O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «iqtisodiyot» fakulteti


 Moliyaviy hisob va uning asosiy ko‘rsatkichlari


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/80
Sana13.05.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1455435
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   80
Bog'liq
Ташқи иқтисодий фаолият статистикаси.Аюбжонов А.Х ва бош. Ў-қ 2007.

8.4. Moliyaviy hisob va uning asosiy ko‘rsatkichlari 
«Tashqi dunyo» tarmog’ining moliyaviy hisobi, asosan, turli xil tarmoqlarga 
tegishli bo‘lgan, chet el aktivlari, qabul qilingan moliyaviy majburiyatlar bilan 
rezidentlar o‘rtasida bajariladigan iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshiradi. 


97 
8.4.1 – jadval 
Moliyaviy hisob
Resurslar
Foydalanish 
Qabul qilingan moliyaviy vazifalar. Moliyaviy aktivlarni hosil qilish 
Sof kreditlar. 
Sof qarzlar. 
JAMI. 
JAMI. 
Moliyaviy hisobning pirovard qoldig‘i sof kreditlar yoki qarzlar hisoblanadi. Bu 
qoldiq moliyaviy aktiv va passivlar qoldig‘iga teng bo‘lishi kerak. Moliyaviy 
hisobning muvozanatlashgan ko‘rsatkichi moliyaviy aktiv va passivlarning o‘zgarishi 
hisoblanadi. Bu operatsiya turlarini aniqlash, davlatlar yoki milliy iqtisodiyot 
sektorlari o‘rtasidagi, moliyaviy tuzilma o‘zgarishlarni va holatini aniqlashga yordam 
beradi. «Tashqi dunyo» tarmog’i moliyaviy hisobining bir qancha ko‘rsatkichlari 
bo‘lib, bu ko‘rsatkichlar orqali tarmoqlar bilan amalgam oshiriladigan operatsiyalarni 
aniqlash mumkin. Buning uchun asosan, davlat statistikasi hisoblarining xalqaro 
jahon standarti ko‘rsatkichlariga moslashtirib borishimiz kerak. Bundan tashqari
barcha statistik hisobot shakllari va buxgalteriya hisobot hujjatlarini to‘ldirishda 
yoppasiga statistik kuzatishlar olib boorish bilan birga tanlama hamda asosiy 
massivni kuzatish va boshqa kuzatish usullaridan foydalanishimiz kerak bo‘ladi. 
Yangi milliy hisoblar tizimiga o‘tishimizdan asosiy maqsad O‘zbekiston 
Respublikasi iqtisodiyoti rivojini tartibga solish samaradorligini oshirishdan iborat. 
Buning uchun etarli shart-sharoit yaratish, uning faoliyati, roli va ahamiyatini bozor 
iqtisodiyoti talabiga mos keladigan axborotlar tizimi orqali jahon hamjamiyati 
doirasida xolisona tahlil etish, boshqaruvga oid echimlar natijasini to‘g‘ri baholash, 
rivojlanish istiqbolini ilmiy bashorat qilishdan iborat. Buning uchun quyidagi asosiy 
vazifalarni hal etish kerak bo‘ladi: 
- davlat statistika va hisoboti tizimi umum uslubiy asoslarini qayta ko‘rib 
chiqish va ularni jahon amaliyotida qabul qilingan qonun-qoidalariga moslashtirish; 
- milliy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni xalqaro me’yorlarga moslashtirish, 
O‘zbekiston Respublikasida milliy hisoblar tizimini yaratish, shu jumladan, milliy 
iqtisodiyotning tarmoq va sektorlariga tatbiqan milliy hisoblar tizimini barpo qilish; 
- XXB ko‘rsatkichlarini MXT ko‘rsatkichlari bilan uyg‘unlashtirish, MXT 
tasviri bo‘yicha tarmoqlararo balanslar(TAB) ishlab chiqish; 
- milliy iqtisodiyot ahvolini tasvirlovchi ko‘rsatkichlar tizimining tarkibi, 
iqtisodiy mazmuni va hisoblash usulini belgilash, bu ishlarning tahliliy yo‘nalishini 
oshirish, statistik ma’lumotlarni to‘plash va ularni umumlashtirishni tashkil etish
- xalqaro qoidalar talabiga mos ravishda buxgalteriya, bank, moliya va bojxona 
faoliyatiga oid yangi boshlang‘ich hisobot shakl larining yagona statistik tizimini 
ishlab chiqish va uyg‘unlashtirishni ta’minlash; 
- moliya, byudjet, va banklar faoliyati statstikasi tizimini takomillashtirish va 
to‘lov balanslarini ishlab chiqish; 
- baholar statistikasi, aholi va mehnat, tashqi savdo statistikasini xalqaro 
qoidalar talabi asosida qayta tashkil qilish; 

xalqaro 
statistika 
tashkilotlariga 
vaqti-vaqti 
bilan 
yuboriladigan 
ko‘rsatkichlarning tarkibi, yuborilish vaqti va tartibini belgilash; 


98 
- turli xildagi mulkchilik va xo‘jalik yuritishga mansub korxonalar va 
tashkilotlarning yagona davlat ro‘yxatini yaratish
- xalqaro standartlarga mos tarzda yagona tasniflash va kodlashtirish tizimini 
tuzish va amaliyotga tatbiq etish; 
- mahsulotlarning kataloglashtirish va chiziqli kodlashtirish tizimini barpo 
qilish; 
- hisobot va statistika sohasida xodimlar tayyorlash va ularni qayta o‘qitish. 
Yuqoridagi vazifalar bajarilgandan so‘ng biz yangi statistika tizimiga, ya’ni 
MXTga o‘tishimiz mumkin. MXTga o‘tish birlamchi statistika axborotini, 
buxgalteriya, moliya va bank hisobotlarini ketma-ket qayta ko‘rib chiqishni taqozo 
etadi hamda xalqaro talablar asosida statistika va buxgalteriya hisoboti tizimidagi 
barcha o‘zgarishlar va qayta qurishni hisobga olgan holda kengaytirilgan 
tarmoqlararo balans ishlab chiqiladi. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling