103
Shu tariqa samolyot va avtomobilsozlik sanoati mahsulotlari
hisobiga mashina
va uskunalar eksport qilish hajmi 1,9 marta ko‘paydi. Natijada 2003 yilga nisbatan
mashina va uskunalar eksporti ulushi 1,5 foiz darajaga oshdi va 2004 yilda 7,4%
tashkil qildi (9.2.2-jadval).
Kimyoviy
tola va iplar, farmasevtika mahsulotlari,
parfyumeriya va pardoz
buyumlari, o‘g‘itlar, plastmassa hisobiga kimyoviy mahsulotlar eksporti hajmi 10,3%
ortdi va bu turdagi tovarlar guruhining ulushi 4,7% tashkil etdi. Bu turdagi tovarlar
guruh bo‘yicha eksportning asosiy o‘sishi uchinchi va to‘rtinchi
choraklarda
ta’minlandi, bu davr oralig‘ida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kimyoviy
mahsulotlar eksport qilish hajmi 1,5 martaga ko‘paydi.
Xizmatlar hajmi 18,1% kamaydi, ularning 71,5%i transport xizmatlariga to‘g‘ri
keladi.
Hanuzgacha sayyohlik, kompyuter va informatsion xizmatlarning eksportdagi
salmog‘i kamligicha qolmoqda.
Oziq-ovqat mahsulotlari eksporti ulushi 2003 yildagi 2,7% dan 2004 yilda 3,8%
ga
ko‘payishi
tovarlarni
ichki
bozor
ehtiyojlarini
to‘laqonli
qondirishga
yo‘naltirilganligi bilan bog‘liq.
Jumladan, guruch, meva sabzavot konservalari,
ichimliklar, tamaki mahsulotlari.
Xizmatlar eksporti hajmi 28,4% oshdi va ularning 71,5%
transport xizmatlariga
to‘g‘ri keladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari eksporti ulushining oshishiga ob-havoning qulay
kelishi uzum va nok kabi mevalarning ko‘p etishtirilganligi sabab bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: