O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “tiqxmmi” milliy tadqiqot universiteti


Download 170.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana16.06.2023
Hajmi170.01 Kb.
#1514990
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Saodat Автореферат

 
8-rasm. G’o’zaning S-6524 navi 
Parvarishlash.
Ma’danli o‘g‘itlar bilan g‘o‘za mavsum davomida azot 240 
kg, fosfor 175 kg va kaliy 100 kg/ga me’yorlarda tajriba tizimiga muvofiq 
oziqlantirildi. Begona o‘tlarga qarshi tajriba variantlariga bog‘liq holda paxta 
maydoni 3-4 marta qo‘lda chopiq va 2-3 marta begona o’tlardan tozalandi. Tajriba 
ma’donida g‘o‘za shonalash davrida shira va tripsga qarshi 20% li «ENTO 
luchio» kimyoviy preparati 300 g/ga, shonalash va gullash davrlarida o‘rgimchak 
kanaga qarshi Agrogold preparati 250 g/ga miqdorida va oltingugurt kukuni 
qo‘llanildi. Tajriba dalasida g‘o‘za navini sug‘orish tadqiqotlarning Ish reja dasturi 
asosida tajriba tizimida belgilangan (rejimlarga) tartiblarga muvofiq egatlab va 
tomchilatib sug‘orish (TS) orqali amalga oshirildi

G‘o‘zani normal o‘sishi, rivojlanishi va mo‘l hosil to‘plashi uchun sug‘orish 
me’yorlari va muddatlarini to‘g‘ri belgilanish zarur. Bugungi kunda suv 


15 
resurslarining cheklanganligi, suvga bo‘lgan talabning ortishi sharoitida qishloq 
xo‘jaligi ekinlaridan yuqori va sifatli hosil yetishtirishda mavjud suv resurslaridan 
samarali foydalanish o‘ta muhim tadbirlardan hisoblanadi. G‘o‘zani 
parvarishlashda sug‘orishni kechiktirib va sifatsiz o‘tkazilishi nafaqat hosildorlikni 
kamaytiradi balki, hosil sifatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqda to‘plangan 
namlik ma’lum bir me’yorda bo‘lganida o‘simlik tomonidan oson o‘zlashtiriladi 
hamda baravj o‘sib rivojlanadi. Shuningdek ekinlarni sug‘orishda tuproqning 
hisobiy ildiz qatlami rivojlangan qismini kerakli miqdorda va chuqurlikda 
namlatish uchun sug‘orish texnikasi va texnologiyalarini takomillashtirishni talab 
etadi. Olib borilgan dala tadqiqotlarida g‘o‘zani sug‘orish muddati va me’yorlari 
tuproq namligi bo‘yicha belgilandi. 
2022 yilda hisobot davri davomida Toshkent viloyatida o‘tkazilgantajriba 
maydonida egatlab sug‘orilgan nazorat variantlarida hisobot davri davomida g‘o‘za 
5 marta sug‘orilgan bo‘lib, bir martalik sug‘orish me’yori 850-1250 m3/ga ni, 
mavsumiy me’yori esa hisobot davrida 5300 m3/ga ni tashkil qildi. 
Sug‘orishlar tuproq namligi CHDNSga nisbatan 65-70-65 foizda tomchilatib 
sug‘orish variantlarida hisobot davri davomida 10 marta, 70-75-60 foizda esa 12 
marta o‘tkazildi. Sug‘orish me’yorlari sug‘orish tartiblari bo‘yicha o‘rtacha 300-
390 m3/ga ni, sug‘orishlar oralig‘i 7-11 kunni, tomchilatib sug‘orish davomiyligi 
sug‘orish me’yoriga bog‘liq ravishda 6,0-8,0 soatni, mavsumiy me’yori tuproq 
namligi 65-70-65 foiz da esa 3595 m3/ga ni, 70-75-60 foiz saqlangan variantlarda 
esa 3873 m3/ga ni, tashkil qildi. 
O‘zbekiston xududida shakllangan tuproqlarning agrofizikaviy va suvfizikaviy 
xossalarining g‘o‘zani suv-oziqa tartibiga, o‘sishi rivojlanishi va hosildorligiga 
ta’sirini S.N.Rijov, N.I.Zimina (1969), V.P.Kondratyuk (1972), N.F.Bespalov 
(1970), A.K.Kashkarov va P.Z.Fayziyev (1972, 1973), K.Mirzajonov, B.Kamilov 
(1978, 1985, 1987), A.E.Avliyoqulov (1985), M.Damidov (1989, 1993) kabi 
maxalliy olimlar tomonidan o‘rganilgan. Madaniylashgan va eskidan sug‘orilib 
kelinayotgan bo‘z tuproqlar mintaqasi uchun ular xajmiy massaning maqbul 
ko‘rsatkichi sifatida 1,2-1,3 g/sm3 qabul qilganlar. Shuningdek bu olimlar tuproq 
haydov qatlamini xajmiy massasining eng yuqori ko‘rsatkichi og‘ir mexanik 
tuproqlarda kuzatilib 1,5 g/sm3 gacha yetishi mumkinligini ko‘rsatib o‘tganlar. 

Download 170.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling