O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti
Kichik biznes sub’ektlari uchun yagona soliq to’lovi orqali ularning
Download 0.92 Mb.
|
Toshkent moliya instituti soliqlar va soliqqa tortish kafedras
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
3.2. Kichik biznes sub’ektlari uchun yagona soliq to’lovi orqali ularning
faoliyatini yanada rag’batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish. Dastlab kichik korxonalar yagona soliq to’lovi obektini aniqlash tartibini takomillashtirish to’g’risida fikr yuritishdan oldin, Respublika soliq siyosatining asosiy kontseptual yo’llarini belgilab olib, budjet daromadalarini shakllantirish xamda kichik bines subektlarini faoliyatini soliqqa tortish tizimini yanada rag’batlantirish uchun mazkur soliq obektini takomillashtirish masalalarini echish orqali hal qilishga to’xtalib o’tishni lozim topdik. Soliq siyosati va soliqqa tortish tizimni takomillashtirish masalalari hozirgi kunda Respublika ijtimoiy-iqtisodiy hayotida iqtisodiyotni erkinlashtirish amalga oshirilayotgan bir davrda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida moliyaviy munosabatlar, shu jumladan korxona, tashkilot va birlashmalarning davlat budjeti bilan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha munosabatlaridagi hisob-kitoblarini takomillashtirish dolzarb muammolardan biri bo’lib qolmoqda, shu jumladan, soliq solishning soddalashtirilgan tartibini ham muntazam ravishda takomillashtirish davr talabiga aylanmoqda. Buni quyidagi holatlarda ko’rish mumkin: Soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimi joriy qilingan davrdan hozirgi kungacha tizimni yanada takomillashtirish bo’yicha hukumat tomonidan bir qancha qonun hujjatlariga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritib kelindi. Shunday ekan, kichik korxonalarni yagona soliqqa tortishdagi birinchi muammo soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimga o’tish mezonlarining tor doiradaligi. 51 Shunga ko’ra yagona soliqqa tortish tizimiga o’tish mezonini belgilashda Rossiya Federatsiyasining tajribalariga suyangan holda quyida berayotgan fikrlarimizdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Rossiya Federatsiyasi soliqqa tortish tizimini tajriba sifatida olishimizning asosiy sababi, iqtisodi va uning rivojlanish tendentsiyasi, moliyaviy munosabatlar tizimi bizning iqtisodga mos keladi. Bizning fikrimizcha, soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimiga o’tish mezoniga quyidagicha qo’shimcha kiritish maqsadga mufoviq, ya’ni xo’jalik yurituvchi subektning amortizatsiya qilinayotgan mol-mulk qiymatini ma’lum miqdorda chegarasi belgilanishi va shu mol- mulkning 70 foizi jismoniy shaxsga, ya’ni ta’sischiga tegishli bo’lishi lozim. Taklif qilingan mezonni, ya’ni ustav fondidagi mol mulkning aniq bir miqdorini belgilash uchun mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasidan kelib chiqqan holda belgilash lozim, ya’ni shunday iqtisodiy holatlar bo’lishi mumkin inflyatsiya suratalari yuqori bo’lgan sharoitda kichik korxonalar uchun 1,0 mlrd so’m mahsulot sotishdan (ish, xizmat) olingan tushum arzimagan yalpi daromadni tashkil qiladi yoki aksincha, mamlakatda olib borilayotgan pul kredit siyosati barqror bo’lgan holatlarda kichik korxonalar uchun 1,0 mln. so’m mahsulot sotishdan (ish, xizmat) olingan tushum katta yalpi daromadni beradi. Shuningdek, xorij amaliyotidan foydalangan holda mezon miqdorlarini belgilash maqsadga muvofiqdir, masalan Rossiya Federatsiyasida kichik korxonalar soddalashtirilgan tizimga o’tish uchun yalpi daromad va mulkiy huquqi xajmi birinchi to’qqiz oy uchun 11,0 mln rubl (QQSsiz)dan oshmasligi lozim. Markaziy bankning belgilagan xorij valyuta kurslari bo’yicha, mazkur summa 440,0 ming AQSh dollariga teng va bu O’zbekiston so’miga aylantirilganda 576,4 mln so’mga teng bo’ladi. Mazkur takliflar mamlakat iqtisodiyoti va kichik biznes subektlari uchun kanday iqtisodiy samara beradi: Xufiyona iqtisodiyotni rivojlanishini oldini oladi, yani bir necha yuz million tovaraylanmasi sodir etayotgan xo’jalik subektlari tomonidan norasmiy ishga yollash holatlariga chek qo’yadi; 52 Mol mulkini shakllanishi xo’jalik subektlarini o’z majburiyatlari oldidagi javobgarlik ma’suliyatini oshiradi; Kichik korxonalar mavqeiga, iqtisodiy salohiyatiga baho berish oydinlashadi. Kichik korxonalarni, ularga davlat tomonidan berilgan preferentsiyadan (soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimidan) samarali foydalanishi hissi va shunga intilishi bo’ladi. Chunki kichik korxonaning iqtisodiy rivojalanishi pirovardida bunday preferentsiyadan foydalanishini cheklaydi; Xulosa qilib, kichik korxonalar mezoninini yalpi tushum hajmi va o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulki qiymati miqdori qilib belgilanishi davlat budjeti daromadalarini oshirishda, ya’ni yirik korxonalarni soliqdan kochish maqsadida soddalashtirilgan tizimga o’tishlarini oldini oladi va norasmiy ishga yollash holatlariga chek qo’yadi, bu esa jismoniy shaxslardan olinayotgan daromad solig’i tushumini oshishiga olib keladi. Kichik korxonalarni bu tizimdan samarali foydalanib, yirik, moliyaviy jihatdan barqaror korxonalarga aylanishga undaydi. Soliqlar, majburiy to’lovlar va xo’jalik subektlari oldidagi majburiyatlarni bajarmagan holatda mol mulklar bilan javob berish imkoniyati yuzaga keladi, bu boqimandalarni undirilishiga qulaylik yaratadi. Fikrimizcha, yagona soliq to’lovi elementlarini chuqur tahlil qilish, uning afzal va muvaffaqiyatsiz tomonlarini qator yillar davomida kuzatish kichik biznes subektlarini, nazariyachilarni va soliq organlarini kiziqishini ortiradi. Shunday ekan, yagona soliq to’lovi mexanizmidagi birinchi muammo bu soliqqa tortish obektini aniqlash tartibidir. Bizning fikrimizga ko’ra ishlab chiqarish va qurilish sohasidagi kichik korxonlar uchun yagona soliq to’loviga tortiladigan obekt bo’lib, ixtiyoriy tanlov asosida yalpi tushum, ya’ni mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushum yoki qilingan moddiy xarajatlar xajmiga kamaytirilgan daromad, ya’ni sotishdan olingan yalpi moliyaviy natijadan hisoblash imkoni berilishi, jumladan yalpi tushumdan yagona soliq to’lovi olinganda soliq stavkasi iqtisodiyotni barcha tarmoqlari uchun belgilangan, ya’ni 6 foizli stavkada, moddiy xarajatlar hajmiga kamaytirilgan daromaddan yagona soliq 53 to’lovini hisoblash varianti tanlanganda 30 foizli stavkada yagona soliqqa tortish tartibini qo’llashni taklif qilamiz. Chunki, foydalilik me’yori past bo’lgan ishlab chiqarish sohasidagi kichik korxonalarni soliqqa tortish obekti yalpi tushumdan hisoblanishi xo’jalik subektlari uchun iqtisodiy samarasiz bo’lib qolmoqda. Sarf qilingan moddiy xarajatlar xajmiga kamaytirilgan daromaddan yagona soliq to’lovi stavkasini 30 foiz qilib belgilanishida birinchidan, mazkur tarmoqdagi kichik korxonalar moliyaviy holatiga ushbu stavkada soliq yuki darajasi tasiri, ikkinchidan davlat budjeti daromadalarini shakllantirishga ta’siri mutanosib ravishda inobatga olinadi. Qilingan moddiy xarjatlar olingan tushumga teng yoki kam bo’lgan holatda quyidagi tartib taklif qilinadi. Bunda, olingan tushum qilingan moddiy xarajatdan kam bo’lgan taqdirda yalpi tushumdan belgilangan stavka bo’yicha yagona soliqqa tortish tartibi qo’llaniladi. Ishlab chiqarish sohasidagi kichik korxonalar qilingan xarajatlar hajmiga kamaytirilgan daromadalari tarkibi soliq qonunchiligiga asosan hisoblanadi, ya’ni mahsulot (ish, xizmat) sotishdan olingan tushumdan haqiqatda qilingan va hujjatlar bilan asoslangan moddiy xarajatlar (xom ashe, materialar, yoqilg’i, elektro energiya va boshqalar) chegirish natijasida olingan daromad tushuniladi. Yalpi tushumdan chegirilishi taklif qilinayotgan moddiy xarajatlar tarkibi quyidagilar: xom ashyo va materiallar; yarim fabrikatlar va butlovchi mahsulotlar; yoqilg’i; taralar; boshqa materiallar; qayta ishlashga berilgan materiallar; qurilish materiallari. Ushbu ro’yxatdan ko’rinib turibdiki, yalpi tushumdan faqat moddiy xarajatalar chegirilish ko’zda tutilmoqda. Soliqqa tortish maqsadida ishlab chiqarish va qurilish tarmoqlaridagi kichik 54
Kichik biznes sub’ektlari soliqqa torish tizimini umumbelgilangan yoki soddalashtirilgan tizimini ixtiyoriy tanlashlari asosida qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblashlari va to’lashlarining o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Umumbelgilagan tartibda soliq to’lashni tanlagan kichik korxonalar qo’shilgan qiymat solig’iga barcha xo’jalik yurituvchi subektlar uchun belgilangan tartibda tortiladilar. Mazkur tartib ular uchun ishlab chiqarish va muomala jarayonida qo’shilgan qiymatni soliqqa tortishni nazarda tutadi. Korxonalar qo’shilgan qiymat solig’ini mahsulot sotish oborotidan hisoblaydilar hamda xom ashyo va materiallar sotib olgandagi to’lagan qo’shilgan qiymat solig’ini chegirib tashlash yuli bilan budjetga mazkur soliqni hisoblaydilar. Qo’shilgan qiymat ikki yoqlama soliqqa tortilmaydi hamda qo’shilgan qiymat solig’i hisob yuritishda xatoliklarga va narxlar o’sishiga olib kelmaydi. Umumbelgilangan tartib doirasida faoliyat yurituvchi kichik korxonalar qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblash va to’lashda muhim muammolarni keltirib chiqarmaydi, balki kichik korxonalar uchun qo’shilgan qiymat solig’ini to’lashning soddalashtirilgan tartibi ko’zda tutilgan. Birinchidan, kichik korxonalarni katta oborotlarga ega emasliklarini hisobga olgan holda, ular qo’shilgan qiymat solig’ini har chorakda to’laydilar, binobarin yirik korxonlar esa joriy to’lovlarni hisobot davridan keyingi oyida amalga oshirib boradilar. Bunday tartib kichik korxonalar uchun hisobot oylari davomida soliq summalaridan soliq krediti sifatida fodalanish imkoniyatini beradi. Mos ravishda umumbelgilangan tartibda soliq to’lovchi kichik 55
Ikkinchidan, 1999 yildan boshlab barcha qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchi xo’jalik yurituvchi subektlar uchun, jumladan umumbelgilangan tartibda soliq to’lovchi kichik korxonalar uchun ham mazkur soliqni hisoblash bir muncha soddalashtirildi. Mazkur tartibga muvofiq sotib olingan xom ashyo va materiallardagi qo’shilgan qiymat solig’ini xali ishlab chiqarish jarayonida qatnashmasidan oldin chegirish imkoniyatini beriladi. Demak, material resurslarini ishlab chiqarishga jalb qilinish, qilinmasligidan qatiy nazar sotib olingan davrdan boshlab qo’shilgan qiymat solig’i chegirilishi mumkin. Shunday qilib xo’jalik yurituvchi subektlar ma’lum davrgacha qo’shilgan qiymat solig’idan soliq kreditlari sifatida foydalanishlari mumkin. Biz yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek yagona soliq to’lovini to’lashga o’tgan kichik korxonlar barcha soliq va to’lovlar ozod qilinishi bilan birga qo’shilgan qiymat solig’i to’lashdan ham ozod etilgan (ixtiyoriy to’lash bundan mustasno, albatta). Biroq, bu qo’shilgan qiymat solig’i majburiyatida to’liq ozod deganini bildirmaydi. Mohiyatiga ko’ra ishlab chiqarish jarayonida qo’shilgan qiymatni ozod qilinishini bildiradi, biroq kichik korxonalar mahsulot ish va xizmatlar sotib olishda qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchisi bo’lib hisoblanadi. Bu ularni qo’shilgan qiymat solig’i hisoblamasliklari va budjetga to’lamasliqlarini bildiradi, biroq ular barcha sotib olingan ishlab chiqarish resurslari (xom ashyo, material, elektroenergiya, yoqilg’i va boshqalar) bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’ini to’lab boradilar. Mahsulot (ish, xizmat) sotib olishda to’langan qo’shilgan qiymat solig’ini kichik korxonalar ishlab xarajatlari yoki muomala xarajatlariga olib borishlari ishlab chiqarish korxonalarida mahsulot tannarxida aks ettiriladi, savdo korxonalarida sotib olingan tovar narxida aks ettirilgandan so’ng savdo ustamasi qo’yiladi. Bu holat o’z o’zidan mahsulot tannarxini o’sishiga va o’z navbatida kichik korxonalar moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’siri kuzatiladi. Mazkur holatda kichik korxona ishlab chiqargan mahsulotini oxirgi istemolchiga realizatsiya 56 qilsa hech qanday mauomma yuzaga kelmaydi. Biroq, kichik korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot qayta ishlashga daxldor bo’lib, boshqa korxona uchun xom ashyo sifatida foydalanilsa, kichik korxona tomonidan sotib olingan moddiy xarajatlar tarkibidagi to’langan qo’shilgan qiymat solig’i summasi ushbu korxona uchun ham xarajatlar komnonentiga aylanib qoladi. O’z navbatida ushbu xo’jalik yurituvi subektlarni kichik korxonalardan mahsulot sotib olishlari va sotib olingan mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonlariga solishlari qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha berilgan soliq kreditlaridan mahrum qilmoqda va ishlab chiqarilgan mahsulotlari bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’ini butun aylanmadan hisoblashga majburdirlar. Haqiqatda, kichik korxonalarni qo’shilgan qiymat solig’ini to’lamasliklari, mazkur soliq bo’yicha soliq yukini boshqa qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilarga o’tib ketishini imkoniyatini bermoqda. Natijada qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchi ishlab chiqaruvchi korxonalar qo’shilgan qiymat solig’ini budjetga to’lik oborotdan to’lashga majbur bo’lmoqdalar. Bu holat yagona soliq to’lovi to’lovchi kichik korxonalar va qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchi xo’jalik yurituvchi subektlar o’zaro moliyaviy munosabatlarida qiyinchilik to’g’dirmoqda. Qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchi xo’jalik yurituvchi subektlar qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchi subektlardan material, xom ashyo sotib olishni afzal bilishadi, ya’ni kichik korxonalar uchun tayyor mahsulotlar bozori chegaralangan. Demak, soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimiga o’tish bilan kichik korxonalar o’z mijozlarini yo’qotadilar. Bizning fikrimizcha, yagona soliq to’lovi to’lovchi kichik korxonalar uchun ixtiyoriy emas balki umumbelgilangan tartibda qo’shilgan qiymat solig’ini joriy etish lozim. Shunday ekan, amalda kichik korxonalarni qo’shilgan qiymat solig’iga tortish natijasida kichik biznes subektlari uchun moliyaviy xo’jalik faoliyatiga va davlat budjeti daromadalarini shakllantirishga tasirini aniqlab, uni yoritishga harakat qilamiz. 57 Kichik korxonalarga qo’shilgan qiymat solig’ini to’lash imkoniyatini berish amalda moliyaviy faoliyatlariga, mahsulotlari tannarxini shakllanishiga va mijozlar bilan iqtisodiy aloqalarda qanday naf keltiradi? Ishlab chiqarish tarmog’iga xos kichik korxonalarga qo’shilgan qiymat solig’ini to’lash imkoniyatini berish kichik biznes subektlari uchun quyidagi iqtisodiy samara keltiradi: kichik korxonalar foydadalilik me’yorini oshishiga olib keladi; mahsulot narxini raqobatbardoshligini ta’minlashga erishiladi; qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchi xo’jalik yurituvchi subektlari uchun samarali iqtisodiy agent (xamkor) bo’lish imkoniyatini beradi; qonunbuzish holatlariga borishga chek qo’yadi. Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha taklif qilinayotgan usul optimal hisoblanadi, chunonchi kichik korxonalar to’laqonli qo’shilgan qiymat solig’i to’lashlari bilan iqtisodiy samaradorlikka va ular bilan aloqa iktisodiy aloqada bo’luvchi iqtisodiy kontragentlar uchun samarali iqtisodiy xamkor hisoblanadilar; Fiskal siyosat yuritish yoki Davlat budjeti daromadalarini shakllantirishda kichik korxonalarni qo’shilgan qiymat solig’iga tortish quyidagicha iktisodiy naf berishi lozim: Soliqqa tortish tizimida qo’shilgan qiymat solig’i bug’inlarining buzilmasligi, boshqa soliq to’lovchilarga soliq yukini suniy ravishda o’tishi holatlariga chek qo’yadi; Davlat budjeti daromadalarini qisman bo’lsada oshishiga, ya’ni qo’shilgan qiymatdan olinadigan soliq turi bo’yicha tushumlarni oshishiga olib keladi; Mazkur muammoni taklif qilinayotgan yo’llar bilan echish kichik biznes subektlarini soliqqa tortish tizimimni murakablashishiga yoki turli suiste’mol qilish imkoniyatlari paydo bo’lishi mumkin: - masalan kichik korxonalar tomonidan qo’shilgan solig’ini hisoblashda buxgalteriya hisobotlarini soddalashtirlgan tartibda yuritishdan qaytish, ya’ni 58 umubelgilangan tartibda buxgalteriya hisob va hisobotlarini tuzishga to’g’ri keladi; xaridorlarga jo’natilgan mahsulotlarni hisob-fakturalarida aks ettirilish paytida qo’shilgan qiymat solig’i to’lashga o’tmagan kichik korxonalar tomonidan qo’shilgan qiymat solig’i summasini yozib ko’rsatish hollari, ya’ni budjetga hisoblangan qo’shilgan qiymat solig’ini chegirishda sodir etilayotgan suiste’molliklarni bartaraf etish imkoniyati yuzaga keladi. Keyingi masala O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2001 yil 30 maydagi 240-sonli qaroriga muvofiq yagona soliq summasidan belgilangan miqdorda O’zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatiga o’tkazish tartibi xususida fikr yuritsak. Jumladan, amaldagi qonun hujjatlari soliqlarning xazina funktsiyasi, ya’ni soliqlarni davlat xazinasiga tushishlik belgisi qo’pol ravishda buzayotganligini, soliqlar albatta davlat xazinasiga - davlat budjeti yoki davlat jamg’armalariga tushushi lozim. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 240-sonli qaroriga ko’ra kichik korxonalar (savdo korxonalaridan tashqari) tomonidan hisoblangan yagona soliq summasining belgilangan miqdori O’zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar harakati jamg’armasiga qolgan qismi mahalliy budjet o’rtasida taqsimlanishi belgilangan. Bu har bir soliq to’lovchi kichik korxonalarga ochilgan hisob varaqalarda “Kamolat” yoshlar ijtimoiy harakatini rivojlantirish fondiga o’tkazilishi lozim bo’lgan soliq summasini nazoratini olib borishni talab qilmoqda, bu esa davlat soliq idoralarida suniy ravishda ish ko’lami kupayishiga olib kelmoqda. Mazkur tartibni qo’llanilishi bo’yicha maxalliy va xorij iqtisodiy adabiyotlari ko’zdan kechirilganda, mazkur tartibning qo’llanilishi hech qanday iqtisodiy asoslanmaganligiga amin bo’ldik. Xorij amaliyotida, xususan Amerika Qo’shma Shtatlari soliqqa tortish tizimida “1+1” deb nomlangan tartib qo’llaniladi. Unga ko’ra har bir soliq to’lovchi ixtiyoriy ravishda o’zi xoxlagan ijtimoiy jamg’armalarga xoxlagan soliq turi bo’yicha soliq summasidan 1 foiz miqdorida o’tkazib berishga ruxsat 59 etiladi. Bundan ko’zlangan maqsad ijtimoiy jamg’armalarni faolligini oshirish. Bizning fikrimizga ko’ra, mazkur tartibni bekor qilish lozim, kichik korxonalar tomonidan hisoblangan yagona soliq to’lovi summasini to’liq davlat budjetiga yo’naltirilishi maqsadaga muvofiq. Berilayotgan fikrlardan kelib chiqib taklifni ilmiy va amaliy asoslash uchun biz quyidagilarni keltirishimiz mumkin: Birinchidan, soliqlarning butligini ta’minlash va yagona soliq to’lovini to’liq obektiv ma’lumotlar asosida hisoblash va to’lashni nazorat qilish; Ikkinchidan, fiskal vazifani to’liq amalga oshirish, mahalliy budjet daromadalarini shakllantirishda budjet tushumlarini ko’paytirish; Uchinchidan, davlat soliq xizmati idoralari va yagona soliq to’lovi to’lovchi kichik korxonalarni ish faoliyatlaridagi ortiqcha vaqt va mehnat sarfi tejaladi. O’zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatini moliyalashtirishni, birinchidan harakat badallari va tijorat faoliyati hisobidan amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bizning fikrimizga ko’ra, hozirgi siyosiy vaziyatni nazarda tutgan holda vaqtincha markazlashtirilgan tartibda davlat budjeti hisobidan moliyalashtirib eng maqbul variant hisoblanadi. 60
1. Kichik biznesni iqtisodiy faolligini rivojlantirishda soliqlarning rag’batlantirish funktsiyasidan samarali foydalanish mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo’nalishlari bo’lib, soliq siyosatini yanada erkinlashtirishning asosiy bo’g’inlaridan biri hisoblanadi; 2. Yagona soliq to’lovi joriy etishdan asosiy maqsad kichik biznes sub’ektlarini soliqqa tortishni ixchamlashtirish; 3. Yagona soliq to’lovi budjet daromadlarini shakllantirishdagi roli, ya’ni uning fiskallik ahamiyati oshib bormoqda; 4. Yagona soliq to’lovi shakllanishini bir necha bosqichga bo’lib o’rganish mumkin, buni bevosita soliq qonunchiligidagi o’zgarishlar bilan bog’lash mumkin. Mazkur soliqqa tortish tizimini takomillashtirish va undan kichik biznesni rag’batlantirishda yanada samarali foydalanish bo’yicha quyidagi amaliy tavsiyalarni asoslashga harakat qilamiz. Ular quyidagilardan iborat: 1. Soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimiga o’tish mezonlarini differentsiatsiyalash lozim. Iqtisodiy samaradorligi yuqori, moliyaviy jihatdan barqaror, davlat tomonidan soliq sohasida rag’batlantirishiga muhtoj bo’lmagan yirik korxonalar soddalashtirilgan tizimga o’tib ketishini oldini olish, kichik korxonalar uchun mazkur tartib jonlantirish rejimi ekanligi va kelajakda ularni barqaror faoliyat yuritishiga undash maqsadida mezonalariga ustav jamg’armasiidagi o’z mol mulklari hisobiga tashkil etilgan mol mulk qiymati miqdori va shu mulkda jismoniy shaxsga tegishli bo’lgan mol mulk miqdorining 61
Turli mulkchilikka asoslangan bozor sharoitida davlat firmalarni qaysi faoliyat turi bilan shug’ullanishlariga (davlat tomonidan bekor qilingan faoliyat turlaridan tashqari) aralashishi mumkin emas hamda har bir xo’jalik yurituvchi subekt mezoni to’g’ri kelsa soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimida soliq to’lash huquqini erkin tanlash imkoniyatlari qonun hujjatlari bilan belgilangan. Davlatni ijtimoiy madaniy tadbirlarini bajarish uchun pul mabalag’lari bilan ta’minlashda mazkur korxonalar katta salmoqqa ega. Bu soliq yukini teng bo’lmagan taqsimlanishiga olib keladi. Soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimini iqtisodiy samaradorligi yuqori va buni moliyaviy barqaror hisoblangan korxonalarga berilgan imtiyoz deb tushunmaslik kerak. Istemol tovarlari ishlab chiqaruvchi va qurilish tarmog’idagi kichik korxonalar moliyaviy-iqtisodiy ahvolini mustahkamlash va yanada rivojlantirish uchun soliqqa tortish bazasini aniqlash mexanizmini yanada takomillashtirish zarur. Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi, ya’ni sanoat va qurilish sohasidagi kichik biznes subektlariga yagona soliq to’lovini ularning moddiy xarajatlariga kamaytirilgan daromadiga nisbatan solishni va amaldagi tartib saqlanib qolgan holda stavkalarini tabaqalashtirishni taklif kildik. Amaliyotni ko’rsatishicha ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mikrofirma va kichik korxonalarni soliqqa tortish obekti yalpi tushumdan olinishi moliyaviy natijasiga salbiy ta’sir o’tkazish hollari uchramoqda. Yagona soliq to’lovini to’lovchi mikrofirma va kichik korxonalar (savdo korxonalaridan tashqari) tomonidan hisoblangan yagona soliq summasining bir qismini “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatini rivojlantirish jamg’armasiga o’tkazish tartibini bekor qilinishi lozim. Soliqlar albatta davlat xazinasiga – davlat budjeti yoki davlat jamg’armalariga tushushi kerak. Mazkur holat har bir soliq to’lovchi kichik korxonalarga ochilgan hisob varaqlarda “Kamolat” yoshlar ijtimoiy harakatini rivojlantirish jamg’armasiga o’tkazilishi lozim bo’lgan soliq summasi nazoratini olib borish, inkasso topshiriqnomalarini qo’yish, tushgan mablag’ bo’yicha nazorat qilib borish va solishtirma 62 dalolatnomalar tuzish bu davlat soliq xizmati idoralari uchun qo’shimcha mehnat va vaqtni talab qilmoqda. Bu tartib bekor qilinishi, kichik biznes subektlari tomonidan hisoblangan yagona soliq to’lovi summalarini to’lik budjetga yunaltirilishini va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati badallari va o’zining tijorat faoliyatidan olayotgan mablag’lari hisobidan saqlashni takomillashtirish lozim deb o’ylaymiz. Biroq, mazkur yo’llar bilan ham “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlanmasa markazlashtirilgan tartibda budjet hisobidan moliyalashtirish mexanizmi yulga qo’yishni taklif kilamiz. Kichik biznes sub’ektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash maqsadida, yagona soliq to’lovini to’lovchi yangi tashkil etilayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga yagona soliq to’lovini to’lash muddatini bir yilga kechiktirish imtiyozidan foydalanish muddatini 12 oy o’rniga 24 oy etib belgilash Aholini ish bilan ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida har bir yagona soliq to’lovini to’lovchi korxona agar yangi ish o’rni yaratib yangi xodimni ish bilan taminlasa, yangi xodimlarga beriladigan ish haqi summasi miqdorida, lekin soliq bazasini 10 foizdan oshmagan miqdorda ma’lum muddatga (masalan 2 yilgacha) soliq bazasini kamaytirish huquqi berilishi maqsadga muvofiqdir. Taklif qilinayotgan chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida kichik biznes sub’ektlarini rivojlantirishga va soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirishga, aholini ish bilan band bo’lmagan va mehnatga layoqatli bo’lgan qismini foydali mehnatga jalb qilishga, Respublikada ijtimoymi-iqtisodiy barqarorlikka erishish yo’lida muhim qadamlardan biri bo’lib xizmat qiladi deb uylaymiz. 63
I. O’zbekiston Respublikasi Qonunlari. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling