus) miqdori 1,0-1,5 foizni, umumiy azot 0,08-0,1 va
fosfor 0,2-0,3 foizni tashkil etadi.
maydon tuprog‘i madaniylashgan, qadimdan
sug‘oriladigan tipik bo’z tuproq, mexanik tarkibi o’rta va og‘ir qumoqdan iborat.
Mazkur xo’jalik xududi shimoli-sharqiy tomondan Qibray shirkat xo’jaligi,
sharqiy-janub tomonidan Chirchiq shahri, janub tomondan Bo’zsuv kanali,
Baytqo’rg‘on xo’jaligi, janubi-g‘arbdan Mirzo Ulug‘bek shaharchasi bilan
chegaradosh. Zaxariq kanali chap qirg‘oq kanali orqali suv bilan taʼminlanadi. Yer
usti relyefi asosan qiya tekisliklardan iborat bo’lib, baʼzi joylarda to’lqinsimon
xarakterga yega. Nishabligi 0,0005÷0,0028 atrofida o’zgaradi.
Viloyat iqlimi keskin kontinental bo‘lib, sug‘orish davri uzoq davom etadi.
Yozi quruq va issiq bo‘lib, uzoq davom etadi. Qishki davr qisqa bo‘lib, unda havo
haroratining qattiq tebranishi kuzatiladi va yog‘ingarchilikning katta miqdori
kuzgi-qishki davrlarga to‘g‘ri keladi.
9
Do'stlaringiz bilan baham: |