O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti
-jadval O’zbekistonda yangi ish o’rinlarini yaratishda kichik biznes
Download 0.92 Mb.
|
Toshkent moliya instituti soliqlar va soliqqa tortish kafedras
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’rsatkichlar nomi 2011 yil 2012 yil 2013 yil
- 2-diagramma. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bandlikdagi ulushi 8
- 3-jadval O’zbekiston Respublikasi va viloyatlar bo’yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bandlikdagi ulushi 9
- Kichik biznes va xususiy Viloyatlar
- 2011 yil 2012 yil 2013 yil
- 3-diagramma. Kichik biznes sub’ektlari uchun belgilangan yagona soliq to’lovi stavkasining o’zgarish dinamikasi 10
- 4-diagramma. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning eksportdagi ulushi, foizda 11
- BOB. KICHIK BIZNES SUB’EKTLARINING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA SOLIQ TIZIMINING
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2012 yilda mamlakatimizda jami 940 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari tashkil etilgan bo’lsa, shundan qariyb 400 mingi kichik biznes sohasiga to’g’ri kelgan. 2013 yilda esa 950 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari yaratildi. Aynan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida yaratilgan ish o’rinlari fermer xo’jaliklari bilan birga hisoblaganda 600 ming kishidan ortiqni yoki 63.1 foizni tashkil etdi. 2013 yilda kichik biznes va O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlari. 18 xususiy tadbirkorlik sohasida mamlakatimizning iqtisodiyotida band bo’lgan jami aholining 75 foizi faoliyat ko’rsatdi. Bu esa kichik biznes sohasining aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o’rinlarini tashkil qilish muammosini hal etishda muhim o’rin egallashini ko’rsatmoqda yoki 2000 yilga nisbatan 24,6 foizga ko’paydi. 2-diagramma. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bandlikdagi ulushi8 Diagramma ma’lumotlardan ko’rinadiki, kichik biznes sub’ektlarining bandlikdagi ulushi 2003 yilda 49,7 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2013 yilda bu ko’rsatkich 75.0 foizga etdi yoki 2003 yilga nisbatan 25,3 foizga ko’paydi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bandlikdagi ulushini viloyatlar kesimida ko’radigan bo’lsak, Andijon va Samarqand viloyatlarida ushbu sohada band bo’lganlar soni 80 foizdan yuqoridir. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlari. 19 3-jadval O’zbekiston Respublikasi va viloyatlar bo’yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bandlikdagi ulushi9
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bu qadar jadal rivojlanishida eng avvalo mazkur soha uchun belgilanayotgan soliq imtiyozlari etarli darajadagi rag’batlantiruvchi rol o’ynayotganligi hisoblanadi. Xususan, 2012 yilda kichik biznes sub’ektlari uchun belgilangan yagona soliq to’lovi stavkasi 6 foizdan 5 foizga pasaytirildi. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlari. 20 3-diagramma. Kichik biznes sub’ektlari uchun belgilangan yagona soliq to’lovi stavkasining o’zgarish dinamikasi10 Diagramma ma’lumotlardan ko’rinadiki, 1998-2014 yillar mobaynida kichik biznes sub’ektlari uchun belgilangan soliq stavkalari 38 foizdan 5 foizga yoki 7 baravardan ortiqqa qisqargan. So’nggi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash tadbirlari ham kuchaytirildi. Xususan, 2012 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 1851,7 mlrd.so’m kredit ajratilgan bo’lsa, 2013 yilda esa bu ko’rsatkich 2690,2 mlrd. so’mni tashkil etdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalar keng jalb etilmoqda. Xususan, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Germaniya taraqqiyot banki, Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati va boshqa xorijiy investorlar tomonidan kreditlar ajratildi. 2012 yilda xalqaro moliya institutlari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga 146 mln. AQSh dollari hajmda kreditlar jalb etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida tayyorlandi. 21 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi o’rni asta- sekin kengayib bormoqda. Uning eksport xajmidagi ulushi 2013 yilda 18.0 foizni tashkil etib, bu ko’rsatkich 2012 yilga nisbatan 1.4 foizga oshgan. 2013 yilda kichik biznesning eksport hajmi 1723,6 million AQSh dollariga etdi. Ularning asosiy eksport mahsulotlarini qishloq xo’jaligi, to’qimachilik, ishlov beruvchi, elektrotexnik ishlab chiqarish mahsulotlari, xalq amaliy san’ati buyumlari tashkil etadi. 4-diagramma. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning eksportdagi ulushi, foizda11 Xulosa qilib aytganda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash hamda ular faoliyatini samarali tashkil etilishini amalga oshirilishini ta’minlash borasida vazifalar quyidagilardan iboratdir: joylardagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining samarali faoliyatiga halaqit berayotgan, to’sqinlik qilayotgan yoki qilishi mumkin www.stat.uz – O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi rasmiy sayti ma’lumotlari. 22 bo’lgan muammolarni muntazam ravishda o’rganib borish va o’z vaqtida bartaraf etish chora-tadbirlarini ko’rish; hududdagi bo’sh yoki samarali foydalanilmayotgan bino va inshootlar to’g’risidagi aniq ma’lumotlarning qisqa muddatlarda olinishi hamda ularning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga taqdim etilishi jarayonlarini samarali tashkil etish; kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati uchun yanada qulay muhit yaratish borasida har bir hududdagi o’ziga xos xususiyatlarni aniqlash va ulardan kelib chiqqan holda mavjud barcha imkoniyatlarni safarbar etish; kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish yo’lidagi har qanday byurokratik to’siqlarni bartaraf etish; hududdagi kichik biznes sub’ektlarining energiya, gaz, suv va kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti va boshqa shu kabi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishi jarayonlariga e’tibor qaratish hamda bu boradagi ilg’or tajribalarni qo’llash; mahallalarda oilaviy biznesni rivojlantirish bo’yicha mavjud imkoniyatlar va ularni ro’yobga chiqarish yo’llarini aniqlash, shu asosda oilaviy biznesni tashkil etishning namunaviy shakllarini tavsiya etish va qo’llab-quvvatlash; Respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo’llab-quvvatlab, ularni ichki va tashqi bozorda raqobatlasha oladigan, sifatli mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishni izchil yo’lga qo’ya oladigan mustahkam iqtisodiy sohaga aylanishini ta’minlash lozim. 23
BOB. KICHIK BIZNES SUB’EKTLARINING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA SOLIQ TIZIMINING Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling