Bitiruv malakaviy ishi ob’ekti va predmeti. Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti bo’lib Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes sub’ektlari hamda ulardan undirilayotgan yagona soliq to’lovi hisoblanadi.
Kichik biznes sub’ektlarini soliqqa tortish jarayonida soliq sub’ektlari va davlat soliq organlari o’rtasida vujudga keladigan soliqqa oid munosabatlar bitiruv malakaviy ishining predmetini tashkil etadi.
Bitiruv malakaviy ishi maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi kichik biznes sub’ektlari faoliyatini soliqqa tortish tizimini tahlil etish va ushbu jarayondagi muammolarni aniqlash va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal etish belgilab olindi:
kichik biznes sub’ektlarini soliqqa tortishning ob’ektiv zarurligini davr talabiga mos ravishda o’rganib chiqish;
kichik biznes sub’ektlarini soliqqa tortishning rivojlanish bosqichlarini qiyosiy o’rganish;
kichik biznes sub’ektlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda
soliqlarning rolini ko’rsatib berish;
kichik biznes sub’ektlariining faoliyatini rag’batlantirishda va ularning moliyaviy barqarorligini oshirishda soliq tizimining rolini oshirishga qaratilgan
Karimov I.A. 2014 yil yuqori o’sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o’zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo’ladi. –T.: “O’zbekiston”, 2014. 16-bet
5
tavsiyalar ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishida asoslangan ilmiy xulosa va amaliy takliflardan kichik biznes sub’ektlarini soliqqa tortish tartibini takomillashtirishda, soliqqa oid munosabatlarni tartibga solishda, soddalashtirilgan soliq tizimi bo’yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |