O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti


Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari


Download 66.82 Kb.
bet4/8
Sana20.02.2023
Hajmi66.82 Kb.
#1215386
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MD JAVOHIR

Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Alloma ijodini diniy- falsafiy tahlil qilish magistrlik dissertatsiyasida koʻriladigan asosiy masaladir. Shu bilan birga asarlardagi gumanistik konsepsiyani tahliliy ishlash va oʻsha davrdagi ijtimoiy, siyosiy va ma’daniy turmush tarzini yoritish asosiy oʻrin tutadi. Tadqiqotdan koʻzlangan maqsad va faraz Tagorning boy ma’naviy va madaniy konseptual qarashlarini tahlil qilishdir.
Tadqiqot mavzusi boʻyicha adabiyotlar sharhi.
Tagor ijodini toʻlaqonli oʻrganish chet el olimlari tomonidan , xususan Hogan, P. C.; Pandit,5 L. (2003), “Rabindranath Tagore: Universality and Tradition”, (“Robindranat Tagor: Umumbashariylik va An’ana”), Dyson, K. K.6 (2001), "Rabindranath Tagore and His World of Colours", (“ Robindranat Tagor va uning ranglar dunyosi”) , Tony K.Steward va Chase Twichell7 bilan hammualliflikda Rabindranath Tagore : “Lover of God” ( Robindranat Tagor: “ Xudoning suyukligi”) Kalyan Sen Gupta “The philosophy of Rabindranath Tagore”, ( Robindranat Tagor falsafasi” ), rus olimlaridan T.G. Skoroxodova va M.I Tubyanskiy tomonidan keng o’rganilgan.
Shoir ijodiy merosini oʻrganishda Qodir Mirmuhamedov, Amir Fayzulloh, Ibrohim Haqqul,kabi olimlarning alohida oʻrni bor.
Yuqorida keltirilganlar koʻrinib turibdiki, Tagorning poeziyasini oʻrganish boʻyicha bugungi kunda ham bu ishlar davom ettirilmoqda. Biroq, adib asarlari falsafiy jihatdan o’zbek tilida keng yoritilmaganligi achinarli hol hisoblanadi.
Tadqiqotda qoʻllanilgan metodikaning tavsifi. Tadqiqot ishining metodologik asosini antropologiya, din, axloq va ma’naviyat, barkamollikka erishgan inson, insonparvarlik, bag’rikenglik, hurfikrlilik, ozodlik, erksevarlik, hayot mazmuni muammolariga bagʻishlangan falsafa, metodologiya, tarix va ilmiy falsafaga oid klassik asarlar tashkil etadi. Tadqiqot davomida qiyosiy va qiyosiy tahlil usullari, shuningdek, biografik va ideografik yondashuv qoʻllanildi. Tadqiqot jarayonida dialektika, germinevtika usullaridan foydalanish bilan birga, uning ob’yektivlik, mantiqiylik va tarixiylik tamoyillariga tayanildi.

Download 66.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling