O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 0.92 Mb.
bet3/14
Sana18.12.2022
Hajmi0.92 Mb.
#1027647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Toshkent moliya instituti soliqlar va soliqqa tortish kafedras

Bitiruv malakaviy ishi tarkibi kirish, uchta bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ob’ekti va predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy va amaliy ahamiyati asoslangan.

Birinchi bobda kichik biznes sub’ektlarini soliqqa tortishning nazariy asoslari izohlangan.


Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida kichik biznes sub’ektlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda soliq tizimining roli va uning tahlili amalga oshirilgan.


Uchinchi bobda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kichik biznes sub’ektlarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish yo’llari asoslab berilgan.


Bitiruv malakaviy ishining xulosa qismida mavzuni tadqiq qilish natijasida olingan xulosalar bayon qilingan hamda taklif va tavsiyalar berib o’tilgan.

6


I BOB. IQTISODIYOTNI


ERKINLASHTIRISH


SHAROITIDA



KICHIK


BIZNES


SUB’EKTLARINI


SOLIQQA



TORTISHNING NAZARIY ASOSLARI.


1.1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining mohiyati.

Bozor sharoitida mamlakat iqtisodiyotining barcha jabhalarida, jumladan, moliya, soliq va bank tizimlarida keskin o’zgarishlar ro’y bermoqda. Avvalo, bunday ijobiy o’zgarishlarga erishishimiz Prezident I.Karimov ta’kidlaganidek – “Mamlakatimiz chuqur iqtisodiy tanazzul davridan o’tib oldi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishdi, iqtisodiy o’sish uchun zarur shart-sharoitlar hozirladi”2. Bu shart-sharoitlardan kelib chiqib, hozirgi kunda dolazarb bo’lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka to’xtalishni maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. Shu sababli ilmiy ishimizning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni belgilovchi omillarini ko’rib chiqishni lozim deb topdik. Buning uchun avvalom bor, hozirgi kunda bizning iqtisodiy iboralar lug’atimizda ishlatilayotgan bir qator mulkdor, tadbirkor, biznes, biznesmen, xususiy korxona, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik kabi tushunchalarga to’xtalib o’tamiz.


Ushbu iboralarni tahlil etishimizdan maqsad kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda faoliyat yurituvchi xodimlar tomonidan ularni to’g’ri talqin etilishi asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Hozirda mulkdorlar sinfida tadbirkorlar asosiy o’rinlardan birini egallamoqda.


Tadbirkorlik faoliyati azaldan nazariyachi, iqtisodchi, moliyachi olimlarning diqqat e’tiborida bo’lib kelgan. Tadbirkorlikning birinchi ilmiy ta’rifini XVIII asr boshida ingliz olimi R.Kantilon bergan. Uning ta’kidlashicha, “foyda olish maqsadida o’zlarini o’tga-cho’qqa urib bo’lsa ham, bozor ayirboshlashga intiluvchi kishilarning yangi qatlami paydo bo’ladi”. Jan Batist


Sey esa tadbirkorni “Vositachi, ishlab chiqarish omillarining


2 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Islohatlar va investitsiyalar bo’yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash yig’ilishidagi ma’ruzasi. //”Xalq so’zi”, 2000 yil 2 fevral
7

muvofiqlashtiruvchisi, tajriba va bilim egasi”, deb ta’riflaydi. Uning daromad qismi tadbirkorlik qobiliyatining bahosi, deydi.

I.Shumpeterni olsak, u tadbirkorlikning besh muhim tomonini: iste’molchilarga noma’lum, yangi tovarlar ishlab chiqarishini yo’lga qo’yish, yangi ishlab chiqarishni qo’llashi va mavjud tovarlar tijoriyligini ta’minlashi; yangi tovarlarni o’zlashtirishi; yangi xom-ashyolardan foydalanishi; tarmoqni takomillashtirishini ko’rsatib beradi. Shuningdek, u “Tadbirkor mulkdor bo’lishi shart emas, u yollanuvchi bo’lishi ham mumkin. Tadbirkor yangi kombinatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxsdir”, deb ta’kidlaydi.


Agar O’zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi Qonuniga murojaat qilsak, unda – “Tadbirkorlik - tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarlik ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat” - deb ta’rif berilgan.


Hozirgi kunda bir qator iqtisodchi olimlarning tadbirkorlik tushunchasiga nisbatan bildirgan fikr - mulohazalarini umumlashtirgan holda tadbirkorlikni o’z va jalb qilingan moddiy-moliyaviy mablag’lardan unumli foydalangan holda faoliyat yuritish sifatida izohlash mumkin.


Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida respublikamizda tadbirkorlar firma, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchilardan, fermerlardan, tomorqa xo’jaligi sohiblaridan, aktsionerlik jamiyati a’zolaridan, yakka tartibdagi tadbirkorlardan, ishchi, xizmatchi va dehqonlar hisobidan vujudga kela boshladi.


Shu bilan bir qatorda, tadbirkorlik, biznes tushunchalari ham amalda qo’llanilmoqda.


Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida “tadbirkorlik” va “biznes” tushunchalari o’zaro yaqin bo’lib, amaliyotda ular bir-birlarini almashtirishlari mumkin. Rus adabiy tili lug’atida “biznesmen” go’yoki, tadbirkor, ishchan deb bilinsa, “biznes” esa faoliyat, foyda keltiruvchi mashg’ulot deb tushuniladi. “Tadbirkor” va “biznesmen” kabi tushunchalar bilan ishlab chiqarish, savdo,


8
moliyaviy va innovatsiya faoliyatlari bilan shug’ullanuvchi ma’lum miqdorda daromad olish niyatidagi inson ifodalanadi. Xorijiy va vatanimiz iqtisodchi olimlari o’z ilmiy va amaliy izlanishlarida tadbirkorlik biznesning iqtisodiy faoliyatining bir turi deb qarab, bu tushunchalar xususiy shaxslar, korxona, tashkilotlar tomonidan daromad olish maqsadida va shartnomadagi sheriklarining manfaatlarini ko’zlab, ishlab chiqarish, tovar sotib olish va sotish yoki boshqa tovarlar, xizmatlarga yoki pul ayirboshlash kabi erkin xo’jalik yuritish faoliyatini bildiradi - deb hisoblaydilar.

Iqtisodchi olim X.Abulqosimov “biznes” tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi: “biror faoliyati (ish) yuzasidan bo’lgan munosabat, aniqrog’i ishbilarmonlarning iqtisodiy munosabatidir. Keng ma’nosi - qonuniy yo’l bilan daromad topishga qaratilgan faoliyatdir”3.


Umumiy tarzda “tadbirkorlik” va “biznes” tushunchalari iqtisodiy mohiyati jihatidan deyarli unchalik katta farqqa ega emas, aslini olganda ular iqtisodiy munosabatlarni qamrab olish, ya’ni turlanishida mavjud bo’ladi.


Aniqroq qilib aytganda, “biznes” tushunchasi, “tadbirkorlik” tushunchasidan keng bo’lib, ikkinchisi birinchisi tarkibida bo’ladi, ya’ni foyda yoki daromad olish maqsadida qilinadigan iqtisodiy faoliyatlarning barchasi (qonun yo’l qo’ygan darajada) biznes termini orqali tavsiflansa-da, “tadbirkorlik” borasi esa biz o’sha sodir etiladigan iqtisodiy munosabatlarning mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, ishlar bajarish darajasidagilariga qo’llay olamiz. Shunday qilib, “tadbirkorlik” va “biznes” tushunchalarini farqlash mezoni qilib iqtisodiy faoliyatning mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltirilganligi yoki yo’qligi olinadi. Demak, biznes bu keng tushuncha bo’lib, uni ilmiy - nazariy jihatdan tadqiq etish maqsadida yirik, o’rta va kichik turlari farqlantiriladi.



  1. Abulqosimov X. Xususiy kichik tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishining iqtisodiy muammolari. –T.: TDTU nashriyoti, 1998. 6-bet

9
Ilmiy ishning ob’ekti kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bo’lganligi tufayli “kichik” va “xususiy” korxona mohiyatini ochib berishga harakat qilamiz.


Hozirgi kunda iqtisodiy adabiyotlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy mohiyatini maxsus mulk shakliga asoslangan alohida korxona turi sifatida noto’g’ri talqin etish keng tarqalgan.


Bizning fikrimizcha, “kichik” so’zi mulk shaklini ifodalamaydi, balki faqat korxona ko’lamini xususiyatlaydi.


“Biznes”, “kichik biznes”, “xususiy tadbirkorlik” tushunchalari ko’pincha bozor iqtisodiyotiga bog’langan holda, uning elementlari hamda unda samarali faoliyat yuritish vositalari sifatida talqin etilmoqda. Ayni vaqtda, bu tushunchalarning amalda qo’llanilishi, real kuchga kirishi bozor iqtisodiyoti sharoitida kengroq, ommaviy namoyon bo’la boshladi. Biznes, ishbilarmonlik, tadbirkorlik bir-biri bilan uzviy bog’liq tushunchalardir. Biznes ma’lum bir faoliyat bilan shug’ullanish, o’sha faoliyatni o’zining kundalik hayot va harakat tarziga aylantirib olish, u bilan doimiy shug’ullanishdir. Biznes o’zidagi iqtisodiy, moliyaviy, tabiiy, ma’naviy, intellektual imkoniyatlari, qobiliyatlari, sharoitlarni ishga solishi orqali natijalar olishdir. Xullas, biznes faollik va yuqori iqtisodiy-ijtimoiy samaralarga erishib, farovon hayot tarzining asoslarini bunyod etishdir.


Korxonaning “kichik va xususiy” turlarini muhim belgilaridan biri o’z ishiga, mulkiga bevosita egalik qilishdir. Bunda mulk va nazoratning aynan ichki bog’liqligi, mulkdor va tahlika bilan bog’liq to’la javobgarlik va ma’suliyatni o’ziga qabul qila oladigan boshqaruvchini, moddiy javobgar shaxsning yagonaligi muhimdir.


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini to’laroq ochib berish uchun, uning boshqa iqtisodiy sub’ektlari (yirik biznes)dan farqli jihatlari, qolaversa, afzalliklari xususida to’xtalib o’tish lozim bo’ladi. Xususan, amerikalik iqtisodchi R.Styuart kichik biznesning xususiyatlari sifatida quyidagilarni ko’rsatib o’tadi:


10

  • kichik biznes, ko’pchilik yangi mahsulot yoki xizmat turining bunyod etilishi uchun boshlang’ich ishlab chiqarish nuqtasidir. Bir shaxs birorta g’oyani

amalda tatbiq etishga urinadi. Agar, u muvaffaqayatli bo’lib chiqsa, biznes o’sadi yoki mahsulot yirik korxona tomonidan sotib olinadi;





  • kichik biznes ixtisoslashgan mahalliy ehtiyojlarni qondirishga yaxshi moslashgan bo’ladi;




  • kichik biznes shaxsga tajriba orttirish imkonini berish mumkin va

o’zlariga keyinchalik kengroq miqyosda qo’l kelishi mumkin;





  • ommabop ishlab chiqarilgan mahsulotlar joniga tekkan iste’molchilarga, hunarmandlar shaxsiy reja bo’yicha ishlangan mahsulot taklif etishlari mumkin;




  • kichik biznes o’z iste’molchisini shaxsan bilishi mumkin bo’lgan xizmat turlarini taklif etadi;




  • yakka mulkdor, iste’molchilarning ishini yoki bajarishidan manfaatdor shaxsga nisbatan ishonchlilariga tayanadi.

Iqtisodchi olim A.Gronning fikricha, kichik biznes ushbu afzalliklarga ega:





  • ko’p tomondan iqtisodiy o’sishning sur’atlarini belgilaydi;




  • moddiy, moliyaviy va kadrlar resurslarini samarali taqsimlashga yordam beradi;




  • ish o’rinlarini vujudga keltiradi;




  • yangi ish joyining tashkil etish yirik korxona qurilishi va ishga tushishiga qaraganda ancha ko’p foyda beradi.

Iqtisodchi olim N.To’xlievning kichik va xususiy tadbirkorlik (biznes) haqida shunday fikrlari mavjud: birinchidan, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan bevosita bog’liq masala bo’lib, jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy negizini mustahkamlashda xizmat qiladi; ikkinchidan, o’rta mulkdorlar sinfini shakllantiradi va ayni paytda ishlab chiqarishni bozorni iste’mol mollari va xizmatlar bilan ta’minlashning muhim omili hisoblanadi4.





  1. To’xliev N. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti. -T.: “O’zbekiston milliy entsiklopediyasi”, 1998 8-bet

11
Iqtisodchi olim E.Egamberdievning yozishicha: kichik biznes – xo’jalik yuritishning shunday shakliki, bunda korxonalar davlatga bog’liq bo’lmagan holda mustaqil faoliyat olib boradilar. Ular ishlab chiqaradigan mahsuloti turlarini, hajmini o’zlari belgilaydilar; o’z xohishlariga ko’ra mahsulotni xohlagan bahoda, xohlagan sharoitda sotadilar yoki xizmat ishlarini bajaradilar; korxonani rivojlantirish jamg’armasiga, ijtimoiy ishlarga, rezerv fondiga foydadan ajratmalar me’yorini, mehnatga haq to’lash shakli va miqdorini ham o’zlari ixtiyoriy ravishda belgilaydilar; mahalliy sharoitga tez moslashadilar, tezda bir qarorga keladilar va h.k.2

Dunyo tajribasi shundan dalolat bermoqdaki, kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari, o’rta va yirik korxonalarga nisbatan bozor talabiga qisqa muddat ichida moslasha oladi, mehnatni tashkil etish, yangi texnikani va texnologiyani ishlab chiqarishga joriy etish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etib undan samarali foydalanish kichik korxonalarda boshqalariga nisbatan tezda ro’yobga chiqadi.


Iqtisodiyotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning faoliyati yirik korxonalarni ayrim hujjatlardan xalos etadi. Ko’p hollarda yirik korxonalarda qo’llaniladigan yangi texnika va texnologiya kichik korxonalarda qo’llanilganda ko’proq samara beradi. Kichik korxonalar jamiyat uchun boshqa korxonalarga nisbatan ko’proq yangi tovarlarni etkazib beradi, hamda iste’molchilarning talabini kengroq o’rganib, bu faoliyatini shu talabga moslashtiradi. Kichik korxonalarda mehnatni tashkil etish iste’dodli kadrlarning ijodiy faoliyatidan samarali foydalanish ularni jamiyatda o’z o’rnini topishiga imkoniyat yaratadi. Davlatga qarashli bo’lmagan va yangidan vujudga kelayotgan tuzilmalarni rivojlantirishga faol yordam ko’rsatish ham, raqobatchilik muhitini vujudga keltirishga, bozor munosabat-larini yanada rivojlantirishga yordamlashishi lozim.


Bugungi kunda, O’zbekistonda kichik va xususiy tadbirkorlikning faoliyati voqelikka aylandi. Shunisi muhimki, kichik va xususiy tadbirkorlik



  1. Egamberdiev E. Kichik biznes va tadbirkorlik. –T.: “Ma’naviyat”, 2003. 57-bet

12
iqtisodiyotning deyarli barcha sohalarida barpo qilinmoqda. Ana shundan kelib chiqqan holda, respublika hukumati ko’p qirrali iqtisodiyotni shakllantirishi va bunda xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikga birinchi darajali ahamiyat berishning strategik vazifa deb belgilab oldi. Chunki, o’lkamizning o’ziga xos xususiyati, rivojlangan qishloq xo’jaligi va xom ashyo bazasi, xalqimizning turmush va tafakkur tarzi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada faol rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yuzaga keltiradi.

Bizning fikrmizcha, ana shu maqsadga erishish uchun:


birinchidan, qonunchilikda bu barcha ko’zda tutilgan rag’batlantirish va imtiyoz ularning amalga oshirilishini ta’minlash kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yulidagi barcha to’siqlariga barham berish zarur;


ikkinchidan, islohotlarning bu muhim yo’nalishini qo’llab-quvvatlash uchun yangi manbalarni izlab topish, mavjud imkoniyatlarni yanada kengaytirish lozim. Buning uchun, avvalo, ichki manbalarni, bank kreditlaridan foydalanish ko’lamini kengaytirish kerak;


uchinchidan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik-kelajakda ishlab chiqarish tarkibida, eksport tarkibida harakatchan, tez o’zgarish qobiliyatiga ega bo’lgan tarmoq sifatida iqtisodiyotda etakchi o’rin tutishga erishish kerak;


to’rtinchidan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sifatli hamda zamonaviy texnik baza negiziga erishish kerak. Bozor infratuzilmasini maxsus markazlar, lizing kompaniyalar tarmog’ini har tomonlama servis xizmati yo’li bilan rivojlantirish lozim;


beshinchidan, alohida ajratilgan shaxsiy tomorqalarning yanada rivojlanishi va mustahkamlanishiga jiddiy e’tibor berish darkor. Tomorqaga ichki bozorni mahsulotlar bilan, eng avvalo, oziq-ovqat mollari bilan to’ldirishning aholi daromadlarining eng muhim manbalaridan biri bo’lgan kichik, oilaviy biznes shakli deb qarash mumkin.


Kichik va xususiy korxonalarning afzal tomoni shuki, ular ishlanmalarni tadqiqotning birinchi bosqichida olib boradi. Bundan ko’p moddiy, aqliy va


13
moliyaviy harakatlar talab etilmaydi, natijada, ularda innovatsiya jarayonlarida xarajatlar yiriklarnikidan kam bo’ladi.

Jahon tajribasi ko’rsatayotganidek, umuman kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish o’rta mulkdorlar sinfining paydo bo’lishiga, barqaror soliq solinadigan bazaning kengayishiga yordam beradi. Shu bilan birga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish ayniqsa qishloq joylarda yangi ish joylarini ochish hamda yoshlar orasida ish bilan bandlik muammosini hal etish bilan bog’liq muhim ijtimoiy rolni bajaradi.


Shuni e’tiborda tutish kerakki, soliq tizimi davlat iqtisodiy siyosatini yo’nalishiga qarab va amaldagi soliqlar natijalarini hisobga olib muttasil takomillashtirilib borilmoqda. Uni takomillashtirishga oid joriy tadbirlar soliqlar miqdorini oqilona qisqartira borish, ba’zi to’lovlarni birlashtirish, kichik va xususiy tadbirkorlik korxonalari uchun soddalashtirilgan va imtiyozli tizimni joriy etishga qaratilgan. Chunonchi, 2008 yil 1 yanvardan kuchga kirgan O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bilan ham kichik biznes sub’ektlari uchun soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga, ya’ni turli-tuman soliqlar o’rniga yagona soliq to’lovi to’lashga o’tishlarini belgilab qo’yildi. Bunday tizimga o’tish soliq organlaridagi hisobga olish va hisobot yuritish xodimlarining ishini engillashtirishi va potentsial qonunbuzarliklar va qoidabuzarliklar miqdorini qisqartirishi kerak. Soliq organlari ma’lumotlariga qaraganda, kichik korxonalarning taxminan 1\4 qismi yagona soliq to’lovi to’lashga o’tgan. Bu soliq yukini sezilarli darajada kamaytirmaydi. Chunki yangi soliq tizimi sharoitida foydaga emas, balki mahsulot sotishdagi tushumga soliq solinadi. Bunda korxonaning kattaligi, chiqariladigan mahsulot va olingan foyda hajmidan qatiy nazar, soliq to’lovchilarning barcha toifalari uchun soliqning yagona qatiy stavkasi belgilanadi. Iktisodiyot yillar o’tgan sari rivojlanib, takomillashib borar ekan, uning asosida soliqlar ustun o’rinni egallaydi. Shu bois, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda mamlakatda faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub’ektlari tomonidan yaratilayotgan mahsulotlarni yalpi ichki mahsulotdagi hissasi va sifati, aholi bandligini


14
ta’minlashdagi samarasini oshirish hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan hisoblanadi.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling