2.2. Kichik biznes sub’ektlari uchun yagona soliq to’lovi elementlari
tahlili.
Ushbu savolda biz kichik biznes sub’ektlarini yagona soliq to’loviga tortish mexanizmida amal qilayotgan elementlarni, jumladan yagona soliq to’lovi to’lovchisi (subekt), soliq obekti, soliq solinadigan baza, soliq stavkalari, soliqdan beriladigan imtiyoz va boshqalarni tahlil qilamiz.
Yagona soliq to’lovini to’lovchilar bo’lib, Soliq kodeksining 350-moddasiga muvofiq, quyidagilar hisoblanadi:
xodimlarning soniga bog’liq holda: mikrofirmalar va kichik korxonalar;
28
xodimlarning sonidan qat’i nazar:
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari;
lotereyalar tashkil qilish bo’yicha faoliyatni amalga oshirish doirasidagi yuridik shaxslar.
oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan (ishonchli shaxs) sherik (ishtirokchi) - yakka tartibdagi tadbirkor.
Yagona soliq to’lovi quyidagi mikrofirmalar va kichik korxonalarga tatbiq etilmaydi:
aktsiz solig’i to’lanadigan mahsulot ishlab chiqarishni va yer qa’ridan
foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalarga, bundan maxsus pechlardan foydalangan holda energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalar asosida pishiq g’isht ishlab chiqaruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar mustasno;
yagona yer solig’i va qat’iy belgilangan soliq to’lash nazarda tutilgan faoliyat doirasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalarga;
mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchisi bo’lgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga.
O’zbekistonda kichik biznesni (tarmoq belgisi va doimiy ishlovchilar miqdori bo’yicha) aniqlash mezoni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 9 aprel 1998 yildagi “Xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-1987 sonli Farmoni bilan belgilab berilgan edi. Yuqoridagi farmonga ko’ra 2004 yilning 1 yanvaridan kichik tadbirkorlik (biznes) sub’ektlari toifasiga quyidagilar kiradi:
29
6-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |