O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti


-jadval O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlarida yagona soliq to’lovi salmog’ining o’zgarish dinamikasi (foizda)


Download 0.92 Mb.
bet7/14
Sana18.12.2022
Hajmi0.92 Mb.
#1027647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Toshkent moliya instituti soliqlar va soliqqa tortish kafedras

4-jadval


O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlarida yagona soliq to’lovi salmog’ining o’zgarish dinamikasi (foizda)13




Ko’rsatkichlar




2010 yil

2011 yil

2012 yil

2013 yil






















Davlat

maqsadli

jamg’armalar













daromadlarisiz - jami







100

100

100

100

























To’g’ri soliqlar










26,1

26,2

25,2

26,2

























Savdo

va

umumiy

ovqatlanish













korxonalaridan olinadigan yagona soliq













to’lovidan davlat budjetiga ajratmalar

2,2

3,3

3,4

3,2

























Yagona

soliq

to’lovidan

davlat













budjetiga ajratmalar







2,6

2,3

2,6

3,0





























  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga ilovalar asosida tayyorlandi.

25
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, yagona soliq to’lovining davlat budjetidagi ulushi unchalik yuqori salmoqqa ega emas. 2010-2013 yillarda yagona soliq to’lovi tushumlari dinamikasi o’sish tendentsiyasiga ega, uning salmog’i 2010 yilda jami daromadlarga nisbatan 4,8 foizni, 2011 yilda 5,6 foizni, 2012 yilda 6,0 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2013 yilda 6,2 foizni tashkil etgan, ya’ni uning jami daromadlardagi ulushini 1,4 foizli punktga ortganligini kuzatish mumkin.

Endi mazkur soliqning Toshkent viloyati Qibray tumani budjetidagi rolini aniqlab olish uchun tuman budjeti daromadlarining ko’rsatkichlariga murojat qilamiz.




5-jadval


Qibray tuman budjeti daromadlarida


yagona soliq to’lovi salmog’ining o’zgarish dinamikasi (foizda)14



Ko’rsatkichlar

2011 yil

2012 yil

2013 yil













Jami daromadlar

100

100

100













To’g’ri soliqlar

41.8

42,6

42,9













Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan










olinadigan yagona soliq to’lovidan davlat










budjetiga ajratmalar

6,8

7,1

7,8













Yagona soliq to’lovidan davlat budjetiga










ajratmalar

2,5

2,9

3,4













Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mikrofirma va kichik korxonalardan olinadigan yagona soliq to’lovi budjet daromadlarini shakllantirishda alohida ahamiyatga ega bo’lib, oxirgi yillarda o’sish tendentsiyasiga ega. Bunday holatni savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan olinadigan yagona soliq to’lovi tushumlarida ham kuzatish mumkin, uning salmog’i 2011 yilda jami daromadlarga nisbatan 9,3 foizni, 2012 yilda 10,0 foizni, 2013 yilda esa 11,2 foizni tashkil etgan. Mazkur holatni soliq to’lovchilar soni ortishi bilan izohlash mumkin.



  1. Qibray tuman DSI hisobot ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

26
Soliq tushumining oshishi yoki kamayishi u yoki bu mintaqada iqtisodiyotning tuzilishi va ixtisoslashuviga hamda korxonalarning moliyaviy ahvoliga qarab o’zgarib turadi. Shu nuqtai nazardan, soliqlar aslida har xil bo’lib, ham fiskal, ham rag’batlantiruvchiligi borligini alohida ta’kidlash muhimdir. Soliq tizimini shakllantirishda, turli mulkchilik shakllarining rivojlanishi, xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashuvi va tadbirkorlik faoliyatini kengayishi budjet daromadlarini shakllantirishda muhim manbaalardan biri sifatida yagona soliq to’lovi ham xizmat qilishi lozim. Chunki, bunda ikki yoqlama maqsadga ega bo’linadi: birinchidan, kichik biznes sub’ektlari yalpi tushumida fiskal vazifalarni bajarish hamda ikkinchidan kichik biznes sub’ektlari faoliyatini rivojlantirishga samarali xissa qo’shish.

Endi soliqqa tortishning umumiy tamoyillariga va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovidan foydalanish tajribasini hisobga olgan holda, ushbu soliqning bizning sharoitimizga moslashib harakat qilishini qo’rib chiqamiz. Eng avvalo, xo’jalik yurituvchi subektlar uchun yagona soliq to’lovining obekti yalpi tushum ekanligini aniqlash zarurdir. Kichik korxonalar uchun sodddalashtirilgan tizimning qo’lanilishi negizida nafaqat davlatning manfaati, kichik korxonalar uchun qulaylik, oddiylik va bunday tartibning afzallik jihatlari, balki kichik korxonalar faoliyatini rag’batlantirish ham yotadi.


Kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovining umumiy jihat va tomonlarini quyidagi tarzda ko’rsatish mumkin:





  1. Soliqqa tortishga tegishli bo’lgan yalpi tushum, mulkchilik shaklidan katiy nazar yagona soliq to’loviga tortiladi.




  1. Ushbu soliq bir tomondan kichik korxonalarni olib borilayotgan soliq siyosatiga amal qilishlarini ta’minlasa, ikkinchi tomondan mahalliy budjetni

to’ldirish manbai hamda boshqa soliqlar kabi doimiy muomalada bo’lishi lozim. Bundan maqsad kichik korxonalarning uzluksiz faoliyat olib borishlarini rag’batalantirish va bu bilan budjetga tushumlar tushishini ta’minlashdan iborat.





  1. Soliqni to’lash ishlab chiqarish jarayonida va soliq to’lovchi uchun ishlab chiqarish faoliyatida og’irlik tug’dirmasligi lozim.

27


  1. Mazkur soliq mahalliy budjet daromadalarini shakllantiruvchi to’g’ri soliq turi bo’lib hisoblanadi.




  1. Bozor munosabatlari rivojlanishi bilan istiqbolda mazkur soliqning budjet daromadlari manbai sifatidagi rolini oshishi muqarrardir.

Nazariy va amaliy nuqtai nazardan olib qaraganda kichik biznes sub’ektlari


uchun qo’llanilayotgan yagona soliq to’lovining roli va ahamiyati bundan ham oshib boradi.


Umumlashtirilgan holda yuqorida bayon qilinganlarga asoslanib xulosa qiladigan bo’lsak, mazkur soliqqa tortish tizimining soliq tizimida joriy etishdan quyidagi maqsad ko’zda tutilgan:


Birinchidan, yagona soliq to’lovi to’lovchilar soliq turlarini birxillashtirish, buxgalteriya va soliq hisobotlarini soddalashtirish negizida soliqqa oid qonunbuzilishlarini oldini olish;


Ikkinchidan, kichik tabdirkorlik subektlarini soliqlar va yig’imlarni to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajat va harakatlarni qisqartirish.


Xullas, ushbu soliq moliyaviy nuqtai nazardan olganda, rag’batlantiruvchilik va nazorat qilish, mahalliy budjetlar daromadalarini shakllantirish nuqtai nazaridan esa, fiskal vazifalarni bajaradi.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling