O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


-bob. DEMOGRAFIK VAZIYAT VA UNING INSON


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

8-bob. DEMOGRAFIK VAZIYAT VA UNING INSON 
TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI 
 
8.1. Demografik jarayonlarni o‘rganish manbalari 
8.2. Doimiy aholi soni va unga ta’sir etuvchi omillar
8.3. Aholi soni dinamikasi ko‘rsatkichlari 
8.4. Aholining jins tarkibi 
8.5. Aholining yosh tarkibi 
8.6. Aholining joylashishi bo‘yicha tarkibi 
8.7. Aholining iqtisodiy tarkibi 
8.8. Demografik siyosat olib borish uslublari 
8.1. Demografik jarayonlarni o‘rganish manbalari 
Demografik jarayonlarni o‘rganishda aholiga doir nashr etilgan 
raqamli ma’lumotlar, ilmiy manbalar, maxsus tadqiqot natijalaridan, 
ya’ni demografik ma’lumotlardan foydalaniladi. Demografik 
ma’lumotlar birlamchi va ikkilamchi tavsifga ega.
Birlamchi ma’lumotlar – demografik jarayonlar haqida to‘plan-
gan dastlabki statistik ma’lumotlar, jadvallar va maxsus 
ko‘rsatkichlar. Ikkilamchi ma’lumotlar – bu birlamchi ma’lumotlar 
asosida olib borilgan ilmiy tahlil va hisob-kitoblardir.
Aholi haqidagi axborot tizimi barcha aholini qamrab oluvchi 
ikkita asosiy manbadan iborat bo‘lib, bular aholi ro‘yxatlari va tabiiy 
harakatning joriy qayd etilishini, shuningdek, tanlama tadqiqot, aholi 
registrlari kabi qo‘shimcha manbalarni o‘z ichiga oladi. 
Aholi ro‘yxatlari va aholini joriy qayd etishdan olinadigan 
ma’lumotlarsiz demografik koeffitsiyentlarni hisoblab bo‘lmaydi. 
Aytish joizki, bu koeffitsiyentning sur’ati joriy qayd etish bo‘lsa, 
maxraji aholi ro‘yxati yoki uning asosida olingan hisob-kitoblar 
bo‘ladi. 
Aholi ro‘yxati – aholi haqidagi muhim axborot manbalaridan 
biri bo‘lib, aholi soni va uning harakati haqidagi ma’lumotlarni 
yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish jarayonidir. BMT ta’rifiga 
ko‘ra, aholi ro‘yxati – bu ma’lum vaqtda mamlakatda yoki uning 
cheklangan bir qismida yashovchi jami aholi haqidagi demografik, 


97 
iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, tahlil 
qilish va nashr etish jarayonidir. 
Aholi tabiiy harakatining qayd etilishi fuqarolik holati 
dalolatnomalarini qayd etishga asoslanadi. Aholining tabiiy harakati, 
uning takror barpo bo‘lishi bevosita (tug‘ilish, o‘lim) va bilvosita 
(nikoh, ajralish) ta’sir etuvchi demografik jarayonlarni o‘z ichiga 
oladi. Tabiiy harakat haqidagi axborot asosida mamlakat aholisining 
soni, tabiiy harakatining nisbiy ko‘rsatkichlari hisoblanib, ular 
asosida aholi soni va tarkibining istiqboldagi prognozi amalga 
oshiriladi.

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling