Tadqiqotning ob’yekti va predmeti. Sharq mutafakkiri Robindranat Tagorning diniy-falsafiy qarashlari tadqiqotning obyekti, Tagorning she’riy va nasriy asarlari asosida diniy - falsafiy konsepsiyasini falsafiy-germenivtik tahlil qilish tadqiqotning predmeti hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Tagorning diniy-falsafiy ta’limotining xususiyatlari va mazmunini uning falsafiy-adabiy asarlari konteksida ochib berish.
Tadqiqot quyidagi vazifalarni oʻz ichiga oladi:
Robindranat Tagorning asarlaridagi diniy – falsafiy dunyoqarashlarining nazariy konseptual asoslarini falsafiy ta’limot sifatida oʻrganish;
Robindranat Tagor ijodida inson muammosining falsafiy talqinini tadqiq etish;
Robindranat Tagornning diniy - falsafiy qarashlarini uning “Gitanjali” asari asosida tahlil qilish;
Robindranat Tagor asarlari asosida inson va uning tabiati, jamiyatdagi oʻrni va uning kamolga yetishini ochib berish;
Tagor ijodidagi insonparvarlik va bag’rikenglik gʻoyalarining bugungi zamonaviy dunyo uchun ahamiyaini falsafiy tahlil etish;
- Robindranat Tagor falsafasini, xususan diniy - falsafiy qarashlarini aniqlash va bir tizimga keltirish, undan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanilayotgan tadbirlarni takomillashtirishga amaliy koʻmaklashish.
Ilmiy yangiligi. Robindranat Tagorning diniy - falsafiy qarashlarini she’riy va nasriy asarlari asosida tizimli holda oʻrganilib, unda insonparvarlik, bag’rikenglik axloq va din oʻrtasidagi bogʻliqlik va uning ahamiyati tadqiq qilindi. Shu jihatdan ilmiy tadqiqot ishini shakllantirishda mavzuning ilmiy yangiligi va ahamiyati quyidagicha belgilandi:
Robindranat Tagor ijodida inson muammosining falsafiy tahlili va asarlarining tarjimasi berib oʻtiladi;
“Gitanjali” asaridagi diniy - falsafiy qarashlar oʻrganilib, uning mazmun mohiyati falsafiy jihatdan ochib beriladi;
Tagorning nasriy asarlaridagi gumanistik konsepsiyalar falsafiy jihatdan oʻrganilib chiqiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |