O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti
ROLI VA UNING TAHLILI (QIBRAY TUMAN DSI MA’LUMOTLARI ASOSIDA)
Download 0.92 Mb.
|
Toshkent moliya instituti soliqlar va soliqqa tortish kafedras
ROLI VA UNING TAHLILI (QIBRAY TUMAN DSI MA’LUMOTLARI ASOSIDA).
2.1. Yagona soliq to’lovining soliq tizimida tutgan o’rni va ahamiyati. O’zbekiston Respublikasining soliq qonunchiligiga muvofiq kichik biznes sub’ektlari (kichik korxonalar va mikrofirmalar) o’z hoxishiga qarab soliq solishning amaldagi shartlarini saqlab qolishlari, ya’ni umumbelgilangan soliqlarni to’lashga yoki soddalashtirilgan soliq tizimiga, ya’ni yagona soliq to’lovi to’lashga o’tishlari mumkin. Boshqacha aytganda, kichik tadbirkorlikning ba’zi sub’ektlari Soliq kodeksiga muvofiq umumbelgilangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning o’rniga ixtiyoriy shartlarda budjetga yagona soliq to’lovini to’lashga xaqlidir12. Mazkur holda uning joriy etilishini ilg’or qadamlardan deb qarash mumkin, chunki bu bilan kichik biznes sub’ektlarini soliqqa tortishda oddiylik va qo’laylik bo’lishligiga erishiladi. 1998 yil 1 yanvardan boshlab soliq solishning soddalashtirilgan tizimi soliq qonunchiligida qonununiy jihatidan mustaxkamlab qo’yildi. O’zbekistonda kichik biznes sub’ektlari uchun soddalashtirilgan soliq tizimining joriy etilishi shartli ravishda bir necha bosqichga ajratish mumkin: 1997 yildan 1998 yilning 15 apreliga qadar, 1998 yilning 15 aprelidan 2002 yilning 15 iyuniga qadar va 2002 yilning 15 iyunidan 2005 yilning 20 iyuniga qadar va hozirgi kunga qadar. Bunday boskichlarga ajratilishi bu boradagi me’yoriy-huquqiy bazaning o’zgarishi bilan asoslangan. Dastlab kichik biznes sub’ektlarini soddalashtirilgan soliq tizimiga o’tishi yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 31 dekabrdagi 469-sonli qarorida ko’zda tutilgan edi, uni hisoblash va to’lash tartibi esa O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. –T.: “Adolat”. 2013 24 tomonidan 1997 yil 29 maydagi 347-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasining 1997 yil 20 maydagi 24\97-37-sonli “Kichik korxonalar uchun soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qo’llash bo’yicha yo’riqnoma” bilan tartibga solingan. Soliq kodeksi qabul qilingach Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 apreldagi 159-sonli qarorida Mikrofirma va kichik korxonalar uchun soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qo’llash tartibi belgilandi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yilning 2 iyuldagi 249-sonli qarori bilan kichik korxonalar uchun soliqqa tortishning soddalashtirilgan soliq tizimi amal qildi. 2005 yil 20 iyundagi “Kichik korxona va mikrofirmalarni rivojlantirishni rag’batlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi №PF-3620-sonli O’zbekiston Rsepublikasi Prezidenti farmoni asosida 2005 yil 1 iyuldan boshlab yagona soliq va budjetdan tashqari jamg’armalarga ajratmalar o’rniga yagona soliq to’lovi joriy etildi. Mazkur savolda tahlil qilishimiz lozim bo’lgan asosiy vazifalardan yana biri O’zbekiston Respublikasi soliq tizimida yagona soliq to’lovining tutgan o’rnini belgilashdan iborat. Soliqqa tortish tizimda yagona soliq to’lovining tutgan o’rnini aniqlash maqsadida uni O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadlari tizimida tutgan o’rnini o’rganish maqsadga muvofiq. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling