O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti


XIX-XX asrlarda Hindiston va unga tutash hududlarda diniy-falsafiy qarashlarning o’ziga xosligi


Download 66.82 Kb.
bet6/8
Sana20.02.2023
Hajmi66.82 Kb.
#1215386
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MD JAVOHIR

1.2. XIX-XX asrlarda Hindiston va unga tutash hududlarda diniy-falsafiy qarashlarning o’ziga xosligi
XVIII asrning 70-80-yillarida ingliz mustamlakachilariga qarshi Bangol deqqonlarining dastlabki katta qo’zg’olonlari bo’ldi. Keyin asta-sekin butun Hindiston zulm-zo’rlikka qarshi kurash, hujumkor qo’zg’olonlar o’chog’iga aylana bordi. Mamlakat boyliklarining talanishi, milliy g’ururning yanchilishiga hind xalqi ortiq toqat qilolmay qoldi. Hindistondagi milliy uygonish harakatlari 90-yillardan so’ng Tagor ijodiyotida ozodlikning yangi ufqlarini ochdi, yangi-yangi g’oyaviy to’lqinlar olib kirdi.
Mana, ko’kda quyosh. U bor. “Ammo uning fayzi yo’q”. Mana, tungi oy. Uning o’zi boru, ammo nuri so’niqdir”. Xonadonlarda hayot kezib yurganday. Biroq baxt yo’qdir ularda. Bir zamonlar ulug’ Hindiston Tagorning ko’z o’ngida mana shunday manzaralarda gavdalanib turgan. U o’z asarlarida baxtsizlikning hind xonadonlarida bekinib olish sabablarini chuqur tekshiradi. Xalq ongidagi qoloqlik va nodonlik illatlari ham shu baxtsizlikning uzayishiga xizmat qilayotgaligini yozuvchi juda ko’p o’rinlarda haqqoniy e’tirof etadi. Uningcha, eskirgan qarashlar, allaqachon umrini yashab bo’lgan urf-odatlar tuzog’idan qutila olmagan xalq bamisoli oqishdan to’xtayotgan daryodir:
Ado bo’lar qotib qolgan xalq,
An’analar botqog’i aro…

Tagor ulkan ruhiyatli shoir. Nasrda ham u shoirlik ehtirosiga sodiq qoladi. Yozuvchining ko’pchilik hikoyalaridagi ma’nolar she’riy ohanglar bag’ridan joy topganday. Umrida Gangni ko’rmagan odam ham Tagor romanlaridagi ohanglarda bu azim daryoning qudratli oqimi va undagi erkinlikni tasavvur eta oladi deb o’ylayman. “Adabiyot so’z bilan ifoda qilolmagan narsasini ohang bilan ifodalaydi. Ohang so’zlardagi g’am-g’ussalarga jon bag’ishlaydi”, – degandi u. Adib ohang orqali so’z va suvratlarni jonlantirish uslubidan ijodida keng foydalangan. Bu “uslub”ni qo’llash uning qalb ehtiyoji. Balki shuning uchun Tagor tasviridagi tabiat manzaralari, romantik xayollar, ruhiy suvratlar rangin bo’yoqlari bilanginamas, musiqiy ohanglari bilan ham favqulodda umidbaxshdir. Ammo eng umidbaxshi, u yaratgan qahramonlar qalbidagi E’tiqod ohanglari. Ularning tomirida xun talashgan Vijdon tovushlaridir.


Tagor ingliz mustamlakachilariga qarshi kurash quroli tarzida ikki narsaga qayta-qayta urg’u beradi. Bulardan biri – erkin Ruh. Ikkinchisi – ma’rifatli Aql. “Bizning yurtimiz Aql hurligidan allaqachonlar judo etilgan. U faqat saltanatinimas, savollar bermoq shijoatinn ham yo’qotdi”. Bu – Tagorning so’zlari. Xuddi shu parokandalik va aqliy tanballik mamlakatda tafakkurli kishilarning ozayib ketishiga sabab bo’lgandi. Fikrli odamlarning borlari ham “yangi haqiqatlarni axtarish bilan emas, eski aqidalar muhofazasi bilan” band edilar. Yozuvchini qiynagan katta muammolardan biri mana shudir. Tagorni san’atkor “tabib” deb ta’riflash joiz. Uning asarlari inson ruhi xastaliklari va qalb jarohatlarini davolashga xizmat etishi bilan g’oyatda e’tiborli. Tagor tushunchasida bosqinchilik yuzaga chiqargan “tashabbus”, kelgindilar olib kelgan tartib-qoidalar xalq axloqi va ma’naviy sog’lig’ini yemirib, hind Ruhini majruhlantiradigan kasallikday narsalar edi.
Tagor “Muddao” to’plamidagi she’rlaridan birida:

G’aflat uyqusida yotibdi yurtim


Bejon va behush…
Hayot daryodagi ojiz qayiqday
Suzar mayoqsiz…

degan hasrat so’zlarini bitgan edi. Xo’sh, bir vaqtlar shu qadar g’aflatga cho’kkan Hindiston o’z erki, ozodligini inglizlarning yovuz panjasidan qanday qilib tortib oldi? Buning sabablari ko’p. Men shulardan bittasini alohida ta’kidlab o’tmoqchiman.


Abdulla Qahhor Tagorga bag’ishlangan maqolasida yozgan: “Mustamlakachilik faqat mamlakatni g’orat qilmaydi, undan ham yomonrog’i odamlarni, xalqni ruhan g’orat qiladi, shunday qiladiki, qul hayotini kechirayotgan, insonga nomunosib hayot kechirayotgan odamda shu hayotga qarshi norozilik, isyon ruhi butkul so’nadi”. Isyon ruhidan mahrum olomonni xohlagancha ezish, istalgan yo’lda taqqirlash mumkin. U chidayveradi. Chidam – erksizlikning ikkinchi bir nomi. Chidam – yurt tuyg’usi toptalgan xalqning yashash tarzi, qon-qoniga singib ketgan manfur odati. Tagor har bir asarida ana shu odatning ildiziga bolta urgan. Qul hayotini kechirayotgan yurtdoshlariga nodonlik, g’ofilliklarining tub sabablarini obrazli manzaralarda tasvirlab ko’rsatgan. Hindlar ingliz mustamlakachilari ustidan birdaniga g’alaba qilgani yo’q. Buning uchun ikki asrlik uzoq muddat kerak bo’ldi. Shu vaqt mobaynida hind xalqi, avvalo, o’zining ustidan o’zi g’oliblikka erishdi Ya’ni, tafakkur taraqqiyotiga to’siq bo’layotgan qoloq aqida va an’analarga keskin barham berildi: qo’rqoqlik, mutelik so’qmoqlaridan jasorat va milliy g’urur yo’llariga chiqildi:
Kurashda ora yo’lda to’xtash – Tagor nuqtai nazari uchun yot narsa. Shu bois ham yozuvchi yaratgan xarakterlar fikr va amaliyotda bir-birlarini to’ldirib boradilar. “Gourmahon” romanining qahramoni Gora qaysidir fazilatlari bilan Shoshibushonga yaqin va maslakdosh. U ham Shoshiga o’xshab nurga, ziyoga talpinadi. Biroq “Chin Hindiston siymosi, ulug’vor Hindiston siymosi»dan uning qalbi va hayot yo’li butkul munavvardir. U e’tiqodda sobit. “Hindistonning nimaligiga aqling yetadimi? Uni qanday bo’lsa shu holicha tasavvur qila olasanmi? Mana, sen kecha-kunduz shu Hindistonni deb ishlaysan, qani ayt-chi, bu Hindiston o’zi qanaqa?” Bunday savollarga Gorada javoblar aniq. Uning ulug’ maqsadi, birinchi galda, ona xalqini aqli pastlik va jaholat botqog’idan qutqarish. Buningsiz u ozodlikni tasavvur etolmaydi. U bag’rida kelishuvchanlik, zarracha bo’lsin, haqsizlik tuyg’ularini yashirgan Aqlga inonmaslikka chaqiradi. Chunki bunday Aql tashqi voqelikdagi aldov va yovuzliklar bilan olishuvda ham mug’ombirlik qiladi. Gora inglizlarning g’oyalarini qabul qilishni xo’rlik hisoblamaydi, ammo, ayni paytda bu g’oyalar xalqning o’z qadr-qimmatini his qilishga yordam berolmasligini teran bilardi. Bilgani uchun ham maskanlar va “ertalab soat o’ndan kech soat beshgacha “qo’l” bo’shamaydigan joylarda – mahkama va korxonalarda Hindiston yo’qligini kuyinib so’zlagan.


Download 66.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling