O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining milliy
Download 0.92 Mb.
|
Toshkent moliya instituti soliqlar va soliqqa tortish kafedras
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-diagramma. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, foizda 5
- 1-jadval O’zbekistonda kichik biznesning iqtisodiyot asosiy tarmoqlarida ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)lar
- Ko’rsatkichlar 2011 yil 2012 yil 2013 yil
1.2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining milliy
iqtisodiyotda tutgan o’rni. O’tgan 2013 yil mobaynida amalga oshirilgan izchil chora-tadbirlar natijasida kichik biznes sub’ektlari yalpi ichki mahsulot (YaIM)dagi ulushi 2012 yildagi 54.6 foizdan 2013 yilda 55.8 foizga ko’tarildi. Bu ko’rsatkich yildan yilga o’sish tendentsiyasiga ega bo’lib kelmoqda. 2000 yilda kichik biznes sub’ektlari yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 31 foizni tashkil etgan edi. Bunday natija birinchi navbatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik davlat tomonidan doimiy qo’llab-quvvatlanayotgani samarasidir. 1-diagramma. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, foizda5 O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi ma’lumotlari 15 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining kengayishi iqtisodiyotning boshqa soha va tarmoqlari ishlab chiqarish hajmidagi salmog’ining oshishi orqali ham namoyon bo’ldi. Xususan, mazkur sohaning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 2011 yilda 19,8 foizdan 2013 yilda 23,0 foizga, qurilish sohasida tegishli ravishda 48,3 foizdan 52,3 foizga, savdoda 48,1 foizdan 50,5 foizga oshdi. 1-jadval O’zbekistonda kichik biznesning iqtisodiyot asosiy tarmoqlarida ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)lar hajmidagi ulushi foizda6
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bu qadar jadal rivojlanishida eng avvalo mazkur soha uchun belgilanayotgan soliq imtiyozlari etarli darajadagi rag’batlantiruvchi rol o’ynayotganligi hisoblanadi. Jumladan, 2014 yilda yuridik shaxslar uchun foyda solig’i 8 foizgacha, mikrofirmalar va kichik biznes uchun yagona to’lov 5 foizgacha tushurildi. O’tgan 2013 yil mobiynida kichik biznes sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi 1,4 barobar ko’paydi va 2 trillion 700 milliard so’mni tashkil etdi. Jumladan, mikrokreditlar hajmi 485 milliard so’mdan ortib, bu ko’rsatkich 2012 yilga nisbatan 1,5 barobar ko’paygan. www.stat.uz – O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi rasmiy sayti ma’lumotlari. 16 Yuqoridagi kabi chora tadbirlarning amalga oshirilishi yangi ish o’rinlarini yaratishga ham ijobiy ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Jumladan, 2013 yilda jami 950 mingdan ortiq ish o’rni tashkil etilgan bo’lsa, mazkur yangi ish o’rinlarining 600 mingdan ziyodi yoki 63.1 foizi kichik biznes sohasiga to’g’ri keladi. 2013 yilda iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan chora tadbirlar natijasida sanoat ishlab chiqarishi va xizmatlar sohasining YaIMdagi ulushi yanada ortdi va belgilangan parametrlar darajasiga etdi. Amalga oshirilgan investitsion-tarkibiy o’zgarishlar iqtisodiyotimizning jahon bozoridagi konyuktura o’zgarishlari ta’siriga chidamli, iqtisodiy rivojlanishning ichki potentsialini to’liq ishga tushirishga qaratilgan tarkibini shakllantirish borasdagi muvaffaqiyatni ta’minladi. Tarkibiy o’zgarishlar siyosatini amalga oshirishda erishilgan yutuqlar qatoriga mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmining va ularning YaIMdagi ulushining ortib borayotanligini, kichik biznes sohasining YaIM, ish bilan band aholining umumiy soni va aholi daromadlaridagi hissasi yanada ko’tarilganligini, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish va eksport hajmida tayyor mahsulotlar ulushining ortib borayotganligini ham kiritish mumkin. Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik davlat va jamiyatimiz rivojida alohida o’rin egallaydi. Bugungi kunda biz bu sohani rivojlantirmasdan turib iqtisodiyotimizning kelajagini ta’minlay olmaymiz. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi ichki bozorimizni raqobatdosh va sifatli mahsulotlar bilan to’ldirishda, aholini ish bilan ta’minlash va shu asnoda ularning munosib daromad topishi, farovonligining oshib borishiga erishishda eng asosiy omillardan biri hisoblanadi hamda jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo’lgan mulkdorlar sinfining, ya’ni o’rta sinfning shakllanishi va mustahkamlanishini ta’minlaydi. Shuningdek, bu soha hozirda jamiyatimizdagi ijtimoiy va siyosiy barqarorlikning kafolati va tayanchiga, yurtimizni taraqqiyot yo’lidan faol harakatlantiradigan kuchga aylanib 17 bormoqda. Shuning uchun ham mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov tomonidan 2011 yil “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb nomlandi. Kichik biznes sohasining iqtisodiyotdagi ahamiyati uning iqtisodiyotda raqobat muhitini ta’minlash, yirik korxonalar uchun mahsulot va xizmatlar etkazib berish, yangi ish o’rinlarini yaratish va ikkilamchi bandlikni ta’minlash, bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish, ilmiy-texnikaviy inqilobni jadallashtirish, resurslarni ishlab chiqarishga safarbar etish, soliq tushumlari hajmining o’sishini ta’minlash, aholi daromadlari darajasini barqarorlashtirish kabi omillar bilan belgilanadi. So’nggi yillarda kichik biznes sub’ektlarining mamlakatimizda yangi ish o’rinlarini tashkil qilish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishning muhim omili sifatidagi natijalari salmoqli bo’lib bormoqda. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling